Skip to main content

Женский совет

Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi:

Кasimova Zumrad Rahmatovna

Telefon: +(99899) 158 14 55

Qabul vaqti: dushanba — shanba, 14:00 – 17:00

Elektron manzil: zumradkasimova1962@gmail.com

Jizzax davlat pedagogika universitetidagi 13 ta fakultetlarda xotin-qizlar kengashlari raislari faoliyat ko‘rsatmoqdalar. universitet ilmiy kengashining qaroriga muvofiq universitet xotin-qizlar kengashi raisiga hamda barcha fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo’shimcha ustama to’lanadi. universitet xotin-qizlar kengashi raisiga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 17-iyun № 326 buyrug’iga asosan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 13-dekabr № 518 buyrug’iga asosan xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi maqomi berilgan.

Bugungi kunda Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasida 900 dan ortiq ayollar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Shuningdek, 13 ta fakultetdan 4 tasini ayol professor-o‘qituvchilar, 10 dan ortiq bo‘lim va kafedralarni ham ayol professor-o‘qituvchilarimiz rahbarlik qilishadi. Talaba qizlarimiz soni 7969 tani shundan 1195 tasi oilali qizlarni tashkil qiladi. universitet xotin-qizlar kengashining nizomi mavjud bo’lib, ushbu nizom bo’yicha faoliyat olib boradi. Xotin-qizlar kengashi jamoat tashkiloti sifatida o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida” gi, Qonuni va nodavlat notijorat tashkilotlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlariga muvofiq olib boradi. Universitet xotin-qizlar kengashi professor – o’qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash, kasbiy mahoratini oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol, g’oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyoti yo’lida o’z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ish olib boradi. Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq bo’lish, professor – o’qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularni madaniyat va sportga bo’lgan qiziqish hamda ehtiyojini, munosib ravishda ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni insititut Kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda “Ibn Sino” salomatlik markazi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi, oiladagi ahvolini tubdan o’zgartirish, ularning mehnati va turmushini to’g’ri tashkil qilish, xotin-qizlar uchun qulay bo’lgan mehnat turlarini barpo etish, salomatligini mustahkamlash, ularni mehnat qilishlari uchun uy ro’zg’or ishlarini ijtimoiy ishlab chiqarishda faol qatnashish bilan oqilona olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi. Shu o’rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning quyidagi so’zlariga e’tiborni qarataman: “O’zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini ro’yobga chiqarish masalasi mamlakatda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi”. Darhaqiqat, mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarildi, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning faol ishtirok etishiga keng imkoniyat yaratildi. Bugungi kunda ayollar yurtimizda bo’layotgan demokratik o’zgarishlarda faol kuchlardan biri sifatida namoyon bo’lmoqdalar.Xotin-qizlar jamiyatimiz fuqarolarining yarmidan ko’pini tashkil qilibgina qolmasdan, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida ular ko’pchilikni tashkil etadilar. Bugungi zamonaviy texnologiyalar, kompyuterlarning sirlarini bilish, jahon tillarini egallash, tarjimonlik, ish yuritish, hisob-kitob sohalarida ham ayollarning ishtiroki salmoqlidir.