Skip to main content

Appeals

+(99872) 226 68 10

Axborot resurs markazi

Axborot-resurs markazi

Jizzax davlat pedagogika universiteti 1974-yilda tashkil topgan bo’lib, shu yili kutubxona o’z faoliyatini boshlagan. Dastlabki yillarda kutubxona 1789 ta kitob fondiga ega bo’lib, 1437 ta kitob xonga xizmat ko’rsatgan, kutubxona 4 ta bo’limda faoliyat olib borgan. Ayni paytda ARMda 43ta xodim faoliyat ko’rsatadi. Shundan: 17 nafari oliy ma’lumotli, 26 nafari o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan xodimlardir. Oliy ma’lumotli soha mutaxassislari 2 nafarni, o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar 6 nafarni tashkil etadi. 2020-yil yakuniga ko’ra, ARM ning umumiy fondi 163042 nusxani tashkil etdi. Shundan, 24124 tasi elektron resurslar bo’lib, qolgan 138918 nusxasi bosma nashrlardir. Kitobxonlar soni – 9733 nafarni, qatnovlar soni – 92286 tani, berilgan adabiyotlar soni-201463 tani tashkil etdi.

Axborot-resurs markazi rahbari:

Robiya Ishnazarova

Telefon:

Email:

Qabul kunlari: Chorshanba, Payshanba 09:00–16:00

Bugungi jamiyat hayotining yanada yuksalishida kitobning o’rni va kitobxonlikning ahamiyati g’oyat muhim bo’lib, bu borada Respublika hukumati tomonidan aholi, xususan yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlar hamda chora-tadbirlar belgilandi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga, xalqaro amaliyotga mos bo’lishini davrning o’zi taqozo etmoqda. Ana shunday zamon talablaridan kelib chiqib, universitet axborot-resurs markazi 2020 yil davomida Respublika Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus va 2019-yil 7-iyundagi “Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish to’g’risida”gi PQ-4354-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida faoliyat olib bordi.

Universitet axborot-resurs markazining umumiy maydoni 2960 kv.m. bo’lib, jami o’rindiqlar soni 286 tani tashkil etadi. Axborot-resurs markazida so’nggi yillar davomida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, kitobxonlarga axborot xizmatlari ko’rsatishning zamonaviy shakllarini joriy etish, ularning pandemiya sharoitida mustaqil bilim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, masofadan turib axborot xizmatlari ko’rsatish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Axborot-resurs markazida talaba-yoshlarning o’quv-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish borasida barcha o’quv xonalarida mustaqil dars tayyorlash hamda zarur axborotlarni turli shakllarda olish imkoniyatlari yaratilgan. Axborot-resurs markazi pandemiya sharoitini e’tiborga olib, yangi o’quv yilida foydalanuvchilar uchun masofadan turib zamonaviy axborot xizmatlari ko’rsatish maqsadida o’z sayti Lib.jspi.uz va JSPI-library telegram-bot kanali faoliyatini yo’lga qo’ydi. Shu bilan birga, “ARM elektron kutubxona” telegram kanali orqali masofadan turib xizmat ko’rsatish salmog’i ham birmuncha oshdi. Bu o’z navbatida ARMdan foydalanuvchilarga qulay imkoniyat yaratdi.

Hozirgi kunda axborot-resurs markazida 6 ta ixtisoslashgan o’quv zallari mavjud. Bular quyidagilar: magistrlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan o’quv zali, o’quv uslubiy majmualar zali, badiiy adabiyotlar zali, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan o’quv zali, ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o’quv zali hamda xorijiy adabiyotlar o’quv xonasi. Shuningdek, axborot-resurs markazi Talabalar turar joyida yashovchi talabalar va asosiy o’quv binosidan uzoqda joylashgan fakultetlar talabalari uchun qulaylik yaratish maqsadida o’z tarmoqlarini tashkil etgan. Talabalar turar joyida ARMning 2 ta tarmoq kutubxonasi, fakultetlar qoshida 3 ta tarmoq kutubxonasi faoliyat olib boradi. Mazkur tarmoqlar yetarlicha o’quv adabiyotlar va elektron o’quv resurslari bilan ta’minlangan.

Axborot-resurs markazida quyidagi ichki bo’limlar faoliyat olib boradi:

  • Fanlararo o’quv uslubiy majmualar o’quv zali 42 o’rinli bo’lib, umumiy fondi 805 tani tashkil etadi. Mazkur o’quv zalida kundalik davriy nashrlar jamlanmasi ham tashkil etilgan bo’lib, foydalanuvchilarga kundalik yangiliklar taqdim etib borildi.
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o’quv xonasi 42 o’rinli bo’lib, 12148 ta kitob fondiga ega. Mazkur o’quv xonasida lug’atlar, ensiklopediyalar, ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid o’quv adabiyotlar jamlangan.
  • Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan o’quv xonasi 42 o’ringa mo’ljallangan. O’quv xonasida aniqva tabiiy fanlarga doir adabiyotlar jamlangan bo’lib, ular 3337 tani tashkil etadi.
  • Xorijiy adabiyotlar va ilmiy ishlar o’quv zalida talabalar tomonidan himoya qilingan dissertatsiya va bitiruv malakaviy ishlar hamda xorijda nashr qilingan o’quv adabiyotlar jamlangan. Jami ilmiy ishlar fondi – 7443 ta va xorijiy o’quv adabiyotlar fondi 681 tani tashkil etadi.
  • Badiiy adabiyotlar o’quv zalida 6103 nusxadagi adabiyotlar mavjud bo’lib, 30 o’ringa mo’ljallangan.
  • Elektron resurslar o’quv zali 34 o’rinli bo’lib, 24124 elektron resurslar fondiga ega. O’quv zalida so’nggi rusumdagi 25 ta kompyuter jamlamasi, 3 dona 3/1 skaner, 1 dona videoproektor foydalanuvchilar uchun xizmat ko’rsatadi.
  • Xizmat ko’rsatish bo’limining umumiy fondi 116064 ta bo’lib, 5 nafar xodim kitobxonlarga xizmat ko’rsatadi.
  • Bibliografiya bo’limi ARM fondini kattaloglashtirish, kitobxonlarning axborot-bibliografik so’rovlariga javob berish, mavzuli kartotekalar yuritish,ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Bugungi texnik taraqiyot asrida kutubxona sohasiga avtomatlashtirish va telekommunikatsiya vositalarinin joriy etilishi axborot-resurs markazining foydalanuvchisiga tez va sifatli axborot xizmati ko‘rsatishni taqozo etadi. Ana shunday davr talablaridan kelib chiqib, universitet axborot-resurs markazi jamoasi kitobxonlarga axborot xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy usullarini o‘z faoliyatida tadbiq etish ustida ish olib bormoqdalar.