Skip to main content

Appeals

+(99872) 226 68 10

— 60111300 —

Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo’nalishining umumiy tavsifi

Ta’lim shakillari: kunduzgi
Beriladigan daraja: bakalavr
Ta’lim tillari: o’zbek, rus
Dastur kodi: 60111300
Dastur davomiyligi: 3 yil
Dastur nomi: Musiqa ta’limi

Musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 3 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 180 kredit to’lashi kerak.

Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60111300 – Musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi – umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari; O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish;

60111300 – Musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:

  • – Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’lib, u maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, maktabdan tashqari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarda kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi
  • – umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanlaridan, o’rta maxsus kasb- kunar kollejlarida kasbiy fanlardan o’rnatilgan tartibda dars berish
  • — umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb-kunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo’lib ishlash;
  • — ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
  • — kasb hunar ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi o’qituvchisi mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo’lib ishlash;
  • pedagogika va musiqa fanlar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy hodim bo’lib ishlash
  • — arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy-axborot muassasalarida, qo’lyozma fondlarida, turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
  • — mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash;
  • — ishlab chiqarish sohasida musiqiy kasbiy ta’lim pedagogikasi, o’qitishning didaktik vositalari, ta’limning elektron vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish kabi sohalarni qamrab oladi.
  • – umumiy о’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Musiqa ta’limi fanlaridan o’rnatilgan tartibda dars berish;
  • – ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
  • – mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirlilar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida Musiqa ta’limi fani bo’yicha metodist bo’lib ishlash;
  • – tabiiy fanlar yo’nalishidagi ilmiy – tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash;
  • – mahalliy o’z – o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash;
  • – ishlab chiqarish sohalarida, kasbiy ta’lim pedagogikasi va texnologiyasi, o’qitishning didaktik vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:

Musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan magistratura mutaxassisliklari bo’yicha belgilangan muddatlarda o’qishni davom etirishlari mumkin.

I o’quv yili / 1-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.01 351FM1002 Falsafa. 60 2 Majburiy fan
1.03 351O’M1004 O’zbek (rus) tili 120 4 Majburiy fan
1.04 351XM1006 Xorijiy til 120 4 Majburiy fan
1.10 351MusNa Musiqa nazariyasi 120 4 Majburiy fan
1.11 351MusKDI Musiqiy kompyuter dasturlarida ishlash 120 4 Majburiy fan
1.13 351VokZM Vokal va zamonaviy musiqa 120 4 Majburiy fan
1.14 351CHolI Cholg’u ijrochiligi 120 4 Majburiy fan
1.15 351Forte Fortepiano 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

I o’quv yili / 2-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.02 351MM1002 Ma’naviyatshunoslik 60 2 Majburiy fan
1.03 351XTM06 Xorijiy til 60 2 Majburiy fan
1.05 351YFGM1004 O’zbekistonning eng yangi tarixi 60 2 Majburiy fan
1.07 351YFGM04 Ovoz fiziologiyasi va gigiyenasi 60 2 Majburiy fan
1.10 351MusNaz Musiqa nazariyasi 120 4 Majburiy fan
1.12 351MMETNVM Maktabgacha musiqiy estetik tarbiya nazariyasi va metodikasi 120 4 Majburiy fan
1.13 351MPA04 Vokal va zamonaviy musiqa 120 4 Majburiy fan
1.14 351CHolI Cholg’u ijrochiligi 120 4 Majburiy fan
1.16 351MusTar Musiqa tarixi 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

II o’quv yili / 3-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.06 351TATM1004 Ta’limda axborot texnologiyalari 120 4 Majburiy fan
1.07 351UmPsixM06 Umumiy psixologiya 180 4 Majburiy fan
1.17 351XorVX Xor sinfi va xorni boshqarish 120 4 Majburiy fan
1.14 351MusO’M Musiqa o’qitish metodikasi 120 4 Majburiy fan
1.15 351Garm Garmoniya 120 4 Majburiy fan
2.01 351ChIVA06 Cholg’u ijrochiligi va ansambli 120 4 Tanlov fan
2.02 351O’zbMT O’zbek musiqasi tarixi 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

II o’quv yili / 4-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.07 351UmPed07 Umumiy pedagogika 180 6 Majburiy fan
1.17 351XorVX Xor sinfi va xorni boshqarish 120 4 Majburiy fan
1.13 351OrKM10010 Musiqa asarlari tahlili 180 4 Majburiy fan
1.14 351AnKM1008 An’anaviy xonandalik 120 4 Majburiy fan
2.03 351MT06 Orkestr sinfi 180 4 Tanlov fan
2.04 351Zol04 Maktab darsliklari bilan ishlash 120 4 Tanlov fan
2.06 351MPA04 Malakaviy va pedagogik amaliyot 60 2 Majburiy fan
Jami: 900 30

III o’quv yili / 5-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.19 351MusO’T Musiqa o’qitish texnologiyalari 120 4 Majburiy fan
1.23 351Dir Dirijyorlik 180 6 Majburiy fan
1.24 351MaqSI Maqom san’ati ijrochiligi 180 6 Majburiy fan
2.05 351MTTE Musiqiy to’garaklarni tashkil etish 120 4 Majburiy fan
2.06 351ChVCh Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish 180 6 Majburiy fan
2.07 351MusPedP Musiqa pedagogikasi va psixologiyasi 120 4 Tanlov fan
Jami: 900 30

III o’quv yili / 6-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
2.09 351MPA26 Malakaviy va pedagogik amaliyot 780 26 Majburiy fan
2.10 351YDA04 Yakuniy davlat attestasiyalar 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

UMUMIY MUSIQA TA’LIMI

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Semestr
1.10 351MusNaz Musiqa nazariyasi 120 4 1
1.10 351MusNaz Musiqa nazariyasi 120 4 2
Jami: 240 8

Fanning maqsad va vazifalari

Fanining maqsadi — bo’lajak musiqa madaniyati o’qituvchilariga musiqa ta’limida eng muhim bo’lgan asosiy nazariy qonuniyatlarni chuqur o’rgatish, Davlat ta’lim standarti hamda malaka talablariga javob beradigan bilimlar berish, talabalarda musiqiy ifodalilikka nisbatan ongli tafakkurni tarbiyalash va uni idrok etish qobilyatini hosil qilish, talabalarning musiqiy dunyoqarashini, idrokini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-estetik didini to`gri yo`naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o`stirish; talabalarni musiqa o`qituvchisi sifatida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.

Fanining vazifasi talabalarga musiqiy ifodalilikning asosiy vositalarini tushunib yetishishlarida chuqur bilimlar berish hamda musiqiy-texnik koʼnikmalarni oʼrgatish; – kompozitorlik ijodining ahamiyatli masalalari va asosiy muammolari bilan yaqindan tanushtirish hamda musiqa tizimi va unda muhim oʼrin egallagan garmoniya haqida aniq tushunchalar berish; – musiqiy asar shaklining tuzilishidagi asosiy qonuniyatlari, muhim musiqa elementlari, musiqiy rivojlanish prinsiplari, shakldagi qismlar funksiyasi bilan talabalarni tanishtirish va turli xil musiqiy shakllarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish – talabalarning musiqiy fikrlash, musiqiy eshitish, sof intonatsiyani his eta olish qobiliyatlarini va musiqiy hotirasini shakllantirish, ularda lad, ritm, temp va uslub tuygʼusini tarbiyalash hamda o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qoʼllay olishga oʼrgatishdir.

Fan yakunida talaba qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi?

  • – musiqiy tovush. musiqiy tizim. tеmpеratsiya. nota yozuvi, «Tovush» tushunchasi, Musiqiy tovush va uning xususiyatlari, Musiqiy tizim. Tovushqator. Pog’onalar, Oktavali tizim. Diapazon. Registr, Tеmpеratsiyalangan soz. Hosila pog’onalar. Altеratsiya bеlgilari. Tovushlar engarmonizmi, Nota yozuvi. Kalitlar, Tovush cho’zimlari. Cho’zimlarni uzaytiruvchi bеlgilar. Pauzalar. Nota yozuvini qisqartirish bеlgilari, Mеtr. Takt. O’lchov, Mеtr turlari. Oddiy mеtrlar. Oddiy taktlarda cho’zimlarning guruhlanishi haqida tasavvur va bilimga ega bo’lishi;
  • – Murakkab mеtrlar. Murakkab taktlarda cho’zimlarning guruhlanishi. Ritm. Sinkopa. Cho’zimlarning erkin ravishda bo’linishi Mеtronom. Lad, Turg’unlik va noturg’unlik, Oktavali lad pog’onalarining maxsus nomi. Major va minor turlari. Tеtraxordlar, Tonallik. Kvinta davrasi. Parallеl, nomdosh va engarmonik tеng tonalliklar, Melodik ladlar, Tabiiy ladlar. Pеntatonika. Ikkilanma garmonik major va minor. Sun’iy ladlar. Intеrval. Pog’onalar va tonlar miqdori. Diatonik intеrvallar. Xromatik intеrvallar. Intеrvallarning engarmonizmi, Intervallarning aylanishi. Tabiiy major va minor intеrvallari. Xaraktеrli intеrvallar. Intеrvallarning yеchilishi mustaqil o’rganish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
  • – Akkord. Akkord turlari.Uchtovushlik. Uning turlari va aylanmalari Major va minor uchtovushliklari, Sеptakkord. Uning turlari va aylanmalari. Dominantsеptakkord. Yetakchi sеptakkord. Subdominantsеptakkord, Xromatizm tushunchasi. xromatik gamma. Xromatik gammalarning yozilishi. Modulatsiya va og’ishma tushunchalari Pog’onadosh tonalliklarga modulatsiya qilish. Musiqa asarida kuyning ahamiyati, Kuyning harakat yo’nalmasi va uning diapazoni. Kuyning tarkiblarga bo’linishi. Transpozitsiya usullari. Tonalliklarni aniqlash malakasiga ega bo’lishi kerak.

Fanning qisqacha bayoni:

Musiqa — ohang (intonatsiya) san’ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o’ziga xos tarzda aks ettirib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o’zgartirishga yordam bеradi. Ma’lumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o’ynaydi. Musiqa insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mеhnat va dam olish chog’larida albatta ishtirok etadigan bo’lib, kishini ma’naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shaxsning ma’naviy olamini, axloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estеtik tarbiyaning samarali quroli hisoblanadi. Musiqaning o’zi, uning yaratuvchilari, ijro etuvchilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir. Musiqa haqidagi ta’lim tizimining boshlang’ich qismi — Musiqa elеmеntar nazariyasi – umuman musiqaning asosiy elеmеntlari va ayniqsa, kuy va uning sirlarini o’rganishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Olinadigan bilimlarni umumlashtirish maqsadida har bir musiqa elеmеnti haqidagi ma’lumot darslikning ayrim boblariga kiritilganligiga qaramay, o’quvchi shuni yodda tutishi kеrakki, musiqa elеmеntlari faqat bir-biri bilan bog’liqligidagina o’zining ifodali xususiyatlarini namoyon qilishi mumkin. Musiqa elеmеntar nazariyasi kursi o’quvchilarga nazariy fanlarning kеyingi kurslarini o’rganish uchun mustahkam zamin yaratib bеradi va mustaqil musiqiy fikrlay olish ko’nikmaning rivojlanishiga asos soladi. bunga tarixiy nuqtayi nazardan yoritilgan lad, ritm, kuy, xromatizm kabi mavzular imkon tug’diradi. bu asosiy vazifalardan tashqari mazkur fan kursi o’quvchilarga boshqa musiqiy fanlar (cholg’u va vokal ijrochiligi, xor dirijyorligi, musiqa o’qitish mеtodikasi) bo’yicha o’tiladigan musiqiy asarlar matnini ongli o’zlashtirishda yordam bеradi. Nihoyat, musiqa elеmеntar nazariyasi boshqa fanlar bilan baravar o’quvchilarning umumiy musiqiy va madaniy saviyasini o’sishiga ko’maklashadi. Musiqa nazariyasi kursining asosiy nazariyalari ma’lum izchillikda bayon qilingan. Fanini puxta o’zlashtirish nazariy matеriallarni bilish bilan birga, talabalarning pеdagogik amaliyoti davrida va bitirgandan keyingi ishlarda ko’nikma sifatida xizmat qiladi.

Dars turi va baholash usuli

Dars turi 1-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 30 soat Oraliq nazorat 20 ball
Amaliy mashg’uloti 14 soat Joriy nazorat 10 ball
Laboratoriya mashg’uloti 46 soat Joriy nazorat 10 ball
Mustaqil ta’lim 90 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball
Dars turi 2-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 30 soat Oraliq nazorat 20 ball
Amaliy mashg’uloti 16 soat Joriy nazorat 10 ball
Laboratoriya mashg’uloti 44 soat Joriy nazorat 10 ball
Mustaqil ta’lim 90 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o’tkazish jadvali

5 baholik shkala 100 ballik shkala
5,00 — 4,96 100
4,95 — 4,91 99
4,90 — 4,86 98
4,85 — 4,81 97
4,80 — 4,76 96
4,75 — 4,71 95
4,70 — 4,66 94
4,65 — 4,61 93
4,60 — 4,56 92
4,55 — 4,51 91
4,50 — 4,46 90
4,45 — 4,41 89
4,40 — 4,36 88
4,35 — 4,31 87
5 baholik shkala 100 ballik shkala
4,30 — 4,26 86
4,25 — 4,21 85
4,20 — 4,16 84
4,15 — 4,11 83
4,10 — 4,06 82
4,05 — 4,01 81
4,00 — 3,96 80
3,95 — 3,91 79
3,90 — 3,86 78
3,85 — 3,81 77
3,80 — 3,76 76
3,75 — 3,71 75
3,70 — 3,66 74
3,65 — 3,61 73
5 baholik shkala 100 ballik shkala
3,60 — 3,56 5 baholik shkala
3,55 — 3,51 5 baholik shkala
5 baholik shkala 70
3,45 — 3,41 69
3,40 — 3,36 68
3,35 — 3,31 67
3,30 — 3,26 66
3,25 — 3,21 65
3,20 — 3,16 64
3,15 — 3,11 63
3,10 — 3,06 62
3,05 — 3,01 61
3,00 60
3,0 dan kam 60 dan kam