Skip to main content

Факультет физической культуры

Jismoniy madaniyat fakulteti

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

– Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
– Sport turlarini o’qitish metodikasi

Fakultetda 2 ta yo’nalish mavjud:

– Xotin-qizlar sporti yo’nalishi
– Sport faoliyati: kurash yo’nalishi
Jismoniy madaniyat fakulteti dekani

Axmedov Furqat Qo’ldoshevich

Faoliyati: 2019-yil 1-avgust

Telefon: +998 93 297 77 99

Email: furkatquldoshevich@gmail.com

Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

Fakultet 1974-yili tashkil etilgan. Fakultetda jami 45 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 1 nafar professor, 2 nafar fan nomzodi va 3 nafar dotsent faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 803 nafar bakalavr, 103 nafar magistrant tahsil olmoqda. Jizzax viloyatida sport turlarini yanada rivojlantirish va yuqori malakali murabbiylarni yetishtirib chiqarishni inobatga olgan holda, bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat fakulьtetida 2021-2022 o’quv yilidan boshlab “Sport faoliyati (kurash)”, 2022-2023 o’quv yilidan boshlab “Sport faoliyati (voleybol)” ta’lim yo’nalishlari o’z faoliyatini boshladi. Bu esa sport faoliyati (voleybol va kurash) sohasini yanada rivojlantirishga va voleybol va kurash sport turlari bo’yicha sport ustalari va mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashda amaliy va ilmiy yordam bermoqda. Shuni xam qayd etish lozimki, universitetda bu ta’lim yo’nalishining ochilishi qo’shni Sirdaryo va Samarqand viloyatlari uchun ham malakali sport trenerlari kurash va voleybol sport turi bo’yicha kadrlar tayyorlashga imkoniyat yaratadi hamda bu viloyatlarning kadrlarga bo’lgan extiyoji qondiriladi. Shuningdek, xalq ta’limi, o’rta maxsus va oliy ta’lim, sport maktablari, bolalar o’smirlar sport maktabi (BO’SM)lar o’quvchi-yoshlarni sportning kurash va voleybol turlariga qiziqtirish va shu sport turlari bo’yicha shahar, viloyat, Respublika terma jamoani yetuk malakali sport ustalari va murabbiylar bilan ta’minlanishida o’z xissasini qo’shmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat fakultetiga 1976-yilda asos solingan. Fakultetda ikkita: jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi hamda sport turlarini o’qitish metodikasi kafedralari faoliyat olib boradi. Kafedralarda jami 42 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 1 nafari professor, 1 nafari professor vazifasini bajaruvchi, 6 nafari dotsent, 3 nafari pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 10 nafari katta o’qituvchi, 10 nafari o’qituvchi va 8 nafari stajyor-o’qituvchi hisoblanadi. Fakulьtetda to’rtta: jismoniy madaniyat, xotin-qizlar sporti, sport faoliyati: kurash va sport faoliyati: voleybol ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lib, ushbu yo’nalishlarda jami 882 nafar talabalar bakalavr bosqichida, shuningdek 74 nafar talabalar “Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi” magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Fakulьtetda quyidagi kunduzgi 61010300-Sport faoliyati: (Kurash) yo’nalishida jami 57 nafar, 61010300-Sport faoliyati: (Voleybol) yo’nalishida 27 nafar talabalar taxsil olmoqda. Universitetda professor-o’qituvchilar ilmiy saloxiyati hamda o’quv moddiy-texnika bazasi bu ta’lim yo’nalishlari talabalarini yuqori saviyada o’qitishga barcha imkoniyatlar mavjud va ushbu imkoniyatlardan o’quv-tabriyaviy jarayonlarida to’laqonli foydalanilmoqda..

Jismoniy madaniyat fakultetida “Talaba teatri” nomli talaba-teatr studiyasi, “Fiz-vos” quvnoqlar va zukkolar jamoasi mavjud bo’lib QVZ Universitet birinchiligida 2021-yilda1-o’rin 2022-yilda 3-o’rinni qo’lga kiritdi hamda “Fizvos” zakovot intelektual o’yini jamoasi tashkil qilingan. Shuningdek “Voleybol” (ayollar va erkakalar), “Basketbol” “Futbol”, “Stol tennis”, “Shaxmat-shashka” “Penchak-silat” “Kurash” “Dzyudo” “Sambo” “Belbog’li kurash” kabi ko’plab sport to’garaklari va klublar, shuningdek, “Olimpiya bilimdonlari” nomli fan to’garagi faoliyat olib bormoqda. Har bitta to’garak va klublarda ochiqlik taminlangan. A’zolar boshqa fakultetlardan ham kelib ishtirok etishadi. Shu kungacha fakultet talabalari chempionatlarda ko’plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Fakulьtet talabasi Nigina O’ktamova yoshlar o’rtasida Osiyo chempionatida 1-o’rin, Jahon chempionatida 1-o’rin, kattalar o’rtasida O’zbekiston chempionatida 1-o’rin, 2021-yilning eng yaxshi ayol bokschisi, “Shuhrat” medali sohibasi hisoblanadi.