Karyera markazi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Karyera markazi” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021-yilning 16-iyun kuni o’tkazilgan 34-son yig’ilish bayonining 2, 3 va 10-bandlari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-iyundagi 314-son buyrug’i va universitet rektorining 2021-yil 30-iyuldagi 335-U-sonli buyrug’ining 5-bandiga asosida tashkil etilgan.
Karyera markazi Jizzax davlat pedagogika universitet hududida joylashgan markaz bo’lib, talabalarga ish qidirish ko’nikmalarini oshirish, kelgusidagi kasb tanlashda va unga erishishda yordam berish, mos ish faoliyati yoki ilmiy faoliyat dasturlarini topish, ish beruvchilarga yo’llanmalar olish, tarmoq ko’nikmalarini oshirish maqsadida faoliyat yuritadi.
- Universitet hududida suhbat
Karyera markazi universitetni bitirgan o’zining professional faoliyatida yuqori yutuqlarga erishgan tajribali bitiruvchilari bilan talabalar o’rtasida doimiy ravishda tadbirlar, davra suhbatlari va mahorat darslar olib borilishini ta’minlaydi.
- Bitiruvchilar ishga joylashish
Universitetda tashkil etilgan “Karyera markazi” talabalarni, ayniqsa, bitiruvchilarini hozirda mavjud bo’lgan va mehnat bozori talab qilayotgan bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumotlar berib boradi. Hamda, ushbu bo’sh ish o’rinlari uchun talabalardan talab etilayotgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan ularni xabardor qilib borishni asosiy vazifa qilib belgilaydi.
- Talabalar uchun REZYUME
Ushbu xizmatda talabalar uchun ish beruvchilar talabidan kelib chiqqan holda talaba haqidagi ma’lumotlarni bilishi uchun rezyume namunasi hamda talabalar kelgusida qaysi soha va tashkilotlarda ishlashni xohlashi tog’risida so’rovnomalar havola etiladi.
- Normativ xujjat
- Ish beruvchilar va talabalar uchun ma’lumot
Karyera markazi mutaxassisidan hujjat to’ldirish va suhbatga tayyorlanish yuzasidan yordam olmoqchi bo’lsangiz, quyidagi pochtaga xabar yuboring: karyera@jdpu.uz