Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

«Tafakkur ziyosi» ilmiy uslubiy jurnali

Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan “Tafakkur ziyosi” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini boshlagan. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining filologiya, falsafa va pedagogika fanlari bo‘yicha ekspert kengashi (2018-yil 29-dekabrdagi 260/6-son bayonnomasi) tavsiyasi bilan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Jurnal Jizzax viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasidan 2020-yil 25-aprelda 06-042 raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan. Jurnalning xalqaro ISSN raqami: 2181- 6131

“Tafakkur ziyosi” ilmiy-uslubiy jurnali filologiya, falsafa va pedagogika fanlari ta’lim sohasiga ixtisoslashgan bo‘lib, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar mazmunini chuqurlashtirish va sifatini oshirish, ilmiy-falsafiy mushohada qilish, pedagogik xodimlar va ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning intellektual darajasini oshirish va ilmiy tadqiqot natijalarini tashviq qilish jurnalning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

1. Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Tafakkur ziyosi” ilmiy-uslubiy jurnalining ruknlariga mos kelishi shart.

2. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:

– Maqola mavzusi

Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim. U o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi kerak.

– Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot

Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

– Maqola annotatsiyasi

Maqolalarning qisqacha annotasiyasi 10-12 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.

– Kalit so‘zlar

Kalit so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.

«Tafakkur Ziyosi» jurnallari

2024 1-son

2023 4-son

2023 3-son

2023 2-son

2023 1-son

2022 4-son

2022 3-son

Maxsus son-2022

2022 yil 1-maxsus son

2022 yil 1-son

2022 yil 2-son 1-bo’lim

2022 yil 2-son 2-bo’lim

2021 yil 4-son

2021 yil 3-son

2021 yil 2-son

2021 yil 1-son

2020 yil 4-son

2020 yil 3-son

2020 yil 2-son

2020 yil 1-son

2019 yil 4-son

2019 yil 3-son

2019 yil 2-son

2019 yil 1-son