Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA SOG‘LOM TURMUSH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Xoliqov Farxod Karamatullo o’g’li 550-21 guruh talabasi Akramov Firdavs Olloyor o’g’li Jizzax davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston, jizzax Elektron pochta farxodxoliqov77@gmail.com Kalit so`zlar: Sport, milliy harakatli o`yinlar, jismonan baquvvat, sog`lom, ko`nikma, malaka, bilimli, mard, jasur, sog’lom millat, sog’lom avlod.   Sog’lom naslni, jismonan baquvvat, shu bilan birga ruxi, fikri toza, iymon e’tiqodi butun, bilimi, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar  avlodni  kamolga yetkazish  ajdodlarimizdan bizga qolgan meros. Qon –qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Zero, buyuk davlatni faqat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qura oladi. Milliy harakatli o’yinlar, sport turlari ham xalq qadryatlariga daxldor bo’lib sog’lom avlodni  tarbiyalash yo’lidagi muhim va zaruriy vazifalardan biridir.  Sog’lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning rang-barang yo’l-yo’riqlari, usul va metodlari mavjud bo’lib, uning omillari ham ko’p. Ayniqsa bolalarning bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish, badantarbiyasi va sport bilan shug’ullantirish, turli-tuman milliy harakatli o’yinlarni o’rgatish muhimdir. Bola tarbiyasini  bu tomoni ham davlat  ahamiyatiga molik masaladir. Prezidentimiz shu muammoni davr talabi asosida hal qilishga alohida e’tibor berib, bolalarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan  milliy sport o’yinlari haqida ma’lumot yig’ish , ularni boyitish  va shular asosida yoshlarimiz o’rtasida keng tashviqot olib borish  dolzarb masalalardan biri ekani haqida fikrini ilgari surdi. Chunki milliy harakatli o’yinlar ham xalq qadiryatlariga dahldor bo’lib, ularni boyitish sog’lom avlodni tarbiyalash yo’lidagi muhim va zaruriy vazifalardan biridir. Milliy harakatli o’yinlarining pedagogik–psixologik va jismoniy jihatdan tarbiyaviy ahamiyati katta. Milliy xalq harakatli o’yinlaridan “Quvlashmachoq” o’yinini oladigan bo’lsak, bu o’yin bolalarda qat’iyatlilik ko’nikmalarini hosil qilish, sabr chidamga o’rgatish,topqirlik ko’nikmalarini shakllantiradi.O’zbek xalq harakatli o’yinlaridan “chillak” o’yinini o’tloq va sport maydonchasida o’tkaziladi. Bu o’yinni o’ynashda bolalarning yosh xususiyatlariga etibor berish, bolalarning bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etishga yo’naltirish lozim. “Ko’z boylash” xalq harakatli o’yinida bolalarning ko’proq psixologik hissiyotlari yanada mustahkamlanadi. “Oq terakmi ko’k terak” milliy harakatli o’yinida bolalar jamoa uchun harakat qilishi lozim. Bu o’yinlarning barchasi tabiat qo’ynida, toza havoda va qish faslida tashkil etiladi. Bu harakatli o’yinlar  bolalarni nafas olish tizimining  ish faolyatini  yaxshilaydi, qon aylanish sistemasini mustahkamlaydi. Bolalarning harakat organlari yaxshi  rivojlanadi , qaddi-qomati chiroyli bo’lib o’sadi. Xalqimiz bejizga aytmagan “sog’ tanda sog’lom aql”- deb. Bolalar uchun  xonada yoki sayr qilish chog’ida o’tkaziladigan harakatli o’yinlar  va mashqlar ularning harakat faolyatini oshiradi, o’rganib o’zlashtirganini  mustahkamlashga zamin yaratadi  va eng muhimi tarbiyalanuvchilar sog’ligini yaxshilaydi. Milliy harakakatli o’yinlar bolalar xotirasi, fikirlash qobilyatining rivojlanishida muhim o’rin tutadi. O’yinda ro’y bergan  vaziyatga qarab  darhol tegishli javob harakatini amalga oshirish yutuq va mag’lubiyatga olib keladi. Bu xayotda ziyraklik va tezkorlik bilan aniq javob qaytarishga o’rgatadi.  Milliy o’yinlarning 3-4 yoshdan boshlab shug’ullanishi mumkinligini nazarda tutilsa, o’yinlar orqali yoshlarni har tomonlama kamolotiga  buning ta’siri qanchalik erta boshlanishini   ko’ishimiz mumkin. Bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishi  uchun gigeyenik sharoit  yaratish bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini  albatta bajarish zarur. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining nazorati, zaruriy profilaktik  va davolash ishlarini olib borishi talab etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin harakat qilishi va sof havo bilan nafas olish imkonini beradigan darajada katta, yorug’,quruq va issiq, derazalari janubiy sharqqa qaragan bo’lishi kerak. Guruh xonasining balandligi 3-3.5 sm bo’lib, xar bir bolaga bino sathidan 25kb.m joy, taxminan 8 kyb m xavo to’g’ri kelishi; xona bezagi gigeyenaga xos tez toza bo’ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bo’lishi kerak. Guruhda tartib bo’lishiga rioya qilish zarur.Xonada yorug’likni to’sadgan og’ir va qalin  pardalar, gilamlar, yumshoq mebellar, umuman ortiqcha  narsalar bo’lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta’lim–tarbiya talabiga, bolalarning bo’yi va gavda tuzilishiga mos bo’lishi va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qo’yilgan maxsus normaga javob berish lozim. Bolalarning stol, stullari  ancha mustahkam va yengil, tuzilishi sodda hamda oson yuviladigan bo’lishi kerak. Stollar yorug’lik chap tomondan tushadigan qilib joylashtirilishi lozim. O’yinchoq va ko’rgazmali qurollar ham gigeyenik talablarga javob beradigan,  pishiq,  zararsiz rangda, tashqi ko’rinishi silliq bo’lishi kerak. Har bir yosh guruhi uchun ajratilgan alohida maydoncha bo’lishi kerak. Maydoncha bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun qum , suv, qurilish materiallari bilan o’ynaladigan  o’yinlar uchun, ijodiy o’yinlar  va turli o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar uchun joy ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar:tirmashib chiqish uchun devorchalar, muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash,uloqtirish mashqlari uchun kerakli jihozlar bo’lishi kerak. Bularning hammasi bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli bo’lishi zarur. Yomg’ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo’ladi. Maydoncha har doim ozoda toza ,tartibli bo’lishi zarur. Boqcha maydonchasi o’rindiqlar, o’ynash uchun  zarur bo’lgan o’yinchoqlar, qum yashshiklari, har xil kema, samaolyot maketlari ,narvonchalar bilan jihozlangan bo’ladi. Qishki vaqtlarda  qor tepacha, yaxlatilgan yo’lchalar, qor inshootlari, yaxmalak qurish lozim. Nonushta, tushki ovqat,  kechki ovqat osoyishta vaziyatda o’tishi kerak. Bola stol atrofiga  yaxshi ishtaxa bilan o’tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi xazm bo’lishiga yordam beruvchi shart – sharoitlar xosil bo’ladi. Yaxshi ishtaha bolalarga mustaqillikni, madaniy – gigeyenik  malakalarni, stol atrofida o’zini to’g’ri tutib  o’tirish malakalarini  tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi bolalarni yoshligidan boshlab  ularda yaxshi ishtaha bo’lishini  taminlash muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar keragidan ortiq, bazilari keragidan kam  ovqat yeyishlari mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasini ularning yoshiga qarab berish lozim. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga majbur qilish kerak emas, majbur etish har doim  ovqatdan oladigan lazzatlanishni kamaytiradi, uni hazm qilishni qiyinlashtiradi,  ba’zan bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin. Hozirgi kunda bolalarni ovqatlantirishni tabaqalashga zaruriyat  tug’ulmoqda ,ya’ni semirishga moyilligi bor va eti bo’yiga mos kelmaydigan  bolalarga  nisbatan shunday qilish lozim. Bolalarni ilk yoshidan boshlab  ovqatni  mustaqil yeyishga o’rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabatni uyg’otishga yordam beradi. Ikkinchi yoshning boshidan qoshiqdan foydalanishga  o’rgatish ,  to’rtinchi yoshdan sanchqidan , beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish  malakalarini tarbiyalab borish lozim. Bundan tashqari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo’lini yuvish, tartibli yeb –ichish, chappillatmay, tovushsiz chaynash va ichish, to’g’ri o’tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish,ovqatdan keyin og’izni chayqash  kabi madaniy–gigeyenik malakalarni ham tarbiyalab boradi. Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashdagi muhim vazifa  asab  sistemasining gigeyenasidir.  Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega.  Uyqu miya katta yarimsharlarining  normal ishlashi uchun  zarur bo’lgan kuch quvvatni tiklaydi.Bola yaxshi uxlasa tetik, quvnoq bo’lib uyg’onadi. Bolalarda madaniy-gigeyenik malakalarni tarbiyalash bolalar organizmining  jismoniy rivojlanishda muhim vositadir, bu bolaning madaniy xulqini yaxshilaydi hamda tartibga soladi. Bular umumiy gigeyenik ahamyatga ega bo’lib, bolalarning sog’ligini mustahkamlashga ta’sir etadi. Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Usmonxo’jayev T.S, Meliyev X.Milliy harakatli o’yinlar. T.2000.
1.Т.С.Усмонхўжаев., А.А.Пулатов., Ш.А.Пулатов., Д.Х.Абдуллаев. «Теория и практика национальных подвижных игр». Ташкент 2014.
  1. Каримжон Рахимкулов. «Национальные подвижные игры».изд. «Тафаккур Бустони». Ташкент 2012.
  2. Энциклопедический словарь по физической культуре и спорту. Том 3 Гл. ред.- Г. И. Кукушкин. М., Физкультура и спорт.