Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi
Kafedra mudiri:
Xolboyeva Gulnora Anorboyevna
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsentTelefon raqami:
+998 90 941 82 26
Elektron pochta:
xolboyeva@jdpu.uz
Qabul kunlari:
seshanba-juma, 14:00-18:00
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:
Jami o’qituvchilar – 17 ta
Dotsent – 5 ta
PhD – 5 ta
Katta o’qituvchilar – 2 ta
O’qituvchilar – 5 ta
Stajyor o’qituvchilar – 1 ta
Tangirov Abdulhamid
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Usmanov Abdujabbor
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Rabbimov Muzrab
texnika fanlari nomzodi, dotsent
Farsaxonova Dilafruz
dotsent
Quttibekova Guljan
dotsent
Hayitova Nazokat
PhD
Yo’ldoshev Farhod
PhD
Eshonqulova Shafoat
PhD
Kulboeva Dilnoza
PhD
Hamidova Barno
PhD
Ataboev Shopo’lat
o’qituvchi
Mamayusupova Saodat
katta o’qituvchi
Shukurova Halima
katta o’qituvchi
Eshmirzaev G’ulom
o’qituvchi
Abdurahmonova Dinara
o’qituvchi
Doniyarov Mavlonbek
o’qituvchi
Quvnaqova Guljaxon
o’qituvchi
Haydarov Mirjalol
o’qituvchi
To’raqulova Madina
stajyor o’qituvchi
Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari:
Boshlang’ich ta’lim, Boshlang’ich ta’lim va STI
Kafedra mutaxassislik fanlari:
Ona tili o’qitish metodikasi, Matematika o’qitishning umumiy metodikasi, Matematika o’qitish metodikasi, Texnologiya va uni o’qitish metodikasi, Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi, Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi, Pedagogik mahorat, Tarbiyaviy ishlar metodikasi, O’qish savodxonligi va xusnixat o’qitish metodikasi.
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi tarixi:
Jizzaxdagi to’ng’ich oliy o’quv yurti – Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti 1974 yilning sentyabridan o’z faoliyatini boshlagan bo’lsa, bir yildan so’ng Boshlang’ich ta’lim uslubiyati kafedrasi tashkil etilgan. Yangi ochilgan bu kafedra dastlab «Boshlang’ich ta’lim uslubiyati», «Pedagogika» va “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fakultetining asosiy kafedralaridan biri sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan. Kafedraga 1975-80 yillarda (dotsent O.Jo’raev), 1980-1999 yillarda (dotsent M.Mamayusupov), 1999-2005 yillarda (pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.K.Suvonqulov), 2005-2017 yilgacha professor U.A.Jumanazarov rahbarlik qildi. 2018-2019 o’quv yilidan kafedra Institut ilmiy kengashi qarori bilan Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti va Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedralariga ajraldi. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga f.f.n., dotsent F.Ibragimova rahbarlik qilib keldi. 2019 yildan “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga p.f.n., dotsent G.A.Xolboeva boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 6 nafar fan nomzodlari, 3 nafar dotsentlar (G.A.Xolboeva, A.N.Usmonov, A.J.Tangirov, M.T.Rabbimov, D.R.Farsaxonova, G.T.Quttibekova, katta o’qituvchilar (X.Shukurova, S.Mamayusupova, o’qituvchilar (D.Ismoilova, D.Xaydarov, SH.Ataboev, G’.Eshmirzaev, F.Yo’ldoshev, N.Xaitova, O.Boltaev, stajyor-o’qituvchilar (Sh.Eshonqulova, M,Doniyorov, D.Abduraxmonova)lar faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi hamkorlik faoliyati:
Barten universiteti (Turkiya), Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti kabi xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yilgan. Xususan, ayni paytda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti (2021 yil mart) bilan shartnomalar imzolangan bo’lib o’quv va ilmiy-uslubiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalari va akademik almashinuvi yo’lga qo’yilgan. 2022 yil mart-iyun oylari) Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti professori: Joldasbekova Saule Abrazaxovna tomonidan 20 soat onlayn ma’ruza tashkil etilgan.