Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Buxgalteriya

 

Buxgalteriya bo’limi bosh hisobchisi

Qoryog’diev Artur Zayniddinovich

Telefon: +(99872) 226 56 10

Elektron manzil: rutra-2017@mail.ru

Ish vaqti: 8.30 – 16.30

Hisobxona bo’limi tarkibi:

Bosh hisobchi o’rinbosari:Isaev Inom Komiljonovich

1-toifali hisobchilar: Azimov Zoxid Bahriddinovich, Xazratkulova Dilnoza
Melievna, Shodiqulova Matluba Xoshimovna, Tursunboev Alisher Tillabek o’g’li Akramova Shaxnoza Samadovna,
Qarshiboeva Mohira Qo’chqorovna, Rustamov Otabek Ozod o’g’li, G’oziev Boyazidxon Siroj o’g’li, Maxmudov
Ulug’bek Dilmurod o’g’li, Saidbaxramov Saidaxmad
Rustam o’g’li, Abdullaeva Madina Baxriddinovna, Omonliqov Shoxrux Oybek o’g’li

Kassir: Boymurodov Shahob Tolliboevich

Telefonlar:

To’lov shartnomalarini rasmiylashtirish va hisobga olish:
+(99872) 226 62 40
Talabalar stipendiyalarini hisoblash bo’yicha hisobchi:
+(99872) 226 30 60
Ish haqi hisoblash bo’yicha hisobchilar:
+(99872) 226 09 15

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrdagi 2169-son bilan ruyxatga
olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bo’yrug’i bilan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya
hisobi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida» gi yo’riqnoma talablaridan kelib chiqib, Jizzax davlat
pedagogika instituti buxgalteriya xodimlarining ish taqsimotlari, vazifalari, ularning majburiyatlari va
javobgarligi to’g’risida ishlab chiqildi.

Bosh hisobchining asosiy vazifalari:

  • buxgalteriya hisobini mazkur yo’riqnoma va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda
    yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan
    foydalangan holda tashkil etish;
  • buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan
    operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
  • byudjet mablag’larini, shuningdek budjetdan tashqari mablag’larini xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan
    muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qiymatlarning butligi
    ustidan muntazam nazorat qilish;
  • tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tegishtirilgan to’lovlarini, shuningdek ta’lim
    muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqishni
    nazorat qilish;
  • smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan
    hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
  • pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qiymatlar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni
    inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri
    rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
  • moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qiymatlarning butligini saqlash va
    hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish;
  • moddiy qiymatlarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to’g’ri
    foydalanishni nazorat qilish;
  • moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
  • asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qiymatlarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini
    muntazam nazorat qilish;
  • bosh hisobchi tashkilotni tegishli bo’linmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda
    quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi shart;
  • tovar-moddiy qiymatlarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga
    rioya etilishini;
  • mehnatga haq to’lash jamg’armasini to’g’ri sarflanishi, mansab maoshlarining to’g’ri belgilanishi,
    shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishi;
  • pul mablag’lari, tovar-moddiy qiymatlar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitob va to’lov
    majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
  • belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishini va kreditorlik qarzni qaytarilishi bo’yicha
    tegishli chora – tadbirlarni ko’rilishini, to’lov intizomiga muntazam rioya etishni;

Tashkilotlarning barcha bo’limlari (xodimlari) buxgalteriyaga buxgalteriya hisobini yuritish
uchun kerak bo’ladigan barcha zaruriy hujjatlarni(buyruq va farmoyishlarning ko’chirmalarini, shuningdek
turli xil shartnoma, to’lov hujjatlari va boshqalarni) o’z vaqtida taqdim qilishlari shart. Bosh hisobchi
buxgalteriya hisobini kiritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish va
buxgalteriyaga taqdim qilishga doir talablarini o’z vaqtida bajarishga tashkilotning xodimlari majbur.
Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek
set, shtat va kontingentlar bo’yicha rejaning bajarilishi to’g’risida chorak va yillik hisobotlarni
tuzadilar va topshiradilar.

Bosh hisobchi o’rinbosarining asosiy vazifalari:

  • Bosh hisobchi ayrim sabablar bilan yo’q bo’lganda uni bajaradigan ishlarini amalga oshiradi. Bosh
    hisobchi o’rinbosari buxgalteriyaning «bosh kitob» ni UzAsbo dasturida to’g’ri yurgizilishini amalga
    oshiradi, buning uchun buxgalteriyada qo’llaniladigan va amalga oshirilishi kerak bo’lgan
    memorial-orderlarni to’g’ri tuzilganligini tekshirib qabul qiladi va bosh kitobga yozib sintetik va
    analitik hisob bilan tekshirib chiqadi.
  • Bosh hisobchi tomonidan va rahbariyat tomonidan beriladigan buxgalteriya ishiga oid masalalarni, kassani
    to’satdan tekshirish, bajarilishi majburiy bo’lgan kassa qoldiqlarini har oy tekshirib dalolatnoma
    tuzish, joylarda asosiy vositalar, arzon va tez eskiradigan predmetlar hamda moddiy qiymatlarni ularning
    saqlanish joylari va foydalaniladigan joylarda butligini nazorat qilish ishlarida (inventarizatsiya
    o’tkazish) qatnashadi.
  • Oliy ta’lim muassasasida mavjud asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatlar, naqd pul mablag’lari,
    qimmatbaho qog’ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizatsiyasini tashkil
    etish hamda o’tkazish.
  • Institut balansida turuvchi asosiy vositalar. Materiallar, arzon baho va tez eskiradigan buyumlar
    hisobini olib boradi. 159-hisob «Debitor va Kreditor» bilan olib boriladigan hisob-kitobni olib boradi.
    Institut bo’yicha yuritiladigan moddiy boyliklarni olish uchun beriladigan «ishonch qog’ozi berish»
    kitobini yuritadi va uning ustidan qattiq nazorat olib boradi.
  • Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartib qilinadi va,
    quyidagi: 6 – memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob – kitoblar
    bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408- son shakl. 9 – memorial order – asosiy vositalarning hisobdan
    chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakllarning
    yuritilishini nazorat qilish. 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son
    shakllarni yuritilishini nazorat qilish.
  • Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda Subschotlar
    korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) 2169-son yo’riqnomaning 35-bandida
    keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatadi.
  • Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari
    olingan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xil hujjatlarning bir guruhi asosida
    tuzadi. Subschotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib
    boradi.
  • Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolaydi.
  • «Bosh-jurnal kitobi» o’tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni
    ko’chirib yozish bilan ochadi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma
    qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yozadi.
  • Memorial orderdagi summa dastlab «order bo’yicha summa» qatoriga, keyin esa tegishli subschotlarning
    debeti va kreditiga yozadi. Barcha Subschotlar bo’yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda
    ham «order bo’yicha summa» qatorining jamiga teng bo’lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi
    qatorda har bir subschot bo’yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqaradi.
  • Har bir daftar tashkilotning nomi daftar ochilgan hisobot yili yozib qo’yiladi. Daftarda unga ochilgan
    subschotlarning mundarijasi bo’lishi kerak. Yozuvlar daftarning boshqa betiga o’tkazilganda shu subschot
    bo’yicha yozuvning o’tkazilganligi, yangi betlarning raqami ko’rsatilgan holda belgilab qo’yiladi.
  • Moddiy qiymatlar, pul mablag’lari, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan
    hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek
    inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish qonunchilikda
    belgilangan tartibda amalga oshiradi.
  • Qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek set, shtat
    va kontingentlar bo’yicha rejaning bajarilishi to’g’risida chorak va yillik hisobotlarni tuzadi va
    topshiradilar
  • Har bir hisobot oy tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order – jamlanma qaydnomalar
    ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak.
    hujjatlar uncha ko’p bo’lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin.
    Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial
    orderning boshlang’ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo’yiladi.
  • Institut bilan bank o’rtasidagi barcha hisob kitoblarni ya’ni har kunlik bank ko’chirmalarini qayd
    qilish, kunlik to’lov taqdimnomalarini yuritish va g’aznachilik bilan bog’liq to’lov taqdimnomalarini
    hisob-kitob qilish 294 shaklni yuritib yig’indisini tuzib bosh hisobchiga topshirish.
  • Institut bilan tovar (mahsulot, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Moliya
    vazirligi g’aznachiligiga to’lov grafigini rasmiylashtirgan holda taqdim etadi, g’aznachilik ro’yxatiga
    olingan shartnomalarga to’lov topshiriqnomasini tayyorlaydi, tuzilgan shartnomalar daftarini yuritadi,
    so’rovnomalar asosida to’lov topshiriqnomalarini tayyorlaydi va bosh hisobchi tomonidan berilgan boshqa
    topshiriqlarni bajaradi.

O’qituvchi va ishchi, xizmatchilar bilan ishlash bo’limi

1-toifali hisobchilar (Azimov Zoxid Bahriddinovich, Xazratkulova Dilnoza Melievna)
asosiy vazifalari:

  • Institut professor-o’qituvchilari va ishchi-xizmatchilari bilan olib boriladigan hisob kitoblarni amalga
    oshiradi ish haqqi va unga tegishli vazifalarni, 5-memorial order ish haqqi bo’yicha hisob-kitob
    varaqalari yig’indisini tuzib bosh hisobchi va o’rinbosariga topshirish.
  • 5-memorial order-ish haqqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl.
  • Davlat soliq
    inspeksiyasiga topshiriladigan va hisoblangan oylikdan tegishlik 25% pensiya jamg’armasi ajratmalar
    va daromad soliq turlari va boshqa turdagi soliq hisobotlarni tuzib mahalliy soliq inspeksiyasiga
    o’rnatilgan muddatda topshirish.

  • Har oyning 10-sanasiga ijtimoiy sug’urta bo’yicha tuziladigan (F4SFP) chorakli hisobotni tuzib tuman va
    yuqori kasaba uyushmasi tashkilotiga topshirishni ta’minlaydi.
  • Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order-jamlanma qaydnomalar
    ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak.
    hujjatlar uncha ko’p bo’lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin.
    Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial
    orderning boshlang’ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo’yishi va bosh hisobchi bergan
    boshqa topshiriqlarni amalga oshiradi.

1-toifali hisobchi (Shodiqulova Matluba Xoshimovna) asosiy vazifalari:

  • Institut professor-o’qituvchilari pedagogik amaliyoti, soatbay, pensiya, safar xarajatlari bilan olib
    boriladigan hisob kitoblarni amalga oshiradi ish xapi va unga tegishli vazifalarni, 5-memorial order ish
    xapi bo’yicha hisob-kitob varaqlari yig’indisini hamda 8 – memorial order – hisobdor shaxslar bilan
    hisob – kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386- son shakllarni tuzib bosh hisobchiga topshirish,
    moliya vazirligining pensiya jamg’armasiga, statistika (1Tshakl) mehnat va boshqa turdagi statistik
    hisobotlari to’g’risidagi hisobotini hisobot davridan keyin 3 kun ichida statistika organiga taqdim
    etish ishini amalga oshiradi (oylik va chorak hamda yillik hisobotlar) va bosh hisobchi tomonidan
    berilgan hisobxonaga doir boshqa topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali hisobchi (Tursunboev Alisher Tillabek o’g’li) asosiy vazifalari:

  • Institutda ta’lim olayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan bo’ladigan hisob-kitoblarni
    amalga oshiradi va 5-memorial order stipendiya talabalar, magistrantlar, aspirant-doktorant, bo’yicha
    hisob-kitob varaqalari yig’indisini tuzib bosh hisobchiga topshirish.
  • Institut bilan bank o’rtasidagi barcha hisob kitoblarni ya’ni har kunlik bank ko’chirmalarini qayd
    qilish, kunlik to’lov taqdimnomalarini yuritish va g’aznachilik bilan bog’liq to’lov taqdimnomalarini
    hisob-kitob qilish 294 shaklni yuritib yig’indisini tuzib bosh hisobchiga topshirish.
  • Institut bilan tovar (mahsulot, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Moliya
    vazirligi g’aznachiligiga to’lov grafigini rasmiylashtirgan holda taqdim etadi, g’aznachilik ro’yxatiga
    olingan shartnomalarga to’lov topshiriqnomasini tayyorlaydi, tuzilgan shartnomalar daftarini yuritadi,
    so’rovnomalar asosida to’lov topshiriqnomalarini tayyorlaydi va bosh hisobchi tomonidan berilgan boshqa
    topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali 3 ta hisobchi (Omonliqov Shoxrux Oybek o’g’li, Rustamov Otabek Ozod
o’g’li) asosiy vazifalari:

  • 6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha
    jamlanma qaydnoma, 408-son shaklni yuritish.
  • 9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha
    jamlanma qaydnoma, 386-son shakllarning yuritish.
  • 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakllarni yuritish.
  • Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda Subschotlar
    korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) 2169-son Yo’riqnomaning 35-bandida
    keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatadi.
  • Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari
    olingan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xilidagi hujjatlarning bir guruhi
    asosida tuzadi. Subschotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq
    yozib boradi.
  • Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order-jamlanma qaydnomalar
    ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak.
    Hujjatlar uncha ko’p bo’lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin.
    Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial
    orderning boshlang’ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo’yishi kerak hamda bosh
    hisobchi bergan boshqa vazifalarni amalga oshirishi kerak.
  • Kartochkalar (asosiy vositalarga doir kartochkalardan tashqari) har subschot uchun alohida yuritiladi
    279-son shakldagi kartochkalar reyestrida ro’yxatga olinadi.
  • Asosiy vositalar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo’yicha inventar
    kartochkalar ro’yxatga olinadi.
  • Asosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventar kartochkalarning ro’yxati AV-6 son shakl, AV-8son shakl
    va AV-9 son shakl inventar kartochkalar bo’yicha oxirgisining ham hisobdan chiqqanligi haqida belgi
    bo’lganda arxivga topshiriladi. Ushbu ro’yxatga arxivga topshirilayotgan inventar kartochkalar,
    kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan inventarning nomi ko’rsatilgan holda alohida qaydnoma
    yoziladi.
  • Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qiymatlarning kirim va chiqimi bo’yicha boshlang’ich hisob
    hujjatlarini ikki nusxada rasmiylashtirilgan 442 – son shakldagi reyestr bilan buxgalteriyaga
    topshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlang’ich
    hisob hujjatlari rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgar shaxsga
    qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoldirilishini nazorat qiladi.
  • Moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning kirim-chiqimi hisobini yuritadi, moddiy
    javobgar shaxslarga o’tkaziladigan moddiy boyliklar hisobini olib boradi, hisobdan chiqarilayotgan
    moddiy boyliklarni tekshiradi va dalolatnoma tayyorlaydi, moddiy javobgar shaxslarning oylik
    hisobotlarini qabul qiladi va shu asosida qoldiqlarni tekshiradi, muntazam ravishda moddiy javobgar
    shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar butligi ustidan nazorat olib boradi, institutning asosiy
    vositalari hisobini yuritadi, asosiy vositalar eskirishi va qayta baholanishini amalga oshiradi, yilida
    bir marotaba o’tkazilishi shart bo’lgan moddiy boyliklarni qayta ko’rikdan o’tkazish (inventarizatsiya)
    qatnashish va inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida buxgalteriya hisobida aks ettirish ishlarini
    amalga oshiradi.

1-toifali 5 ta to’lov shartnomalarini rasmiylashtirish va hisobga olish bo’yicha
hisobchilar (Akramova Shaxnoza Samadovna, Qarshiboeva Mohira Qo’chqorovna, Maxmudov Ulugbek, Saidbaxramov
Saidaxmad, Abdullaeva Madina Baxriddinovna) asosiy vazifalari:

  • to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning o’qishi uchun to’langan pul mablag’larini qayd
    qilish va nazorat qilib borish;
  • to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan talabalar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish;
  • oshirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qish istagini bildirgan abituriyentlar bilan O’zbekiston
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi
    ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining bayonnomalari asosida
    shartnomalarni to’g’ri rasmiylashtirish hamda hisobga olish;
  • talabalar o’qishi uchun tushayotgan mablag’larni talabalar shaxsiy hisobiga (UzASBO) o’z vaqtida qayd
    etish;
  • to’lov-kontrakt summalarini shartnomada ko’rsatilgan muddatda amalga oshirmagan talabalarni aniqlash va
    ular ro’yxatini fakultetlarga taqdim etish;
  • Institut bo’yicha to’lov-kontrakt mablag’lari tushumi to’g’risidagi tezkor ma’lumotni belgilangan
    muddatlarda tayyorlash va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilishini ta’minlash;
  • korxona, muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar bo’yicha kontraktlarni
    rasmiylashtirish hamda to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan talabalarni o’z vaqtida mablag’larni
    to’lashini tashkil etish;
  • to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o’qishi uchun to’lovlar kechiktirilsa yoki to’lanmasa
    bu haqida dekanatlarni ogohlantirish;
  • to’lov-kontrakt asosida institutga kirgan talabalarning shartnomalarini qayd qilish;
  • schot-fakturani qayd qilish;
  • to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan talabalar puli institut hisob raqamiga kelib tushgandan keyin
    buxgalteriyadan olingan ma’lumotlar asosida o’z vaqtida talabaning hujjatlarida aks ettirish;
  • bosh hisobchining topshirig’iga asosan alohida kurslarda to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan
    talabalarning o’qishi uchun to’langan pul mablag’larini qayd qilish va nazorat qilib borish;
  • institutda stipendiyali to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar tomonidan to’lov-kontrakt
    so’mmasi to’langanligini nazorat qilish,
    To’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan talabalar soni bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash (ishchi reja asosida,
    kadrlar bo’limi bilan birgalikda).
  • Bulardan tashqari bosh hisobchi tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarni bajarish.

1-toifali hisobchi (G’oziev Boyazidxon) asosiy vazifalari:

    • Institutning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasiga kelib tushgan mablag’lar va
      ularning xarajatlari hisobini yuritish:

– talabalardan yotoqxona uchun to’lovlar hisobini yuritish;
– sport kompleksga sport xizmatlaridan kelib tushgan mablag’lar hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar
tuzish;
– institut oshxonasidan kelib tushgan mablag’larni hisobini yuritish;
– Institut oromgohidan kelib tushgan mablag’lar hisobini yuritish;
– ijara haqi va ijarachilarning kommunal to’lovlarini hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish;
– institning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg’arma hisob raqamiga boshqa kelib tushgan mablag’lar
harakatini nazorat qilish va hisobini yuritish;
– bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Kassirning asosiy vazifalari:

  • Institut tomonidan bank operatsiyalari bo’yicha bo’ladigan ishlarni ya’ni to’lov topshiriqnomalarini
    bankdan o’tkazish, bank ko’chirmalarini ilovalari bilan olib kelib bosh hisobchiga (yo’q bo’lganda
    muoviniga) topshirish, bankdan ishchi-xizmatchilarga tegishli bo’lgan oylik ish haqlari, pensiya,
    ijtimoiy nafaqa, stipendiya, kasallik varaqalari, kompensatsiya va boshqa to’lovlar bo’yicha
    to’lanadigan pullarni bankdan olib o’z vaqtida tarqatish ishini amalga oshiradi. Har oy oxirida kassa
    qoldiqlari bo’yicha komissiya ishtirokida dalolatnomalar tuzadi. Kassa hisobotlarini tuzib ilovalari
    bilan bosh hisobchiga topshiradi. Kassirlar o’zaro kelishilgan holda kassa ishlarini amalga oshirishadi.
    1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakllarni shakllantirish.
  • Har bir hisobot oyi tugagandan keyin memorial order-jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan
    birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi amalga oshiradi.
  • Kassa kirim va chiqim orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, ish haqni hisoblab yozish
    uchun asos bo’lgan hujjatlar shtamp yoki qo’lda yozish yo’li bilan “Olindi” yoki “To’landi” degan belgi
    va uning sanasi (kun, oy, yil) ko’rsatilgan holda yopilishi kerakligini ta’minlash.