Turdiboyeva Dildora Bekmirza qizi
Xorijiy til va adabiyoti Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
E-mail address: dildora_baratova@mail.ru
Annotatsiya: Ingliz va o‘zbek tillaridagi fe‘llarning structural turlari,fe‘llarning yasalishi, ularni o‘zbek tilidagi muqobillarini qiyosiy tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdir.
Kalit so’zlar: asosiy fe’l, yordamchi fe’l, modal fe’l.
Ingliz tilida fe’lning uchta asosiy shakli bor: infinitiv (the Infinitive), oddiy o’tgan zamondagi shakli (Simple Past) va o ‘tgan zamon sifatdoshi shakli (Past Participle). Ular barcha zamon shakllarini yasashda ishlatiladi.
- Fe’llar oddiy o’tgan zamon (Simple Past) va o’tgan zamon sifatdosh (Past Participle) shakllarining yasalishiga qarab to’g’ri va noto`g`ri fe’llarga bo’linadi.
- To’g’ri fe’llarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’l o’zagiga -ed qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi.
Infinitive Simple Past Past Participle
to show showed showed
to study studied studied
to inspire inspired inspired
- Simple Past va Past Participle shakllari -ed qo’shimchasini qo’shmasdan, turli yo’llar bilan yasaladigan fe’llar noto`ri fe’llar deyiladi. Noto’g’ri fe’liarning o’tgan zamon va o’tgan zamon sifatdoshi shakllarini biz darsliklardagi maxsus jadvallardan yoki lug’atdan o’rganamiz.
Jadvaldagi fe’lning ikkinchi shakli Simple Past shakli, uchinchi shakli esa Past Participle shaklidir.
Lug’atlarda esa noto`g`ri fe’liarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’lning asosiy shakli va o’qilishidan keyin kichik qavs (_) ichida berilgan bo’ladi. Kichik qavs ichidagi birinchi shakl fe’lning Simple Past shakli, ikkinchi shakl esa fe’lning Past Participle shaklidir. Agar kichik qavs ichida faqat bitta shakl berilgan bo’lsa, shu bitta shakl ham Simple Past uchun, ham Past Participle uchun ishlatiladi: go [gou] 1. v(went; gone) I) bormoq send [send] 1. v(sent) l) jo’natmoq. Ma’nosiga va gapdagi vazifasiga ko’ra fe’llar quyidagi turlarga bo’linadi: asosiy fe’llar, yordamchi fe’llar, bog’lovchi fe’llar va modal fe’llar. Asosiy fe’llar (Notional Verbs) mustaqil ma’noga ega bo’lib, gapda yakka o’zi sodda kesim bo’lib keladi:
He speaks French. U fransuzcha gapiradi.
They returned yesterday. Ular kecha qaytib kelishdi.
- Yordamchi fe’llar (Auxilliary Verbs) mustaqil ma’noga ega bo’lmasdan, fe’lning murakkab shakllarini yasashda yordam beradi. Ularga quyidagi fe’llar kiradi: to be, to have, to do, shall (should), will (would):
She is working in the garden. U bog’da ishlayapti.
I have read the book. Men kitobni o’qib chiqdim.
I do not know it Men bum’ bilmayman.
He will speak to his friend. U do’sti bilan gaplashadi.
- Bog’lovchi fe’llar (Link Verbs) ot-kesim yasashda bog’lovchi bo’lib keladi. Eng ko’p ishlatiladigan bog’lovchi fe’l to be fe’lidir:
He is an engineer. U – muhandis.
The box was heavy. Quti og’ir edi.
- Modal fe’llar (Modal Verbs) fe’lning asosiy shakli (infinitive) bilan birga keladi va asosiy fe’l ifodalagan ish-harakatning sodir bo’lish imkoniyatini, ehtimolligini, zaruratini, xohishni bildiradi. Ularga can, may, must, ought to, need kiradi. Modal fe’llar fe’lning asosiy shakli bilan gapda qo’shma fe’l-kesim bo’lib keladi:
He can read German. U nemischa o’qiy oladi.
I must do it at once. Men bum zudlik bilan qilishim kerak.
You may come soon. Siz tezda kelishingiz mumkin.
You ought to help him. Siz unga yordam berishingiz kerak.
You needn’t go there. Siz u yerga bormasangiz ham bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Ilyish B. The structure of Modern English. – Leningrad, 1965
- Kaushanskaya V. L. A grammar of the English language. – Moskva, 1967 .
- Kaushanskaya V. L. Exercises in English grammar. – Moskva, 1967.
- Khaimovich S., Rogovskaya B. I. A course in English grammar. – Moscow, 1967.
- Kononov A.N. Grammatika uzbekskogo yazika. – Tashkent, 1948.