Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish va talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan. Farmon va qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan. Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga xususiy tashabbuskor «FAIRES GARDEN» nodavlat ta’lim mussassasi tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Jizzax viloyati Jizzax shahar Sh.Rashidov ko’chasi 4 uy, A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika  instituti hududida (0.3 gektar) yer maydonida 600 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan. O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Jizzax davlat pedagogika  instituti tomonidan joriy yilning 24-iyunida tasdiqlangan. A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti talabalarini zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 9-avgust Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim. Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi Loyiha konsepsiyasi Loyiha haqida ma’lumot Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96-uy, E-mail: devonxona@edu.uzedu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: +99871 246 04 27
  2. Jizzax davlat pedagogika instituti manzili: Jizzax viloyati Jizzax shahar Sh.Rashidov ko‘chasi 4 uy, E-mail: jdpi@exat.uz, veb-sayt: https://jdpu.uz, Telefon raqami: +(99872) 226 13 57, факс: +(99872) 226 46 56
  3. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uzAbduvoxidX@ppp.mf.uz, Tel: 71-203-03-07 (701). (Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortiq bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MB dan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).
“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.