Skip to main content

Appeals

+(99872) 226 68 10

— 60112700 —

Maxsus pedagogika (logopediya) yo’nalishining umumiy tavsifi

Ta’lim shakillari: kunduzgi
Beriladigan daraja: bakalavr
Ta’lim tillari: o’zbek, rus
Dastur kodi: 60112700
Dastur davomiyligi: 4 yil
Dastur nomi: Maxsus pedagogika (logopediya)

Maxsus pedagogika (logopediya) yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’plashi kerak.

Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60112700 – Maxsus pedagogika (logopediya) yo’nalishi – umumiy o’rta ta’lim maktablari, maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish;

60112700 – Maxsus pedagogika (logopediya) yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:

  • ta’lim jarayoni; o’qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari;
  • ta’limning nazariy masalalari; o’qitish metodikasi;
  • loyihalashtirish asosida o’quv jarayonini boshqarish texnologiyalari, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini loyihalashtirish va tashkil etish jarayoni, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini shakllantirish jarayoni, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni
  • ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonini tashkil etish;
  • mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari jarayonlari. O’rta maxsus va professional ta’limda o’qituvchi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
  • O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy- tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy- pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish;
  • umumiy o’rta ta’lim maktablari, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab- internatlar) maxsus pedagog, o’qituvchi- defektolog, o’qituvchi-logoped lavozimida o’rnatilgan tartibda ishlashi;
  • umumiy o’rta ta’lim maktablari, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab- internatlar) kasb standartiga muvofik o’qituvchi va tarbiyachi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
  • Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maxsus pedagog, sog’liqni saqlash tizimiga qarashli tibbiyot tashkilotlarida o’qituvchi-defektolog, o’qituvchi-logoped, defektolog, logoped va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
  • ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
  • mos ta’lim yo’nalishlar buyicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist, mutaxassis va boshqa lavozimlarda ishlashi;
  • Milliy malaka ramkasining 4-malaka darajasi ega (o’rta professional ta’lim bosqichini tugallagan) o’qituvchi-logoped, logopedlarning faoliyatini tartibga soluvchi, monitoringi yurituvchi, diagnostik-maslahat ishlarini amalga oshiruvchi mentor maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
  • inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog- defektologi, tarbiyachisi, qo’shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, tarbiyachisi, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflari o’qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri;
  • psixologik-pedagogik tashxis markazlari xodimlari (metodistlari), imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasapari (maktablar, maktab-internatlar) o’qtituvchi-defektolog;

Maxsus pedagogika (logopediya) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan magistratura mutaxassisliklari bo’yicha belgilangan muddatlarda o’qishni davom etirishlari mumkin.

I o’quv yili / 1-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.04 MSVAX104 Mediasavodxonlik va axborot madaniyati 120 4 Majburiy fan
1.05 MutK108 Mutaxassislikka kirish 240 8 Majburiy fan
1.07 TFO’T106 Tasviriy faoliyatga o’rgatish texnologiyasi 180 6 Majburiy fan
1.09 AO’RT.DTIY106 Amaliy o’zbek (rus) tili. Davlat tilida ish yuritish (ECTS 6) 180 6 Majburiy fan
1.11 TSM102 Ta’lim sohasida matematika 60 2 Majburiy fan
Jami: 900 30

I o’quv yili / 2-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.01 UmPed110 Umumiy pedagogika 300 6 Majburiy fan
1.02 UmPsixM108 Umumiy psixologiya 240 4 Majburiy fan
1.03 O’EYT104 O’zbekistonning eng yangi tarixi 120 4 Majburiy fan
1.06 NOR106 Nutqning ontogenezda rivojlanishi 180 6 Majburiy fan
1.08 FAL104 Falsafa (ECTS 4) 180 4 Majburiy fan
1.10 TBA104 Tibbiy bilim asoslari 60 2 Majburiy fan
Jami: 900 30

II o’quv yili / 3-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.13 Logo212 Logopediya I 360 6 Majburiy fan
1.15 MaxPedMPs210 Maxsus pedagogika va maxsus psixologiya 300 6 Majburiy fan
1.18 MaxPedKA108 Maxsus pedagogikaning klinik asoslari 240 4 Majburiy fan
1.19 ATKFQT204 Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llash (ECTS 4) 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 20

II o’quv yili / 4-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.12 InkT.GP204 Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika 120 4 Majburiy fan
1.13 Logo212 Logopediya I 360 6 Majburiy fan
1.15 MaxPedMPs210 Maxsus pedagogika va maxsus psixologiya 300 4 Majburiy fan
1.16 Logotex204 Logopedik texnologiya I 120 4 Majburiy fan
1.18 MaxPedKA108 Maxsus pedagogikaning klinik asoslari 240 4 Majburiy fan
Jami: 1140 22

III o’quv yili / 5-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.14 Logo212 Logopediya II 240 4 Majburiy fan
1.20 LogPPKM308 Logopsixologiya va psixologik korreksiya metodlari 240 4 Majburiy fan
1.21 PedPsixD306 Pedagogik-psixologik diagnostika 180 4 Majburiy fan
1.22 RNBBBKLIM306 Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning logopedik reabelitasiyasi 120 4 Majburiy fan
Jami: 780 16

III o’quv yili / 6-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.14 Logo212 Logopediya II 240 4 Majburiy fan
1.20 LogPPKM308 Logopsixologiya va psixologik korreksiya metodlari 240 4 Majburiy fan
1.21 PedPsixD306 Pedagogik-psixologik diagnostika 180 2 Majburiy fan
1.23 KSXT304 Kasbiy sohada xorijiy tillar (ECTS 4) 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

IV o’quv yili / 7-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.17 Logotex204 Logopedik texnologiya II 180 8 Majburiy fan
1.24 UTTVZY402 Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar 60 2 Majburiy fan
Jami: 240 10

IV o’quv yili / 8-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.25 LMTERM404 Logopedik mashg’ulotlarni tashkil etish va rejalashtirish 120 4 Majburiy fan
1.26 LogRM404 Logoritmika 120 4 Majburiy fan
Jami: 240 8

Fanning maqsad va vazifalari

Fanining maqsadi — talabalarda nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalarda nutq faoliyatining yuzaga kelish xususiyatlari, nutq kamchiliklarining xilma-xilligi, nutq kamchiliklarini tekshirish, nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning nutq kamchiliklarini turlariga qarab bartaraf etish metodikalarini to’g’ri tanlay olish bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir

Fanining vazifasi — ttalabalarga nutq buzilishlarni keng tarqalganligi, alomatlari, darajasini aniqlash, nutq buzilishlarini pedagogik diagnostikasi, metodlari, bartaraf etish metodikalarini o’rgatishdan iborat.

Fan yakunida talaba qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi?

  • utq kamchiligiga ega bo’lgan bolalarda nutq faoliyatining yuzaga kelish xususiyatlari, nutq kamchiliklarining xilma-xilligi, nutq kamchiliklarini tekshirish, nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalarning nutq kamchiliklarini turlariga qarab bartaraf etish metodikalari xususida tasavvurga ega bo’lishi; (bilim)
  • alaba rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun maxsus korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va usullarini ilmiy asoslagan holda to’g’ri tanlay olishi, nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar nuqsonlarini tasniflash, korreksiyalash, maxsus adabiyotlarni taxlil etish, bolalarni nutq nuqsonlarini bartaraf etish uchun didaktik materiallarni tanlashni bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko’nikma)
  • alaba korreksion logopedik jarayonni nazariy-amaliy tahlil etish, ta’limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo’llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta’lim-tarbiya nazariyasini amalda qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi; (malaka)

Fanning qisqacha bayoni:

Maxsus pedagogika (Logopediya) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy, jismoniy, aqliy – ahloqiy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik ta’limini amalga oshirishning metod va vositalarini asoslab berilgan. Umumta’lim va ixtissoslashtirilgan maktablar; ommaviy, ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan hamda qo’shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari; bolalar “Muruvvat” uylari; “Mehribonlik” uylari; o’quvchilarni kasb-hunarga yo’llash, tashxis markazi bo’linmalarida, sog’likni saqlash vazirligi tasarrufidagi muassasalar, umumta’lim davlat va nodavlat tashkilotlari maxsus pedagogi, o’qituvchi-defektologi, o’qituvchi logoped, logoped, tarbiyachi; Milliy malaka ramkasining 4-malaka darajasi ega (o’rta professional ta’lim bosqichini tugallagan) o’qituvchi-logoped, logopedlarning faoliyatini tartibga soluvchi, monitoringi yurituvchi, diagnostik-maslahat ishlarini amalga oshiruvchi mentor maqomida xamda o’rta maxsus professional ta’limi muassasalari pedagogi ta’lim tizimida metodist, usul-uslublari, xalq ta’limi bo’limining asosiy vazifalari metodik rahbarlik qilish tamoyillari bu o’quv dasturining mazmunini tashkil etadi. Fanini puxta o’zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, talabalarning pedagogik amaliyoti davrida va bitirgandan keyingi ishlarda ko’nikma sifatida xizmat qiladi.

Dars turi va baholash usuli

Dars turi 1-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 40 soat Oraliq nazorat 20 ball
Seminar mashg’uloti 50 soat Joriy nazorat 10 ball
Mustaqil ta’lim 90 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball
Dars turi 2-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 40 soat Oraliq nazorat 20 ball
Seminar mashg’uloti 50 soat Joriy nazorat 10 ball
Mustaqil ta’lim 90 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o’tkazish jadvali

5 baholik shkala 100 ballik shkala
5,00 — 4,96 100
4,95 — 4,91 99
4,90 — 4,86 98
4,85 — 4,81 97
4,80 — 4,76 96
4,75 — 4,71 95
4,70 — 4,66 94
4,65 — 4,61 93
4,60 — 4,56 92
4,55 — 4,51 91
4,50 — 4,46 90
4,45 — 4,41 89
4,40 — 4,36 88
4,35 — 4,31 87
5 baholik shkala 100 ballik shkala
4,30 — 4,26 86
4,25 — 4,21 85
4,20 — 4,16 84
4,15 — 4,11 83
4,10 — 4,06 82
4,05 — 4,01 81
4,00 — 3,96 80
3,95 — 3,91 79
3,90 — 3,86 78
3,85 — 3,81 77
3,80 — 3,76 76
3,75 — 3,71 75
3,70 — 3,66 74
3,65 — 3,61 73
5 baholik shkala 100 ballik shkala
3,60 — 3,56 5 baholik shkala
3,55 — 3,51 5 baholik shkala
5 baholik shkala 70
3,45 — 3,41 69
3,40 — 3,36 68
3,35 — 3,31 67
3,30 — 3,26 66
3,25 — 3,21 65
3,20 — 3,16 64
3,15 — 3,11 63
3,10 — 3,06 62
3,05 — 3,01 61
3,00 60
3,0 dan kam 60 dan kam