Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

JDPUda “Biologiyaning dolzarb muammolari: fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizning turli go‘shalaridan sohaning yetuk olimlari ishtirokida o‘tkazilgan ilm amaliy anjumanni universitet Ilmiy ishlar va  innovasiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Qodirov ochib berdi. U o‘z so‘zida Jizzax viloyati yuksak o‘simliklari, o‘rganilish darajasi, takomillashtirish istiqbollari hamda fan va ta’lim integratsiyasiga bag‘ishlangan ilmiy-anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

 

Anjumanda Yangi avlod floristik tadqiqotlar va ularning mintaqaviy biologik xilma-xillikni muhofaza qilishdagi o‘rni, Jahonning ta’lim sohasi rivojlangan mamlakatlari OTM lari tajribasini o‘rganish va uni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish (Ege universiteti misolida) Tulipa L. turlari bo‘yicha yangicha qarashlar, Eremurus M.Bieb. turkumining filogeniyasi va biogeografiyasi, Farg‘ona vodiysi adirlari florasi va zamonaviy tadqiqotlarning o‘rni, Biotexnologiyaning zamonaviy muammolari va yechimlari, Noyob ekin – fatseliyaning ahamiyati mavzularida ma’ruzalar tingladi. Savol-javoblar va bahs munozaralar asosida bo‘lib o‘tgan anjumaning ikkinchi yarmi sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi.