Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Boshlang’ich ta’lim fakulteti

Boshlang’ich ta’lim fakulteti

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

– Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti

– Boshlang’ich ta’lim metodikasi

 
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani

Chimanov Akbar Begaliyevich

Faoliyati: 2023-yil sentyabrdan

Telefon: +(99894) 577 88 84

Email: akbarjon84@mail.ru

Qabul kunlari: Chorshanba, Payshanba 09:00–14:00

Fakultet 1974 yilda o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti kafedrasi sifatida ish boshlagan. 1976-yilda alohida “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti sifatida ish boshladi. Fakultetda jami 40 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar soni 20 nafar, ulardan 3 nafari fan doktori, 17 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD)dir. Ayni paytda fakultetda 1000 nafar bakalavriat va 15 nafar magistrant tahsil olmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Nafosatli bekajon”, “Mohir qo‘llar” “Kompyuter savodxoni” “Stol tennisi” , “Baskedbol”, “Voleybol”, “Yosh tadqiqotchilar” kabi to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir qo’shimcha sinf va to’garaklar ochiqligi ta’minlanadi. Boshqa fakultet talabalari ham qatnashish imkoniyati bor . Talabalarning ijodiy ishlari respublika va xalqaro konferensiya to‘plamlari, nufuzli jurnallar, shuningdek, bir qancha gazetalarda chop etilgan.

Fakultet talabalari bugungi kungacha ko’plab yutuqlarga erishdilar. 8 nafar talaba Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Fakultetda “Ibrat” nomli talabalar teatr-studiyasi va “Qirolicha” nomli QVZ jamoalari faoliyat yuritmoqda. “Zakovat” intellektual jamoasi ham tashkil etigan. “Betakror bolalar” nomli hazilkash, zukkolar guruhi ham tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ko‘plab yutuqlarga erishmoqda.