Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakultet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, talabalar yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlarida professor-o‘qituvchilarni tamagirlik holatlariga va manfaatlar to‘qnashuviga undamaslik, yakuniy nazorat imtihonlarda o‘z bilimlariga tayangan holda baholarni olishlarini, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka doir choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi. 2024 yil 15 fevral kuni qayta YAN ishi topshirish jarayonida 1-kurs bir qancha talabaning o‘ringa o‘rin kirish holatlari bo‘lganligi, bunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan talabalarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishi aytib o‘tildi.