Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
22/08/2023
Chop etish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ma’muriy islohotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 20223 yil 3 iyul kuni “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-sonli qarorga imzo chekdi.

Ushbu qaror bilan:  

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari;

  1. a) oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, o‘rta maxsus, professional ta’lim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarni strategik rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;

 

 

  1. b) o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;

 

 

  1. v) xalqaro mezonlar asosida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quv jarayonini tashkil etish me’yorlarini belgilash hamda ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;

 

 

  1. g) o‘rta maxsus, professional va oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

 

 

  1. d) ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash;

 

  1. e) o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

 

  1. j) ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;

 

  1. z) ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish dasturi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkiliy tuzilmalari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Oliy ta’lim dasturlari yetakchi oliy ta’lim muassasalari bazasida xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohalari reytingida yuqori
200 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv laboratoriya bazasiga qo‘yilgan talablar ta’lim dasturlariga, ilmiy laboratoriyalar soha va tarmoqlardagi texnologik jarayonlarga moslashtiriladi.

Professor-o‘qituvchilar yuklamasi o‘quv va ilmiy faoliyatga, o‘quv jarayonlari esa talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

O‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etiladi.

Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining amaldagi ro‘yxatida birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi.

Kollej va texnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ikki baravarga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda abiturientlarga «davlat granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi» ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abiturientlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi.

 

Yuridik xizmat A.Alikulov


Ulashish:
422
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda  “Biologik xilma-xillikni saqlash va biologiyaning zamonaviy muommolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Biologik xilma-xillik – barchamiz uchun xavotir o‘yg‘otuvchi mavzudir, va barchamiz yo‘qolish xavfi ostdagi turlar va ularning yashash muhitini himoya qilishda faol ishtirok etishimiz zarurdir.
3-iyun “Butunjahon velosiped kuni” munosabati bilan velomarafonni o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba-qizlar o‘rtasida velomarafon musobaqasi velomarrofon o‘tkazili.
Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
JDPU madaniyat saroyida universitetning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari bilan universitetning asosiy ish beruvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori Sh.Sharipov, Jizzax viloyati Maktabgacha va...