Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

— 60111200 —

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishining umumiy tavsifi

Ta’lim shakillari: kunduzgi
Beriladigan daraja: bakalavr
Ta’lim tillari: o’zbek
Dastur kodi: 60111200
Dastur davomiyligi: 3 yil
Dastur nomi: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 180 kredit to‘lashi kerak.

Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi – umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;

60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:

  • – umumiy о‘rta ta’lim ,o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlaridan o‘rnatilgan tartibda dars berish;
  • – mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirlilar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fani bo‘yicha metodist bo‘lib ishlash
  • – pedagogika va musiqa fanlar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy hodim bo’lib ishlash;
  • – ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
  • – arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy-axborot muassasalarida, qo’lyozma fondlarida, turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
  • – mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash;
  • – ishlab chiqarish sohalarida, kasbiy ta’lim pedagogikasi va texnologiyasi, o‘qitishning didaktik vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘qishni davom etirishlari mumkin.

I o’quv yili / 1-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.01 351ManM02 Ma’naviyatshunoslik 60 2 Majburiy fan
1.03 351O‘EYTM04 O‘zbekistonning eng yangi tarixi 60 2 Majburiy fan
1.04 351XTM1008 Xorijiy til 120 4 Majburiy fan
1.06 351YFGM04 Yoshlar fiziologiyasi va gigiyena 60 2 Majburiy fan
1.10 351ChGM1008 Chizma geometriya 120 4 Majburiy fan
1.11 351ChM1008 Chizmachilik 120 4 Majburiy fan
1.12 351NQM1008 Natryumort qalamtasviri 120 4 Majburiy fan
1.12 351RtM1008 Rangtasvir 120 4 Majburiy fan
1.14 351MM1004 Miniatyura 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

I o’quv yili / 2-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.02 351FalM04 Falsafa 60 2 Majburiy fan
1.04 351XTM08 Xorijiy til 60 2 Majburiy fan
1.05 351O‘RIM04 O‘zbek (rus) tili 120 4 Majburiy fan
1.10 351ChGM1008 Chizma geometriya 120 4 Majburiy fan
1.11 351ChM1008 Chizmachilik 120 4 Majburiy fan
1.12 351NQM1008 Natryumort qalamtasviri 120 4 Majburiy fan
1.13 351RtM1008 Rangtasvir 120 4 Majburiy fan
1.15 351TSTM1004 Tasviriy san’at tarixi 180 6 Majburiy fan
Jami: 900 30

II o’quv yili / 3-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.07 351TATM1004 Umumiy psixologiya 180 6 Majburiy fan
1.16 351RKM1008 Rangtasvir kompozitsiyasi 120 4 Majburiy fan
1.17 351TsMgO’MM1008 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish metodikasi 120 4 Majburiy fan
1.18 351MKGM1004 Muhandislik kompyuter grafikasi 120 4 Majburiy fan
1.19 351UHZM04 Amaliy bezak san’ati 120 4 Majburiy fan
2.01 351TFPA Plastik anatomiya 120 4 Tanlov fan
2.02 351TFTPQ Portret qalamtasviri 120 4 Tanlov fan
Jami: 900 30

II o’quv yili / 4-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.08 351UmPsixM08 Umumiy pedagogika 180 6 Majburiy fan
1.16 351UHZM1004 Ta’limda axborot texnologiyalari 120 4 Majburiy fan
1.16 351RKM1008 Rangtasvir kompozitsiyasi 120 4 Majburiy fan
1.17 351TsMgO’MM1008 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish metodikasi 120 4 Majburiy fan
2.02 351TFTPQ Portret qalamtasviri 120 4 Majburiy fan
2.02 351TFKG Kitob grafikasi 120 4 Majburiy fan
351MPA04 Malakaviy va pedagogik amaliyot 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

III o’quv yili / 5-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.20 351AQAM1004 Akademik qalamtasvir asoslari 180 6 Majburiy fan
1.21 351DRT1006 Dastgohli rangtasvir 180 6 Majburiy fan
1.22 351HM1006 Haykaltaroshlik 120 4 Majburiy fan
2.4 351TFGTA3D Grafik tasvirlash asoslari va 3D modellashtrish 120 4 Tanlov fan
2.5 351TFSAKI Syujet asosida kompozitsiya ishlash 180 6 Tanlov fan
2.6 351TFTSTNK Tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko’chirish 120 4 Tanlov fan
Jami: 900 30

IV o’quv yili / 6-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
2.09 351MPA26 Malakaviy va pedagogik amaliyot 780 26 Majburiy fan
2.10 351YDA04 Yakuniy davlat attestasiyalar 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

Fanning maqsad va vazifalari

Fanining maqsadi — Birinchidan, fazoviy shakllarni biror tekislik yoki sirtda tasvirlash usullarini tadqiqot qilish.Ikkinchidan, fazoviy va tekis shakllarning parallel proyeksiyalash usuli yordamida tekislikda hosil qilingan tasvirlari bo‘yicha ularning geometrik xossalarini tadqiq qilish. Uchinchidan, tekis va fazoviy shakllar orasidagi pozitsiyaviy va metrik munosabatlarni ularning hosil qilingan tekis tasvirlari orqali aniqlash usullarini tekshirish. To‘rtinchidan, talabalarda fazoviy tasavvur va muhandislik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltiradigan misol va masalalarni tadqiq qilish. Qayd qilingan barcha maqsadlarda tasvir tekisligi va uch o‘lchamli fazo orasidagi bog‘liklik qonuniyatlari tadqiq qilinadi va o‘rganiladi.

Fanining vazifasi — Talabani chizma geometriyaning kelib chiqishi, uning rivojlanish tarixi va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish;talabalarda konstruktorlik fikrlashni rivojlantirib, ularda loyihalash qobiliyatini shakllantirish; talabalarda fazoviy tasavvurni, ya’ni xotira tasavvurini rivojlantirish;tafakkur, ijodiy qobiliyat va iste’dodni rivojlantirish; ta’limda ko‘nikma bilan malakani takomillashtirish;fanni o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasi bilan bog‘liq bilish faoliyatini tashkil qilish; markaziy va parallel proyeksiyalashda jismlarning hosil qilingan tekis tasvirlari bo‘yicha ular orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni tekshirish usullarini o‘rgatish; vertikal, og‘ma tekisliklarda, egri sirtlarda perspektiv tasvirlarni qurish hamda ular ustida pozitsion va metrik masalalar echish yo‘llarini o‘rgatish; gorizontal, vertikal va og‘ma ko‘zgu sirtlarida va suv yuzasida ob’ektning aks tasvirlarini yasash usullarini o‘rgatish.

Fan yakunida talaba qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi?

  • – – Proyeksiyalash usullarining qonuniyatlari, fazoviy geometrik va tabiiy jismlarni tekislik yoki sirt yuzasida tasvirlashning nazariy asoslari, markaziy va parallel proyeksiyalash usullarida pozitsion va metrik masalalar yechishning nazariy asoslari, perspektiv tasvir qurish usullari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
  • – – Talaba uch o‘lchamli fazoda joylashgan buyumlarning ikki o‘lchamli tekislik yoki sirt ustida tasvirini yasash, proyeksiyalash usullarida geometrik shakllar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarini tekshirish, ob’ektlarning perspektiv tasvirlarini qurish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
  • -Talaba chizma geometriya nazariyasi va metodlaridan turli geometrik, texnikaviy masalalarni yechishda unumli usullarni tanlay olish va uni amalda qo‘llash, avvaldan berilgan shartlarga asosan sodda egri chiziq va sirtlarni loyihalash, perspektiv tasvirlarni tahlil qilish to‘g‘risida aniq malakalarga ega bo‘lishi kerak.

Fanning qisqacha bayoni:

Chizma geometriya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Chizma geometriya faniga kirish, O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda Chizma geometriya fanining rivojlanish tarixi Chizma geometriyaning asosiy tushuncha va qonunlari, Chizma geometriya fanida maslalar yechish, ularning xillari va bajaradigan vazifalari bayon qilingan. Fanni puxta o‘zlashtirish nazariy matеriallarni bilish bilan birga, talabalarning pеdagogik amaliyoti davrida va bitirgandan keyingi ishlarda ko‘nikma sifatida xizmat qiladi.

Dars turi va baholash usuli

Dars turi 1-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 20 soat Oraliq nazorat 20 ball
Amaliy mashg’ulot 40 soat joriy nazorat 20 ball
Mustaqil ta’lim 60 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball
Dars turi 2-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 20 soat Oraliq nazorat 20 ball
Amaliy mashg’ulot 40 soat joriy nazorat 20 ball
Mustaqil ta’lim 60 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o’tkazish jadvali

5 baholik shkala 100 ballik shkala
5,00 — 4,96 100
4,95 — 4,91 99
4,90 — 4,86 98
4,85 — 4,81 97
4,80 — 4,76 96
4,75 — 4,71 95
4,70 — 4,66 94
4,65 — 4,61 93
4,60 — 4,56 92
4,55 — 4,51 91
4,50 — 4,46 90
4,45 — 4,41 89
4,40 — 4,36 88
4,35 — 4,31 87
5 baholik shkala 100 ballik shkala
4,30 — 4,26 86
4,25 — 4,21 85
4,20 — 4,16 84
4,15 — 4,11 83
4,10 — 4,06 82
4,05 — 4,01 81
4,00 — 3,96 80
3,95 — 3,91 79
3,90 — 3,86 78
3,85 — 3,81 77
3,80 — 3,76 76
3,75 — 3,71 75
3,70 — 3,66 74
3,65 — 3,61 73
5 baholik shkala 100 ballik shkala
3,60 — 3,56 5 baholik shkala
3,55 — 3,51 5 baholik shkala
5 baholik shkala 70
3,45 — 3,41 69
3,40 — 3,36 68
3,35 — 3,31 67
3,30 — 3,26 66
3,25 — 3,21 65
3,20 — 3,16 64
3,15 — 3,11 63
3,10 — 3,06 62
3,05 — 3,01 61
3,00 60
3,0 dan kam 60 dan kam