Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

O’zbek tili o’qitish metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri:

Soyipov Sunnatila

dotsent
Telefon raqami:
+(99891) 941 98 01
Elektron pochta:
soyipov67@gmail.com
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

O’zbek tilini o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchilar tarkibi:

Jami o’qituvchilar – 18 ta
Katta o’qituvchilar – 4 ta
Fan nomzodi – 7 ta
O’qituvchilar – 2 ta
Stajyor-o’qituvchilar – 3 ta

Almamatova Shahnoza

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Jo’rayev Jamoliddin

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Abduvaliyeva Dilnoza

falsafa doktori (PhD), dotsent.

Jumayeva Feruza

falsafa doktori (PhD), dotsent

Do’stova Surayyo

falsafa doktori (PhD), dotsent v/b.

Abduvaliev Abduhamid

katta o’qituvchi

Abduvalieva Ziyoda

katta o’qituvchi

Ibragimova Latofat

katta o’qituvchi

Boymatova Dilnoza

Dotsent v.b.

Mahammadiev Xurshid

o’qituvchi

Rajabova Dildora

o’qituvchi

Imomova Gulnora

o’qituvchi

Bo’tayev Akrom

stajyor o’qituvchi

Artikova Dilnoza

stajyor o’qituvchi

Abdumalikova Dilfuza

stajyor o’qituvchi

Holdorova Shohista

stajyor o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari O’zbek tili va adabiyoti.
Kafedra mutaxassislik fanlari: Hozirgi o’zbek adabiy tili (fonetika), Hozirgi o’zbek adabiy tili (leksikologiya), Hozirgi o’zbek adabiy tili (morfemika-morfologiya) Hozirgi o’zbek adabiy tili (sintaksis) Tilshunoslik asoslari, O’zbek dialektologiyasi, O’zbek tili tarixi, Ona tili o’qitish metodikasi, O’zbek tilinining mazmuniy sintaksisi, Maktab darsliklari bilan ishlash, Umumiy tilshunoslik, Amaliy tilshunoslik, Semasiologiya, Lingvokulturologiya.
O’zbek tilini o’qitish metodikasi kafedrasi tarixi: O’zbek tilshunosligi kafedrasi Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan, ya’ni 1974-yil 1-sentabrdan boshlab faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Dastlab kafedra quyidagi tarkib bilan ish boshlagan: institutning sobiq rektori, filologiya fanlari doktori, prof. B.O’rinboev, dotsentlar M.To’ychiev, A.Xoliqov, katta o’qituvchilar I.Suyarov va X.Jo’raev, laborant M.Tursunpo’latov. O’tgan yillar davomida kafedrani dotsentlar M. To’ychiev, P. Hamdamov, M. Tursunpo’latov, B.Fayzullaev Q.M.Yadgarov, 2015-yilda f.f.n. S.Soyipovlar boshqarishgan bo’lsalar, 2019-yildan buyon kafedraga dos.A.Musaev rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedra a’zolari tomonidan o’zbek tilshunosligining dolzarb masalalariga bag’ishlangan o’nlab monografiyalar, shuningdek, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, ma’ruza matnlari tayyorlangan. Xorijiy jurnallarda, respublika ilmiy jurnallarida o’nlab maqolalar chop etildi, xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda yuzlab ma’ruzalar o’qilgan, tezislar e’lon qilinib, chop etilmoqda. Kafedra o’z faoliyati davomida bir fan doktori, bir professor, o’n nafar fan nomzodi tayyorladi. Hozirgi kunda ham yosh ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan bo’lib, shuning natijasida 2008-yilning o’zida ikkita ilmiy tadqiqotchi S.Soyipov, Sh.Almamatovalar 2012-yilda kafedraning ikki nafar tadqiqotchisi S.Eshonqulova, J.Jo’raevlar o’zlarining nomzodlik dissertatsiyalarini muvoffaqiyatli himoya qildilar. 2017-yil D.Abduvalieva 2018- yil D.Salimova, F.Jumaevalar f.f.f.d.(PhD)ni himoya qilishdi. Shuningdek, kafedraning yosh tadqiqotchi izlanuvchilari (Z.Jumaeva, D.Fayzullaeva, X.Ibragimova, A.Usmonov, O.Mamirov, D.Boymatova, O.Xidirov) o’zlarining tadqiqot mavzulari ustida ish olib borishmoqda. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish va yosh tadqiqotchilarga yaqindan amaliy yordam berish maqsadida Samarqand davlat universiteti professori, f.f.d., prof B.O’rinboev, O’zRFA A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti direktori, fil.f.d., professor N.Mahmudovlar ishtirokida 2007-2008-o’quv yilidan boshlab har yili fakultet miqiyosida ilmiy seminarlar tashkil etilib kelmoqda. Bular kafedraning yosh tadqiqotchilariga rahbarlik qilish bilan birga, BMI lariga rahbarlik qilishda ham ilmiy- amaliy yordam berib kelishmoqda. Kafedra yetakchi muassasalar, oliy o’quv yurtlari, viloyat maktablari hamda akademik litseylari bilan, bundan tashqari, O’zRFA Til va adabiyot instituti, O’zMU, SamDU, GulDU, TDPU, AnDU kabi bir necha muassasalar bilan mustahkam aloqa o’rnatib ilmiy-ijodiy hamkorlik qilmoqda. Kafedraning tarkibi so’nggi yillarda ancha kengayib, ilmiy salohiyati ham sezilarli tarzda oshdi. 2005 yilda kafedra tarkibiga “Sharq tillari” kafedrasi qo’shilgandan so’ng kafedra a’zolar soni 20 nafarga ko’paydi va institut miqiyosidagi yirik kafedralar sirasiga aylandi. Shuningdek, 2011 yildan boshlab o’zbek tili o’qitish metodikasi kafedrasining qo’shilishi munosabati bilan o’zbek tilshunosligi kafedrasi institutning yirik kafedralaridan biriga aylandi va “O’zbek tili va uni o’qitish uslubiyati” kafedrasi nomi bilan yuritila boshladi. Hozirgi kunga kelib kafedrada 1 nafar professor, 10 nafar fan nomzodi va dotsentlar, 4 nafar katta o’qituvchi hamda 5 nafar o’qituvchi-asisentlar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra a’zolari «O’zbek tili va adabiyoti» bakalavr yo’nalishi bo’yicha o’qituvchilar tayyorlash bilan birgalikda institutning barcha yo’nalishlar talabalariga “O’qituvchi nutq madaniyati”, rus guruhlariga “O’zbek tili” fanlaridan ham bilim berib kelmoqdalar. Shu bilan birga kafedra «O’zbek tili va adabiyoti» mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlamoqda hamda 2005 yilda to’rtta magistrant professorlar X.Jo’raev, A.Mamatov, dotsentlar B.Fayzullaev, M.Tursunpo’latov rahbarligida o’z dissertatsiyalarini muvaffaqqiyatli himoya qilib, tahsilni tugatdilar. 2006 yilda 10 nafar, 2007 yilda esa 24 nafar magistr tahsilni tugatdi.2008-2009 o’quv yilida 5 nafar magistrant o’z izlanishlarini yakuniga yetkazgan bo’lib, ularga prof B.O’rinboev, N.Mahmudov, X.Jo’raev, dos. B.Fayzullaev, M.Tursunpo’latov, A.Musaev va boshqalar rahbarlik qilishgan. 2012-2013 o’quv yilidan boshlab kafedrada yana magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Hozirda kafedra a’zolari ikkala bosqichda 6 nafar magistrga ta’lim bermoqda. 2005 yildan boshlab «O’zbek tili» mutaxassisligi bo’yicha kafedra qoshida aspirant tayyorlash ham yo’lga qo’yildi. Institutimiz tarbiyalanuvchilari bo’lgan yosh mutaxassislar 2007 yilda F.Ibragimova, 2008 yilda D.Abduvalieva, 2009 yilda I.Umarov, 2010 yida B.Boltaeva, 2011 yilda F.Jumaevalar aspiranturaga qabul qilingan bo’lsa, 2013 yilda S.Ahmedov, 2015 yilda S.Do’stova, L.Sindorovlar katta ilmiy xodim-izlanuvchilikga qabul qilindi. Aspirantlarimizdan G.Jumanazarova 2008 yilda (2-kurs), F.Ibragimova 2011 yil (2-dekbr)da, 2017 yil D.Abduvalieva 2018 yil D.Salimova, F.Jumaeva, 2020 yil yanvar oyida S.Ahmedovlar o’z nomzodlik dissertatsiyalarini muvoffaqiyatli himoya qildilar. Hozirgi kun o’zbek tili o’qitish metodikasi «O’zbek tili o’qitishning zamonaviy metodlari va innavatsion texnologiyalari» mavzusi doirasida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Kafedrada 5111200 – O’zbek tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishida bakalavr, 5A111201 – O’zbek tili va adabiyoti mutaxassiligidan magistrlar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kafedrada jami 16 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 6 nafar professor-o’qituvchilar ilmiy darajaga ega. Ilmiy salohiyat ko’rsatkichi 48% ni tashkil etadi. Jumladan, 6 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari (PhD) (A.Musayev, J.Jo’rayev, Sh.Almamatova, D.Abduvaliyeva, F.Jumayeva, S.Do’stova), 3 nafar katta o’qituvchi (A.Abduvaliyev, Z.Abduvaliyeva, L.Ibragimova ) va 7 nafar o’qituvchilar (O.Mamirov, D.Boymatova, Sh.Xoldorova, D.Rajabova, G.Imamaova, D.Artikova, M.Abduxalikova) faoliyat yuritishmoqda. Shuningdek, kafedrada 1 nafar tayanch doktorant (X.Berdibekova- I bosqich) ITI bilan shug’ullanmoqda.
O’zbek tilini o’qitish metodikasi kafedrasi hamkorlik faoliyati Kafedramizning M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti bilan xalqaro hamkorlik shartnomalari mavjud. Shartnoma asosida ilmiy-pedagogik va ta’lim sohasida tegishli ishlar amalga oshirib borilmoqda. tomonidan 2021-2022-o’quv yilida Mamadaliyev Yarmuhammad “O’zbek tili tarixi” fanidan master klass binar maruza darslari olib borilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rtа maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 30-iyundagi «Oliy ta`lim muassasalari huzuridagi texnikumlar faoliyatini tashkil etish to’g`risida”gi З55-sопli buyrug’i hamda institutning 2020-yil 29-avgustda «Мirzаchо’l agrosanoat texnikumi, G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumlarida tа’lim sifatini oshirish va o’quv-uslubiy yordam ko’rsatish to’g’risida”gi 467-U sonli buyrug’i ijrosi hamda institut rektorining 2022 yil 10 maydagi 194-U sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o`qituvchilari 2022 yil 18 may kuni Мirzаchо’l agrosanoat texnikumi hamda G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumlarida O`zbek adabiyotini o`qitish metodikasi kafedrasining filialini tashkil etishga kelishib olishdi. Filialning ish rejasi hamda amalga oshirilishi lozim bo`lgan o`quv-uslubiy, ma`naviy-marifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shu bilan birga JDPI akademik litseyi, Jizzax shahridagi 1, 7, -o’rta maktab, 26-o’rta maktab, H.Olimjon va Zulfiya ijod maktabi hamda “Mening baxt uyim”nomli 29-mehribonlik uyi bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan va unga ko’ra o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda