JDPUda “Kitobxonlik haftaligi” ga start berildi.
Kitob do‘konlariga, yangi kitoblar bilan tanishishga fursati bo‘lmayotgan, yangi nashrlardan boxabarlikni xush ko‘radigan talaba yoshlar uchun “Kitobxonlik haftaligi” ayni muddao bo‘ldi desak adashmaymiz. Hukumatning 2020 yil 14 dekabrdagi qarori bilan har yili aprel oyida Jizzax davlat pedagogika unviersitetida “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bugungi tadbirga universitet qoshidagi texnikumlar va akademik litsey o‘quvchi va talabalari jalb etildi.
Soha mutaxassislari, shoir va yozuvchilar va talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan tadbir kitoblar ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Taklif etilganlar yangi adabiyotlar ularning elektron variantlari bilan ham tanishib chiqishdi.Kitob bayramining ochilish marosimida bu yilgi tadbir ham shaklan, ham mazmunan o‘ziga xoslik kasb etayotgani ta’kidlandi.




















Ta’kidlash joiz haftalik doirasida e’tiborga molik ko‘plab yangi nashrlar taqdimotlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, haftalik doirasida tashkilotchilar tomonidan eng faol ishtirokchilarni taqdirlash, sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylarni, kitob targ‘ibotchilari va ijodkorlarni rag‘batlantirish ham rejalashtirilgan. Bir so‘z bilan aytganda, haftalik doirasidagi tadbirlar turfa. Ularning har biriga o‘ziga xos ta’rif berish qiyin emas. Ammo, fikrimizcha, haftalikda faol ishtirok etib, ularga jonli guvoh bo‘lganingiz ma’qul. Haftalik 10 aprelga qadar davom etadi. Biz sizni kutamiz!