Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi
Fazilova Dilrabo Xudaykulovna
Telefon: +(99891) 598 29 91
Elektron manzil: dfazilova1@gmail.com
Qabul vaqti: 09:00 — 18:00
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо’limining maqsadi О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bо’yicha qо’shimcha chora-tadbirlar tо’g’risida”gi PQ – 3775-son qaroriga muvofiq har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni о’qitishni alohida о’quv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, institutda iqtidorli talabalarni maqsadli ilmiy faoliyatga jalb qilish va yо’naltirish, kafedralar hamda fakultetlarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishdan iborat.
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlashning vazifalari quyidagilardan iborat:
- iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
- malakali professor-о’qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish;
- ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yо’nalishlari bо’yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
- iqtidorli talabalarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy ta’limning keyingi bosqichlariga tayyorlash ishlariga jalb qilish;
- iqtidorli talabalar bо’yicha Universitet banki va monitoringini shakllantirish;
- iqtidorli talabalar uchun maxsus о’quv dasturlari, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash.