Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
15/10/2019
Chop etish
ARM yangiliklari

   Joriy yilning 15 oktabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi xodimlari  Do‘stlik tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, Respublika Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ -3271-sonli  qarori  hamda Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 4-tashabbusi- “ Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida kitobxonlikni yanada keng targ‘ib qilish” bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan  targ‘ibot tadbirini tashkil etishda faol ishtirok etishdi.

Targ‘ibot tadbirini 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori M. Qultaeva kirish so‘zi bilan ochib, Respublika Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ -3271-sonli  qarori  hamda Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus to‘g‘risida  ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berdi.

  Shundan so‘ng,  ARM xodimlaridan D. Axmadjonova , D. Fayzullaevalar   “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” mavzusidagi adabiyotlarni tadbir qatnashchilariga sharhlab berdilar.

     Shuningdek,  joriy yilning 15 oktabr kuni ARM xodimlari N. Tojiboeva, M. Oripovalar 2- umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha berilgan topshiqlar ijrosi yuzasidan  targ‘ibot tadbirida ishtirok etdilar va ARM fondidagi adabiyotlar to‘g‘risida ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot va ko‘rgazmaga sharh berdilar . So‘ngra, 2- umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari  P. Elmuratov so‘z olib, ishtirokchilarga buyuk mutafakkirlarning kitob to‘g‘risidagi qimmatli fiklarini keltirib o‘tdi: “Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik  va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rganuvchi murabbiydir”.

 

 

 

 

 


Ulashish:
1 162
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda  “Biologik xilma-xillikni saqlash va biologiyaning zamonaviy muommolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Biologik xilma-xillik – barchamiz uchun xavotir o‘yg‘otuvchi mavzudir, va barchamiz yo‘qolish xavfi ostdagi turlar va ularning yashash muhitini himoya qilishda faol ishtirok etishimiz zarurdir.
3-iyun “Butunjahon velosiped kuni” munosabati bilan velomarafonni o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba-qizlar o‘rtasida velomarafon musobaqasi velomarrofon o‘tkazili.
Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
JDPU madaniyat saroyida universitetning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari bilan universitetning asosiy ish beruvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori Sh.Sharipov, Jizzax viloyati Maktabgacha va...