Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Talaba kursdan-kursga qolganda,talabalar safidan chetlashtirilganda yoki o’z xohishiga binoan (akademik ta’til ) olganda o’quv yiliga to’lagan summasi qanday xisoblandi.

JAVOB:  O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 26 fevralda ro’yxatdan o’tkazildi,ro’yxat raqami 2431, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 341-son «O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risi»dagi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami,2004 y.,29-son,332-modda ) muofiq buyuraman: Talaba o’quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalarini buzganligi, bir semestr davomida darslarni uzurli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi yoki o’qitish uchun belgilangan miqdordagi to’lovni o’z vaqtida amalga oshirmaganligi sababli talabalar safidan chetlashtirliganda yoxud belgilangan muddatlarda fanlarni o’zlashtira olmaganligi (akademik qarzdor bo’lganligi) sababli kursdan qoldirilganda oliy ta’lim muassasasi tomonidabn uning tegishli o’quv semestri uchun amalga oshirilgan to’lovi qaytarib berilmaydi. Talaba quyidagi sabablarga ko’ra talabalar safidan chetlashtirilganda oliy ta’lim muassasasi tomonidan uning o’qigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli o’quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan to’lovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga ko’ra qaytarib beriladi. o’z xohishiga binoan; o’qishni boshqa ta’lim muassasasiga ko’chirilishi munosabati bilan; salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; vafot etganligi sababli.