Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

O’zbekiston tarixi kafedrasi

 
Kafedra mudiri:

Toshboyev Furqat Eshboyevich

Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent
Telefon raqami:
+998 93 303 46 33
Elektron pochta:
furqat7312@mail.ru
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

O’zbekiston tarixi kafedrasi:

Jami o’qituvchilar – 16 ta
Katta o’qituvchilar – 2 ta
Dotsent – 4 ta
O’qituvchilar – 10 ta

Nurqulova Raya

tarix fanlari nomzodi, dotsent

Pardayev Muxtor

tarix fanlari nomzodi, dotsent

Valiyev Akbar

katta o’qituvchi

Xolmurodov Rashid

tarix fanlari nomzodi, dotsent

Majidov Anvar

katta o’qituvchi

Achilov Sharif

o’qituvchi

Ibragimov Alisher

O’qituvchi

Jumayev Jо’rabek

o’qituvchi

Majidov Akbar

o’qituvchi

Abdig’apparov Orif

o’qituvchi

Tilavova Guljaxon

o’qituvchi

Mo’minova Gulchexra

o’qituvchi

Tugalov Bobur

o’qituvchi

Jumaev Jo’rabek

o’qituvchi

Mirzaev Bekzod

katta o’qituvchi

Xolmurodov Dilshod

o’qituvchi

Xolboyev Ziyodulla

o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari: 60111100-Tarix 5110600 Tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi 5A110601 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix)
Kafedra mutaxassislik fanlari: O’zbekiston tarixi, Arxeologiya, Manbashunoslik, O’zbek davlatchilik tarixi, Muzeyshunoslik, Etnologiya, O’zbekistonning eng yangi tarixi, O’zbek xalqining etnik shakllanish tarixi, Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari tarixi, Tarixshunoslik, Tarixiy geografiya.
Tarix va uni o’qitish metodikasi kafedrasi tarixi: O’zbekiston tarixi» kafedrasi Jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakultetidagi yirik ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bo’lgan jamoalardan biri hisoblanadi. « O’zbekiston tarixi» kafedrasi universitet tashkil topgandan boshlab «O’zbekiston tarixi», “Tarix o’qitish metodikasi”, “Tarix va uni o’qitish metodikasi” turli nomlarda bo’lgan. Kafedra mudiri sifatida shu paytgacha t.f.n. dots. R. Xolmurodov, t.f.n. T.Omonjulov, katta o’qituvchi A.X. Valiyev. t.f.n. dots. M.H. Pardayev, t.f.n. A.H. Pardayev, o’qituvchi F.E. Toshboyev, f.f.n. A.H. Amanlaev, t.f.n. A.H. Pardaev, t.f.b.f.d. dots. F.E.Toshboyevlar faoliyat yuritganlar. 2022-yil Universitet ilmiy kengash qarori bilan “O’zbekiston tarixi” kafedrasi deb nomlanib, kafedrani 2022-yil sentabr oyidan tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dosent F.E. Toshboyev boshqarib kelmoqda. Kafedrada 60111100-Tarix va 5110600 –Tarix o’qitish metodikasi ta’limi yo’nalishida bakalavr, 5A110601 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) mutaxassisligidan magistrlar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kafedrada jami 16 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 4 nafar professor-o’qituvchilar ilmiy darajaga ega. Ilmiy salohiyat ko’rsatkichi 25 % ni tashkil etadi. Jumladan, 4 nafari fan nomzodi, dotsent (M.Pardayev, R.Nurqulova, F.Toshboyev, A.Xolmurodov), 2 nafar katta o’qituvchi (A.Valiyev, A.Majidov) va 10 nafar o’qituvchilar (G.Tilavova, D.Xolmurodov, G.Mo’minova, Sh.Achilov, A.Ibragimov, B.Mirzayev, B.Tugalov, J.Jumayev, N.Doniyorov, O.Abdugapparov) faoliyat yuritishmoqda.
Tarix va uni o’qitish metodikasi kafedrasi kafedrasi hamkorlik faoliyati: Kafedra mamlakatimiz va xorijdagidagi nufuzli ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari hamda umumiy o’rta maktablar bilan o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda hamkorlik qilishga qaratilgan shartnomalar imzolangan. Xususan, 2021-yilda Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan bo’lib, o’quv va ilmiy-uslubiy  yo’nalishlarda hamkorlik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, Rossiyaning Moskva davlat universiteti, mamlakatimizdagi ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari jumladan, O’z RFA qoshidagi Milliy arxeologiya markazi, Tarix instituti va O’z MU, Sam DU, TDPU, Gul DU kabi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. 2021-yil martdan 2022-yil may oylarigacha davrda Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti professor-o’qituvchilari Sergey Petrovich Kulikov 2021-yil 31-mart, Andrey Segevich Zuyev 2021-yil 10-17-mart, L.A.Bobrov 2022-yil 2-mart va 7-mart, Gennadiya Gennadevich Pikov 2022-yil 15-mart va 29-mart, L.N.Milnikovа 2022-yil 2-5-may sanalarida onlayn ma’ruzalari tashkil etildi va kafedra professor-o’qituvchilari hamda talabalari ushbu ma’ruzalarda ishtirok etdi.