Notice: Function _load_textdomain_just_in_time was called incorrectly. Translation loading for the acf domain was triggered too early. This is usually an indicator for some code in the plugin or theme running too early. Translations should be loaded at the init action or later. Please see Debugging in WordPress for more information. (This message was added in version 6.7.0.) in /var/www/new.jdpu.uz/wp-includes/functions.php on line 6121

Notice: Function register_post_type was called incorrectly. Post turlari nomlari 1 dan 20 gacha bo'lgan belgilar uzunligida bo'lishi kerak. Batafsil ma'lumot uchun WordPressni sozlash sahifasini ko'ring. (Ushbu xabar 4.2.0 versiyasida qo'shilgan.) in /var/www/new.jdpu.uz/wp-includes/functions.php on line 6121
Talabgor-dissertant ilmiy kengashga qanday hujjatlarni topshirishi kerak? – Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Talabgor-dissertant ilmiy kengashga qanday hujjatlarni topshirishi kerak?

Javob: Ilmiy kengash yoki dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan Bir martalik ilmiy kengash tuzish bo‘yicha yoki izlanuvchi tomonidan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga taqdim etiladigan hujjatlar RO‘YXATI
  1. Dissertatsiya bajarilgan muassasaning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yoki Bir martalik ilmiy kengash tuzish haqidagi murojaati.
  2. Izlanuvchi to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnoma va uning elektron shakli yozilgan SD-disk.
  3. Izlanuvchining oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi diplomi nusxasi.
  4. Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja diplomining nusxasi (fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor uchun).
  5. Malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor uchun).
  6. Dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi.
  7. Dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlar xulosalari (agar mavjud bo‘lsa).
  8. Izlanuvchining dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlari ro‘yxati, asosiy ilmiy ishlari nusxalari.
  9. Ilmiy rahbar (maslahatchi)ning taqrizi.
  10. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja dissertatsiyasi avtoreferati.
  11. Hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga to‘la yoki qisman kiritish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligi.
  12. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati.
  ASOS:  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31 maydagi 239/3-son qaroriga, Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA.