Отдел научных исследований, инноваций и подготовки научно-педагогических кадров
Jo’rayev Shomansur Shuxratovich
Telefon: +(99899) 226 68 11
Elektron manzil: shomansurjurayev@gmail.com
Qabul vaqti: 09:00 — 18:00
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi da belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda hozirgi davr talablari asosida institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim muassasalari uchun Oliy pedagogik ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan, yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarga ega bo’lgan pedagog kadrlar tayyorlash jamoaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Abdurasulov Farxod Ulug’bekovich
Telefon: +(99899) 226 68 11
Elektron manzil:
Qabul vaqti: 09:00 — 18:00
Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo’nalishlari:
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda hozirgi davr talablari asosida institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim muassasalari uchun Oliy pedagogik ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan, yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarga ega bo’lgan pedagog kadrlar tayyorlash jamoaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Institut jamoasi so’nggi yillarda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, uning amaliy samadorligini oshirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishini jadallashtirish orqali o’quv jarayonini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish bilan yangicha dunyoqarashga ega, jahon andozalariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirmoqda.
Institutning bosh ilmiy mavzusi «Uzluksiz ta’lim tizimini texnologiyalashtirishning dolzarb muammolari» bo’lib, 2016-yil 26-fevraldagi 5-sonli institut Kengashida tasdiqlangan. Barcha fakultet va kafedralarning ilmiy mavzulari shu asosida ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Ilmiy tadqiqot yo’nalishida institutimiz jamoasi oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo’yilgan:
- – fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va boshqa nazariy, tajriba-konstruktorlik ishlarini, jumladan, oliy pedagogik ta’lim muammolari bo’yicha bajariladigan ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil qilish va olib borish;
- – ilmiy-pedagogik hodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlovdan o’tkazish rejalarini ishlab chiqish va rejaning bajarilishini ta’minlash;
- – doktorlik dissertatsiyalari va xo’jalik shartnomalari mavzularining ilmiy-texnologik muammolar yagona bazasidagi muammolarga yo’naltirilganligini nazorat qilish;
- – Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ahvoli, tayanch doktorantlar, yosh olimlar va mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash.
Ilmiy tadqiqot va ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi institutda quyidagilarni muvofiqlashtirish va tashkillashtirish faoliyati bilan shug’ullanadi:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2012 yil 28 dekabr 365-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi «Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to’g’risida»gi 371-sonli Qarorlarining fakultet va kafedralarda ijrosini ta’minlanishini muvofiqlashtirish;
- Institutda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishlari, bajarilayotgan fundamental, amaliy, innovatsion dasturlar loyihalari, xo’jalik shartnomalari asosida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar monitoringi samarasini oshirish hamda ko’lamini kengaytirish, yoshlarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish tizimini yanada mustahkamlash;
- Fanni ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini (olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish) tashkillashtirish, Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, ularning sifati va samarasi monitoringini olib borish;
- Doktorlik dissertatsiyalari va xo’jalik shartnomalari mavzularining ilmiy-texnologik muammolar yagona bazasidagi muammolarga yo’naltirilganligini nazorat qilish;
- Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ahvoli, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash;
- Ilmiy maktablar yaratilganligi. Ilmiy ish bilan muntazam ravishda shug’ullanadigan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan professor-o’qituvchilar bilan ishlash;
- Chop etilgan ilmiy ishlar natijasi: darsliklar, ilmiy maqolalar, monografiya, litsenziya, patent va mualliflik guvohnomalarining xarakat monitoringini amalga oshirish.
- Institut innovatsiya faoliyatini amalga oshirish.