Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Talaba bir o’quv yili mobaynida kontrakt to’lovini bo’lib bo’lib to’lash imkoniyatiga egami

JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida»gi PF-5953 – son Farmonining 18-bandiga muvofiq Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020/2021 o’quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o’quv yili davomida teng ulushlarda kamida to’rt marotaba o’qish uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishini taminlash belgilangan. Belgilangan to’lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15 sentyabrgacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keying bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori ) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha. Belgilangan to’lov miqdorining kamida 50 foizini 1 yanvargacha,75 foizini 1 aprelgacha va 100 foizini 1 iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori ) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha. Xorijiy fuqorolar uchun oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori ) tomonidan belgilangan muddatlargacha. Tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida tabaqalikka tavsiya etilgan abiturientlarga o’quv yilining birinchi yarmi uchun to’lovlarni amlga oshirish muddati va miqdorlari Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori ) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirish. Bunda, to’lov miqdorini belgilangan muddatlargacha qismlarga bo’lib to’lashga ruxsat beriladi.