Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

JDPUda abituriyentlarga maslahat va ma’lumotlar beruvchi Call-center shay holatga keltirildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti qabul komissiyasi maslahat markazi abituriyent va ularning ota-onalari uchun 2024-2025-o‘quv yili qabul jarayonlari yuzasidan barcha savollarga javob berishga tayyor. Bugun 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Tabiiyki, bu jarayonda ba’zi abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasligi mumkin. JDPUda tashkil etilgan     Call-center  xodimlari abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan berilayotgan savol va murojaatlarga batafsil javob berishga harakat qilishmoqda. – Ayni paytgacha markazga 30 dan ziyod qo‘ng‘iroq bo‘ldi,-deydi qabul komissiyasi bo‘yicha mas’ul kotib S.Nazarqosimov, jarayondagi o‘zgarishlar bois ba’zi abituriyentlar negadir o‘quv muassasalari chiqmayapti, yoki bo‘lmasa milliy sertifikatlarni joylashda muammolarga duch kelishayotganini bayon qilishgan. Mutaxassislar imkon qadar murojaatchilarga ko‘makchi bo‘lishga harakat qilishmoqda. Aytish joizki bir vaqtning o‘zida 10 nafar malakali operatorlar  barcha qo‘ng‘iroqlarga  javob berishmoqda. Eslatib o‘tamiz: 72-221-55-16 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali qabul komissiyasining maslahat markaziga bemalol  bog‘lanish imkoniyati mavjud. Shuningdek, Abituriyentlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy sahifalarimiz orqali ham berib boriladi.