Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Tibbiyot fakulteti

Tibbiyot fakulteti

Fakultetda 2 ta yo’nalish mavjud:

– Davolash ishi (shifri 60910200)
– Umumiy amaliyot shifokori
– Pediatriya ishi (shifri 60910300)
– Bolalar shifokori

O’qish davomiyligi 6 yil. 12 semestr

Tibbiyot fakulteti dekani vasifasini bajaruvchi, biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Imomova Dilfo’za Anorovna

Faoliyati: 2022-yil 1-fevraldan

Telefon: +998 97 438 40 84

Email: imomovad@jdpu.uz

Qabul vaqti: har kuni 8:30–17:30

Talabalari-66 nafar. Kafedra -1 ta. Professor-o’qituvchilar-25 nafar. Umumkasbiy fanlar kafedrasi. Prof-o’q.-25 nafar Shundan 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi. Kafedra yo’nalishi talabalari-66 nafar. Kafedra mudiri: tibbiyot fanlari doktori N.Qurbonov. Jami: 25 nafar professor-o’qituvchi. Shulardan 14 nafari sog’liqni saqlash (1 nafari fan doktori, 2 nafari fan nomzodi) 11 nafari pedagoglar (1 nafari fan doktori, 1 nafari fan nomzodi) 3 nafari 0,5 stavka 22 nafari 0,25 stavka asosida faoliyat yuritadi.

Jami 66 nafar talaba qabul qilingan:

Davolash ishida 40 nafar talaba shundan 11 nafari davlat granti, 29 nafari to’lov-shartnoma. 32 nafari Jizzax viloyati. 4 nafari Samarqand viloyati. 2 nafari Navoiy viloyati. 1 nafari Namangan viloyati. 1 nafari Surxondaryo viloyati Pediatriya ishida 26 nafar talaba shundan 6 nafari davlat granti, 20 nafari to’lov-shartnoma. 17 nafari Jizzax viloyati. 3 nafari Navoiy viloyati. 2 nafari Farg’ona viloyati. 1 nafari Toshkent viloyati. 1 nafari Samarqand viloyati. 1 nafari Sirdaryo viloyati. 1 nafari Surxondaryo viloyati

Fakultetga tegishli kafedrada normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganlik holati o’rganilganda kafedra kesimidagi ma’lumotlar olindi. O’quv jarayonlarini tashkil qiluvchi barcha normativ-huquqiy xujjatlar mavjud.

Jumladan 1-bosqich talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 311-son buyrug’i bilan tasdiqlangan DTS mavjud. Mavjud ikkala yo’nalishlar uchun ham malaka talablari mavjud. Oxirgi holati O’zR OO’MTV buyruq №365-son, 25.08.2021 yilda tasdiqlangan. Bu holatlar kafedrada o’z aksini topgan. Keying paytlarda Yer yuzasida axoli sonining ortib borishi kuzatilmoqda. Ortib borayotgan insoniyatni oziq-ovqat ,kiyim kechak va boshqa maxsulotlar bilan taminlanish muammolari bilan bir qatorda insonlar orasida turli kasalliklar xam ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlar tahlillariga murojat qilinganda XXasrda insonlar orasida 4000 yaqin turli kasalliklar qayd etilgan bo’lsa , bu ko’rsatgich XXI asr boshlaridanoq 5000 ga yaqinligi e’tirof etilmoqda. Bu kasalliklarni oldini olish va davolash uchun albatta malakali tibbiyot xodimlari zarur, lekin ayni paytda malakali shifokorlarning yetishmasligi asosiy muammolardan xisoblanadi. Ushbu masala yurtimiz jumladan viloyatimiz tibbiyotini eng og’riqli masalalaridan biri bo’lib sanaladi. Bu muammolarni amaliy yechimi borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raxbarligida 2020 yil 6 noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishining 88-sonli bayoni 17-a bandi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 14-dekabrdagi “Qarshi davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat pedagogika institutida tibbiyot fakultetlarini tashkil etish to’g’risida”gi №654-sonli buyrug’i hamda JDPI Kengashining 2021-yil yig’ilishi qarori asosida inistitut rektorining buyrug’iga muvofiq inistitutda tibbiyot fakulteti tashkil etildi.

Iste’molchilar talablariga muvofiq qabul kvotalariga buyurtmalar shakllantirildi. 2021-2022 o’quv yili uchun qabul parametrlariga asosan, universitetga 5510100-Davolash ishi yo’nalishiga 40 nafar hamda 5510200-Pediatriya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha 27 nafar, jami 66 nafar talaba qabul qilindi. Tibbiyot fakulteti tashkil etilishi munosabati bilan inistitut strukturasiga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi va vazirlik tomonidan tasdiqlandi. Fakultet uchun o’quv binosi ajratildi. Auditoriyalar va laboratoriya xonalarini o’quv jarayoniga tayyorlash uchun jihozlar va asbob-uskunalar hamda zarur o’quv adabiyotlar xarid qilindi.
Davolash ishi hamda pediatriya ishi ta’lim yo’nalishlarining malaka talablari, o’quv rejalari, fan dasturlari asosida 2021-2022-o’quv yili uchun o’quv yuklamalar shakllantirildi. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda inistitutda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar hamda viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy salohiyatli xodimlarjalb etildi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi 08-04/10390 sonli xatiga asosan, talabalar amaliyotlarini tashkil etish uchun Jizzax shahrida joylashgan 4 ta tibbiyot muassasalari belgilandi va ular bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
JDPI da tashkil etilgan Tibbiyot fakultetiga Davolash ishi yo’nalishiga 40 nafar talaba shundan 11 nafari davlat granti, 29 nafari to’lov-shartnoma asosida, Pediatriya ishida 26 nafar talaba shundan 6 nafari davlat granti, 20 nafari to’lov-shartnoma qabul qilingan bo’lib ,viloyatlar kesimida asosiy o’rinda Jizzax viloyati 49 nafar, Samarqand viloyati 5 nafar, Sirdaryo 2 nafar Navoiy viloyati 5 nafar , Toshkent, Namangan viloyati, Surxondaryo Farg’ona viloyatlaridan 1 nafardan talabalar taxsil olishmoqda. JDPI da tashkil etilgan Tibbiyot fakultetiga fakultetida bitta Umumkasbiy fanlar kafedrasi faoliyat yuritadi.Ushbu kafedraning jami 25 nafar professor-o’qituvchi, Shulardan 14 nafari sog’liqni saqlash (1 nafari fan doktori, 2 nafari fan nomzodi) xamda 11 nafari pedagoglar (1 nafari fan doktori, 1 nafari fan nomzodi) talabalarga ta’lim berib kelishmoqda. Dars jadvallari elektron tarzda o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Dars jarayonlarining mazmun va sifati talab darajasida bo’lishini doimiy ravishda o’quv uslubiy boshqarma xamda dekanat tomonidan nazorat qilib boriladi. Sifatli ta’lim berilishida JDPI dagi auditoriyalardan tashqari respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialida 4 ta o’quv xonasi va 1 ta ma’ruza xonasi va Jizzax viloyat ko’p tarmoqli markaziy shifoxonasida 2 ta o’quv xonasi mavjud bo’lib ushbu auditoriyalar talab darajasida jixozlangan. Jizzax viloyatida qariyb 600 nafar shifokorlar yetishmasligi mavjud. Tashkil etilgan fakultet ushbu muammoni hal etish uchun dastlabki qadam xisoblanib, yaqin kelajakda yosh malakali shifokorlarimiz viloyatimiz axolisining salomatligi yo’lida xizmat qilishiga ishonamiz.