lessons 2021-2022
lessons 2021-2022
|
25/03/2022
Print
(O`zbek) “Yig‘inli va ko‘paytmaning bo‘linishi haqida teoremalar” mavzusida amaliy ochiq dars o‘tkazildi.

“Yig‘inli va ko‘paytmaning bo‘linishi haqida teoremalar” mavzusida amaliy ochiq dars o‘tkazildi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilora Nusratova tomonidan 2-juftlik 514-xonada Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalariga “Yig‘inli va ko‘paytmaning bo‘linishi haqida teoremalar” mavzusida amaliy ochiq dars o‘tkazildi.

Ushbu darsda darslik va o‘quv qo‘llanmalardagi mavjud teoremalardan tashqari ustoz tomonidan yozilgan va institut jurnalida nashr etilgan ilmiy maqolasida yoritilgan teoremalarga doir ham misol va masalalar yechildi. Ochiq darsda t.f.d., prof.X.To‘raqulov, fakultet uslubiy kengashi raisi f.f.d. N.Xadjimusaeva, fan o‘qituvchisi S.Temurovlar ishtirok etishdi.

Darsda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor berildi. Ular tomonidan darsda qiziqarli mavzuga oid rebuslar yaratildi, musobaqalar tashkil etildi.

Shuningdek, dars samarasi sifatida 101-guruh talabasi Muhayyo Jumaboevaning ustoz bilan birgalikda yozgan “Ayirma ko‘rinishidagi ifodaning bo‘linishi haqida teoremani o‘rgatishning afzalliklari” mavzusidagi maqolasi “Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: ta’lim va tarbiya integratsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani to‘plamiga qabul qilindi.

 


To share:
406
Popular in other categories

A bicycle marathon was held in connection with the “World Bicycle Day” on June 3.
A bicycle marathon competition was held between professors, teachers, employees and students working at Jizzakh State Pedagogical University.
A meeting was held with the graduates.
A meeting was organized between the graduates of the 2023-2024 academic year of the university and the trustees of the university at the Palace of...
A group of experts of the “MUNIS” project visited Jizzakh region.
The seminar on “Commercialization of technologies and implementation of start-up projects” continues at JSPU. Day 2 details