Seminarni Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti rektori Shavkat Sharipov ochib berdi. U o‘z so‘zida tayanch maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilarining bilim saviyasi respublikada namuna bo‘ladigan maktab bo‘lishi va shu maqsadga erishish uchun hamkorlikda, hamjihatlikda faqat oldinga intilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Seminar-trening jarayonida ishtirokchilarga » PISA» » PIRLSS» «TIMSS» xalqaro baholash dasturi va ta’lim.uz platformasi haqida ma’lumot berib o‘tildi.



Seminar-trening 5 bosqichdan iborat bo‘ldi. Unda Ta’lim.uz sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy anjumanlar haqida ma’lumotlar berildi va prezident nutqlaridan namunalar namoyish etildi. PISA PIRLS TIMSS xalqaro baholash dasturlari asosida savol-javob o‘tkazildi. Zamonaviy mahoratli pedagoglar salohiyatini aniqlash bo‘yicha anketa so‘rovnomasi olindi va tahlil qilindi.




Seminarni Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Sanobar Kenjayeva boshqarib bordi.