Fransiyaning INSHEA instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti Ijtimioiy fanlarda chet tillar kafedrasi hamkorligida “Maktabgacha yoshdagi imkoniyati chegaralangan bolalar uchun inklyuziv yo‘nalish” mavzusida ikki kunlik halqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminar trening tashkilotchilari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, JDPI Xorijiy tillar fakulteti Ijtimoiy fanlarda chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari bo‘libsemrnar-treningga shu kafedra dotsenti T. Kavilova boshchilik qildi.

Ikki kunlik seminar-treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad, ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim berish tamoyillarini shakllantirish va pedagoglarga ushbu ta’lim turi bo‘yicha o‘qitish yo‘nalishlari haqida tushuncha berishdir.
Seminar-treningda JDPI professor –o‘qituvchilari hamda magistrantlar ishtirok etishdi.