Jizzax qadimiy voha bo‘lib. O‘zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan. Voha o‘zining qulay harbiy
strategik imkoniyatlari, rang-barang tabiiy
manzaralari, o‘ziga xos iqlimi, bir-biridan go‘zal
tabiiy go‘shalari, shifobaxsh maysazorlari va
soyliklari, zilol suvlari bilan buyuk hukmdorlar
nazariga tushgan, o‘z bag‘riga chorlagan.
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Ibn
al-Asirning “Mukammal tarix”, Sh.A.Yazdiyning
“Zafarnoma”, Z.M.Boburning “Boburnoma”,
Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”,
Muhammad
Solihning
“Shayboniynoma”
kabi tarixiy manbalarda Amir Temur va
temuriylarning vohamiz bilan bevosita bog‘liq
tarixlari bitilgan.
Sohibqiron necha bor dashti Qipchoq,
Mo‘g‘uliston va Xitoy sari katta lashkari
bilan yurish qilar ekan yoki hazrat Yassaviy
qabrlarini ziyoratiga borar ekan, aniqki, Jizzax
vohasining so‘lim mavzelarida hordiq chiqarib,
harbiy mashqlar o‘tkazib, ov qilish bilan
shug‘ullangan.
Ulardan ayrimlari to‘g‘risida manbalarga
tayanib, fikr yuritamiz.
Nizomiddin Shomiy o‘zining “Zafarnoma”
asarida Jetelarning Ilyosxojaxon, amir Hamid,
amir To‘q Temur va Bekijak boshchiligida Qaboyi
Maton mavzesida, Amir Temur va Amir Husayn
lashkarlari bilan bo‘lgan janglari haqida: “Amir
Sohibqiron o‘zini ul poyonsiz dengizga urdi va
Rustami Dostondek shamshiru kamonga qo‘l
uzatdi. Birinchi hamlada To‘q Temur bahodir,
Bekijakning birodari Beki, Davlatshoh va
boshqa ikki podshohzodani otlar oyog‘i ostiga
tashladi… dushmon lashkarining ko‘pi halok
bo‘ldi… Amir Sohibqiron dushmon ketidan
quvlab, Obi Yomga yetdi va u yerda yo‘llarini
to‘sib, ulardan ko‘pini o‘ldirdi. Amir Husayn va
Amir Sohibqiron shodu hurram bo‘lib, bir necha
kunni Obi Yomda o‘tkazdilar”1.
Ko‘rinadiki, Qaboyi Maton mavzesida
bo‘lgan jangda Sohibqiron Temur va Amir
Husayn lashkarlari, o‘zlaridan son jihatidan
ko‘p bo‘lgan Jete qo‘shinlarini mag‘lubiyatga
uchratdilar. Ularning boshliqlaridan bo‘lgan
Iskandar o‘g‘lon, amir Hamid, amir Yusufxoja
qo‘lga tushdilar. Amir Bekijon va Ilyosxoja
zo‘rg‘a qochishga ulgurdi. So‘ngra Amir Temur
va Amir Husayn Obi Yomda hordiq chiqardilar.
So‘ngra amirlar o‘z lashkarlari bilan toshkent
tomon yo‘l oldilar. Amirlar Toshkentda biroz
bo‘lib, Xo‘jand suvidan o‘tib, hordiq chiqarish
va ov qilish maqsadida Jizzax va Oqar
mavzelarida to‘xtadilar. Amir Temur “Xo‘jand
suvidan o‘tdi va ov qilmoq niyatida jirg‘a
tuzib, o‘sha yerda bir necha kunga to‘xtadi.
Amir Husayn ham Dizak mavzesida ov qilish
istagi bilan jirg‘a tuzdi. Ular ikki tomondan
yurib Oqar mavzesida qamarmishi (ovni
qo‘raga olish) qildilar… bir necha kunni aysh-
ishrat va xursandchilikda o‘tkazdilar, ul yerdan hod-xurram otlanib, Samarqand tomon
yuzlandilar”2.
Manbadan Amir Temur qo‘shini bilan
Zomin atrofiga kelib to‘xtaganligini anglash
mumkin. Ikkala amir ham kelishuvga muvofiq,
ov qilish niyatida jirg‘a tuzadi (maxsus kishilar
soy va daralardan ov hayvonlarini belgilangan
manzalga haydaydi). Ov esa Ohar mavzesida
bo‘ladi. Amir Temur Zomindan Amir Husayn
Jizzaxdan aylanib, ovni Oqarda o‘tkazar ekan
(bu mavze Zomin tuman hududida joylashgan)
go‘zal tabiat, jilg‘alar, buloqlar, ovlash uchun
turli hayvon-parrandalar keng mo‘lligidan
vaqtlarini ma’lum muddat “aysh-ishrat
va xursandchilikda” o‘tkazganlari, shodu-
xurramlikda Samarqandga otlanganlarini
tushunish qiyin emas. Xullas, Amir Temur 1364
yildayoq Jizzax vohasining go‘zal mavzelarida
ov qilib, hordiq chiqaradi va bu hududga uning
mehri tushgan edi
Ilmiy ommaviy maqolalar
- All
- Axborot resurs markazi yangiliklari
- darslar 2021-2022
- E’lonlar Sirtqi
- Gender tengligi
- Ilmiy ommaviy maqolalar
- Komplaens nazorat
- Musobaqalar
- Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
- Rasmiy tashriflar
- Universitet faoliyati
- Ustoz qadri buyuk muallim
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
- Yig'ilishlar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
30/05/2023
Chop etish
JIZZAX VOHASI TARIXIDA AMIR TEMURNING O‘RNI
Boshqa rubrikalarda mashhur

Biologik xilma-xillik – barchamiz uchun xavotir o‘yg‘otuvchi mavzudir, va barchamiz yo‘qolish xavfi ostdagi turlar va ularning yashash muhitini himoya qilishda faol ishtirok etishimiz zarurdir.

Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba-qizlar o‘rtasida velomarafon musobaqasi velomarrofon o‘tkazili.

JDPU madaniyat saroyida universitetning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari bilan universitetning asosiy ish beruvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori Sh.Sharipov, Jizzax viloyati Maktabgacha va...
So'nggi yangiliklar
11/06/2024
05/06/2024
03/06/2024
03/06/2024
