Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Axborot resurs markazi

Axborot-resurs markazi

“Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o’zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qadrlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalardadir”. Davlatimiz rahbarining ana shu fikrlari tasdig’i sifatida mamlakatimizda aholiga axborot xizmati ko’rsatishni takomillashtirish va kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qarori bilan qabul qilingan “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab – quvvatlash milliy dasturi”da kitobxonlik sohasidagi milliy va ilg‘or tajribalar asosida O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish, kitobxonlikni ommalashtirish bilan bog‘liq masalalar ilgari surilgan.

Shu o’rinda axborot-resurs markazining faoliyat tarixiga bir nazar tashlaymiz:

Jizzax davlat pedagogika instituti 1974-yilda tashkil topgan bo’lib, shu yili kutubxona o’z faoliyatini boshlagan. Dastlabki yillarda kutubxona 1789 ta kitob fondiga ega bo’lib, 1437 ta kitobxonga xizmat ko’rsatgan. Kutubxonada 4 ta bo’lim tashkil etilib, 3 nafar xodim faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda axborot–resurs markazida 42 shtat birligi bo‘lib, jami 42 ta xodim xizmat ko‘rsatadi. Ulardan 26 nafari oliy, 16 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli. Xodimlarning 5 nafari kutubxona sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli, 6 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kutubxonachilardir.

Axborot-resurs markazi rahbari:

Robiya Ishnazarova

Telefon:

Email:

Qabul kunlari: Chorshanba, Payshanba 09:00–16:00

Bugungi jamiyat hayotining yanada yuksalishida kitobning o’rni va kitobxonlikning ahamiyati g’oyat muhim bo’lib, bu borada Respublika hukumati tomonidan aholi, xususan yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlar hamda chora-tadbirlar belgilandi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga, xalqaro amaliyotga mos bo’lishini davrning o’zi taqozo etmoqda. Ana shunday zamon talablaridan kelib chiqib, universitet axborot-resurs markazi 2020 yil davomida Respublika Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus va 2019-yil 7-iyundagi “Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish to’g’risida”gi PQ-4354-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida faoliyat olib bordi.

Axborot-resurs markazining umumiy maydoni 2960 kv.mni, jami o‘rindiqlar soni (ARM tarmoqlari bilan birgalikda) 405 tani tashkil etadi. 2023 yil davomida axborot-resurs markazining kitob fondi 26 nomda 510 nusxadagi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Ayni paytda ARM ning jami kitob fondi 20850 nomda, 145508 nusxaga yetkazildi. Shuningdek, ARMning 34761 ta elektron resurslar fondi mavjud bo‘lib, umumiy fond 180269 tani tashkil etadi. Ayni paytda kitobxonlar soni esa –19546 nafar bo’lib, shundan 612 tasi professor-o’qituvchilardir.

Axborot-resurs markazida 2023 yil uchun Respublika gazeta va jurnallariga yillik obuna tashkil etilgan bo’lib, 23 nomda, 49 nusxada gazeta va 28 nomda, 78 nusxadagi jurnallar axborot-resurs markazi foydalanuvchilariga yetkazib berilmoqda. Universitet axborot-resurs markazi foydalanuvchilarga axborot texnologiyalari asosida xizmat ko’rsatish uchun mustahkam moddiy-texnik bazaga ega. Ayni paytda universitet axborot-resurs markazida 51 ta kompyuter bo‘lib, shundan 25 tasi ishchi kompyuterlar, qolgan 26 tasi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, ARMda 2 ta printer, 1 dona Canon MF 443dw rusumli skaner, 3 dona (3/1) skaner, 4 dona CZUR rusumli tezkor skaner va 1 ta “Artel” rusumli televizor, 1 ta videoproektor kitobxonlarga xizmat ko‘rsatadi. ARM tarmoqlari jami 24 ta kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlangan bo‘lib, barchasi ishchi holatida.

ARM da 6 ta o‘quv zali va Xizmat ko‘rsatish bo‘limi kitobxonlarga axborot xizmatlari ko‘rsatadi. Bular: Xorijiy adabiyotlar bo’limi, Ijtimoiy – gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o’quv xonasi, Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan o’quv xonasi, magistrlar va ilmiy tadqiqotchilar o’quv xonasi, Badiiy adabiyotlar o’quv xonasi, Elektron axborot-resurslar bo’limi. Axborot-resurs markazida foydalanuvchilarga masofadan turib zamonaviy axborot xizmatlari ko‘rsatish ishlari yo’lga qo’yilgan bo’lib, www.lib.jdpu.uz sayti, JDPU elektron kutubxona telegramm kanali o’z faoliyatini olib boradi. Bundan tashqari, JDPU o’qituvchilari-ARM va Sirtqi bo’lim uchun JDPU Sirtqi o’qituvchilar-ARM telegramm kanali mavjud bo‘lib, professor-o‘qituvchilar uchun masofaviy axborot xizmatlari ko‘rsatiladi.

Axborot-resurs markazida quyidagi ichki bo’limlar faoliyat olib boradi:

  • Fanlararo o’quv uslubiy majmualar o’quv zali 42 o’rinli bo’lib, umumiy fondi 805 tani tashkil etadi. Mazkur o’quv zalida kundalik davriy nashrlar jamlanmasi ham tashkil etilgan bo’lib, foydalanuvchilarga kundalik yangiliklar taqdim etib borildi.
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o’quv xonasi 42 o’rinli bo’lib, 12148 ta kitob fondiga ega. Mazkur o’quv xonasida lug’atlar, ensiklopediyalar, ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid o’quv adabiyotlar jamlangan.
  • Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan o’quv xonasi 42 o’ringa mo’ljallangan. O’quv xonasida aniqva tabiiy fanlarga doir adabiyotlar jamlangan bo’lib, ular 3337 tani tashkil etadi.
  • Xorijiy adabiyotlar va ilmiy ishlar o’quv zalida talabalar tomonidan himoya qilingan dissertatsiya va bitiruv malakaviy ishlar hamda xorijda nashr qilingan o’quv adabiyotlar jamlangan. Jami ilmiy ishlar fondi – 7443 ta va xorijiy o’quv adabiyotlar fondi 681 tani tashkil etadi.
  • Badiiy adabiyotlar o’quv zalida 6103 nusxadagi adabiyotlar mavjud bo’lib, 30 o’ringa mo’ljallangan.
  • Elektron resurslar o’quv zali 34 o’rinli bo’lib, 24124 elektron resurslar fondiga ega. O’quv zalida so’nggi rusumdagi 25 ta kompyuter jamlamasi, 3 dona 3/1 skaner, 1 dona videoproektor foydalanuvchilar uchun xizmat ko’rsatadi.
  • Xizmat ko’rsatish bo’limining umumiy fondi 116064 ta bo’lib, 5 nafar xodim kitobxonlarga xizmat ko’rsatadi.
  • Bibliografiya bo’limi ARM fondini kattaloglashtirish, kitobxonlarning axborot-bibliografik so’rovlariga javob berish, mavzuli kartotekalar yuritish,ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Talabalarning o‘quv-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun universitet axborot-resurs markazining barcha ichki bo‘limlarida mustaqil dars tayyorlash hamda zarur axborotlarni turli shakllarda olish imkoniyatlari yaratilgan. Jumladan, axborot-resurs markazi kitob fondi to’liq elektron shaklga o’tkazilib, “Elektron kutubxona” platformasiga joylashtirilgan. Ayni kunda ARMdan foydalanuvchilar HEMIS dasturi orqali “Elektron kutubxona” bo‘limiga kirib, o‘zlari uchun zarur adabiyotlardan erkin foydalanishlari mumkin. Axborot-resurs markazida foydalanuvchilarning xorijiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida O’zbekiston Milliy kutubxonasining Ebscohost elektron ma’lumotlar bazasidan onlayn foydalanish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, foydalanuvchilarning o‘quv-ta’limiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida axborot-resurs markazining Talabalar turar joyida va fakultetlar (Tarix, Matematika-informatika, Sirtqi bo’lim hamda Fizika va texnologik ta’lim fakultetlari) qoshida ARM tarmoqlari tashkil etilgan bo‘lib, mazkur tarmoqlarda talaba-yoshlarning kerakli vaqtda zarur axborotlarni olishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Axborot-resurs markazida ta’limning uzviyligini ta’minlash maqsadida universitet tarkibida bo‘lgan Mirzacho‘l va G‘allaorol agrosanoat-servis texnikumlarining kutubxonalari ham o‘quv adabiyotlarning elektron versiyalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, universitet qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari ham ARMga jalb qilinib, a’zolik va xizmat ko‘rsatish ishlari yo’lga qo’yilgan. Bugungi texnik taraqqiyot asrida kutubxona sohasiga avtomatlashtirish va telekommunikatsiya vositalarining joriy etilishi axborot-resurs markazining foydalanuvchisiga tez va sifatli axborot xizmati ko’rsatishni taqozo etadi. Ana shunday davr talablaridan kelib chiqib, universitet axborot-resurs markazi jamoasi kitobxonlarga axborot xizmatlari ko’rsatishning zamonaviy usullarini o’z faoliyatida tadbiq etish ustida ish olib bormoqdalar.