Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
06/01/2023
Chop etish
MAKTAB MATEMATIKA DARSLARIDA YANGICHA METODLARDAN FOYDALANIB O’QUVCHILAR BILIMINI OSHIRISH.

O’roqova Yulduz Sobir qizi

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti o’qituvchisi

Abdumajidova Navbahor Obloqul qizi

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti 1-bosqich talabasi

 

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini yangicha zamonaviy metodlar orqali o’qitish, o’quvchilarning bu metodlar orqali matematik bilimlarini boyitib borishiga xizmat qilishi ko’rsatilgan.

Kalit so’zlar: metod, bahs munozara, “A4 format”, “bog’la” metodi.

Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida “aktyor” emas, aksincha “rejissiyor” bo’lishi kerakligini anglashi lozim. O’qituvchi o’z o’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai Nazari bilan qarashga o’rgatishi lozim. Hozirgi maktabda o’tiladigan matematika darsliklarining yangi nashri chop etildi. Bu nashr qilingan darsliklar o’quvchilarni yangicha fikrlash, mantiqiy fikrlashga o’rgatuvchi va undovchi sifatida xizmat qilmoqda. Shu bilan bir qatorda o’qituvchi ham o’quvchilarni dunyoqarashini, fikrlash doirasini kengaytirish, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogic texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo’ladi. Bunion uchun esa u, bir nechta yangicha ta’lim usullarini bilishi kerak. Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuqori natejalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko’nikma v amalaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarni shakllantirish, o’quvchi bilimini nazorat qilish hamda baholash o’qituvchidan yuksak mahurat va tezkorlik talab qiladi. O’qituvchi darsda qo’llay olishi mumkin bo’lgan bir nechta metodlarni sanab o’tamiz: klaster, mustaqil xat, harakatli ma’ruza, o’zaro ta’lim, “bilaman,bilishni istayman, bilib oldim”, bahs- munozara, hamkorlikda izlanish, A4 format, bog’la metodi va boshqalar.

A4 format metodi- bu shundan iboratki bu metod uchun hech qanday kompyuter, doska kerak bo’lmaydi va bu metod orqali o’quvchilarni o’ylashga va fikrlashga undash uchun xizmat qiladi. A4 format metodi orqali o’quvchilar o’tilgan mavzularni eslab olishadi va takrorlab olish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.

“A4 formati” metodida qanday metod?

“A4 formati” metodi uchun bizga oddiygina A4 formatidagi 3 dona oq list kerak bo’ladi. O’qituvchi darsga kirganidan so’ng o’tilganlarni takrorlash maqsadida o’quvchilarni 3 ta guruhga bo’ladi va har bir guruhga bir dona A4 formatdagi listni beradi. O’qituvchi metod shartlarini o’quvchilarga tushuntiradi. Bu metod sharti shundan iboratki, har bir guruh qatnashchisi o’tilgan mavzularga oid bir dona formula yoki bir dona ma’lumotni yozadi va 2 chi qatnashchiga beradi, ikkinchi qatnashchi ham shu tariqa davom etadi. Bunda har bir yozilgan ma’lumot qayta yozilmaslik sharti ham kiritiladi. Qaysi guruh birinchi bu vazifani tez va takrorlanmas bajarsa shu guruh g’olib bo’ladi. Bu metod orqali o’quvchilar nafaqat mavzuni takrorlaydilar, balki o’zlarining yodlaridan chiqgan ma’lumotlarni ham qayta eslash imkoniyatiga ega bo’ladilar.

“Bog’la” metodi. Bu metoddan nafaqat matematika fanida, balki, balki boshqa fanlardan ham foydalanilsa bo’ladi.

Metod qoidasi shundan iboratki: mavzuga oid rasm, predmet, qandaydir lavha, portret va hokazolarni o’quvchilarga ko’rsatiladi(mavzuni yozsangiz ham bo’ladi).

O’quvchilardan ko’rsatilgan predmet (rasm va boshqalar) ni bugungi mavzuga qay darajada bo’g’liq va qanday bog;liq ekanligi so’raladi.

Bu metod nima beradi? 1) masshtab ya’ni o’quvchining fikrlash doirasi sizning mavzuyingiz doirasida yana ham kengroq tahlil qila olish imkonimi beradi.

2) Ijodkorligi oshadi.

3) O’quvchi tengdoshlarining fikrlarini tinglab, siz bergan ma’limotngina emas, balki yana ham kengroq tushunchalarga ega bo’ladi. Mavzuni nima bilandir bilan bo’g’lay olish ko’nikmasi shakllanadi, rivojlanadi. Kreativ fikrlashni o’rganib boradi.

Xulosa

Hozirgi kunda dars jarayonlarida o’quvchilarni diqqatini jalb eta olish va ularni bilimlarini yanada boyitish, ularni kreativ fikrlashga o’rgatish uchun yangicha metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yangicha metodlardan foydalanish nafaqat o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi, balki ularni dunyoqarashini ham kengayishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adadbiyotlar.

  1. Alixonov S. “Matematika o’qitish metodikasi”. T., “O’qituvchi” 1992 yil.
  2. Alixonov S. “Matematika o’qitish metodikasi” qayta ishlangan ikkinchi nashri. T., “O’qituvchi” 1997 yil.
  3. H.Hakimova “Matematika o’qitish metodikasi” Toshkent 2020 yil.

 


Ulashish:
922
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda  “Biologik xilma-xillikni saqlash va biologiyaning zamonaviy muommolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Biologik xilma-xillik – barchamiz uchun xavotir o‘yg‘otuvchi mavzudir, va barchamiz yo‘qolish xavfi ostdagi turlar va ularning yashash muhitini himoya qilishda faol ishtirok etishimiz zarurdir.
3-iyun “Butunjahon velosiped kuni” munosabati bilan velomarafonni o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba-qizlar o‘rtasida velomarafon musobaqasi velomarrofon o‘tkazili.
Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
JDPU madaniyat saroyida universitetning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari bilan universitetning asosiy ish beruvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori Sh.Sharipov, Jizzax viloyati Maktabgacha va...