Отдел координации студенческого жилья
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim boshlig’i:
Saydaxmatov Sohibjon Saydazmat o‘g‘li
Telefon: +(99897) 482 84 84
Ish vaqti: 8.30 — 17.00
Elektron manzil: soxibqoshboqib@gmail.com
Bosh mutaxassis
Telefon: +(99890) 958 09 56
Ish vaqti: 8.30 — 17.00
Bosh mutaxassis
Telefon raqami: +(99897)-521-94-04
Ish vaqti: 8.30 — 17.00
Raximova Mamlakat Turobovna
Bosh mutaxassis
Telefon raqami:+(99897)-522-39-53
Ish vaqti: 8.30 — 17.00
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli «Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 7-bandida «davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan saqlanadigan to’rttagacha shtat birligidan iborat talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim tashkil etish» vazifasi yuklatilgan edi. Qarordagi 7-bandning ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2021-yil 1-oktabrdan talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu bo’limda 1 nafar bo’lim boshlig’i, 3 nafar bosh mutaxassis faoliyat olib bormoqda.
Tashkil etilgan bo’limning asosiy vazifasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli «Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to’lanadigan ijara to’lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlaydi. Bunda institutimizda tahsil olib ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara to’lovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan to’lab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi va tavfsiyalar beradi.
Hozirgi kunga qadar ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda ijara asosida yashab tahsil olayotgan sentabrdan dekabr oyigacha 224 nafar, yanvardan may oyiga qadar 657 nafar jami 881 nafar boquvchisini yo’qotgan oila farzandlari, I va II guruh nogironligi mavjud bo’lgan, Temir, Ayollar, Yoshlar daftarida ro’yxatda turadigan oila farzandlari, oila a’zolari “Mehnat — migratsiya” dasturida ro’yxatdan o’tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatida bo’lgan oila farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, bir oilada ikki va undan ortiq shartnomada tahsil olayotgan oila farzandlari va oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan turli xil sport musobaqalari, tanlovlar, loyihalarda va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lgan talabalarning ijara shartnoma pullari to’lab berildi.