Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

5 yil ish stajga ega xotin-qizlarni о‘qishga qabul qilish haqida qaror chiqdimi?

JAVOB: Ha, shunday qaror chiqdi. Bu bо‘yicha Hukumatning 9 iyundagi 322-son qarori (https://lex.uz/pdfs/6056269) qabul qilindi. Ammo! Ushbu tartib bо‘yicha ayrim jihatlarni bilib qо‘yishingiz kerak. Birinchidan, 5 yil staji bor hamma xotin-qiz о‘qishga kiradi, degani emas. Har yili 500 ta kontrakt uchun (grant yо‘q) joy ajratiladi. Masalan, 10 ming xotin-qiz tavsiyanoma olsa, shundan faqat 500 kishi mazkur tartib bо‘yicha qabul qilinadi. Ikkinchidan, staji borlar imtihonsiz о‘qishga kiradi, degani emas. BARCHA tavsiyanoma olganlar testga albatta kiradi va yuqoriroq ball olishi kerak. ❗Tavsiyanoma ball qо‘shib bermaydi. Uchinchidan, bu faqat kollej yoki texnikumni tugatganlar uchun amal qiladi, maktabni tugatib, о‘rta ma’lumot bilan ishlayotganlarga taalluqli emas. Tо‘rtinchidan, bu faqat kollej/texnikum diplomidagi mutaxassislik bо‘yicha ishlayotganlarga amal qiladi. Masalan, bank kollejini tugatib, 5 yil tikuvchi bо‘lib ishlaganlarga tavsiyanoma berilmaydi.