Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Talabalar turar joyi

Talabalar turar joyi boshqaruvi raisi:

Saydaxmatov Sohibjon Saydazmat o‘g‘li

Telefon: +(99897) 482 84 84

Elektron manzil: soxibqoshboqib@gmail.com

Ish vaqti: 8.30 – 17.00

1-sonli TTJ komendanti
Suvanov Qahramon To’rabekovich

Telefon: +(99899) 383 70 07

Elektron manzil: guljaxankadirova1@gmail.com

2-sonli TTJ komendanti
Alibekov Islom Mutalipovich

Telefon: +(99893) 300 30 05

1-sonli TTJ tarbiyachi-pedagog
Xabibova Anora Xolboyevna

Telefon: +(99894) 344 11 16

2-sonli TTJ tarbiyachi-pedagog
Davronova Sanobar Raxmonovna

Telefon: +(99890) 643 86 43

TALABALAR TURAR JOYI NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

Ushbu «Nizom» 2005 yil 9 apreldagi «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari Fani bo’yicha» maxsus metodologik komissiya qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 18 maydagi 107-sonli «Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida milliy istiqlol g’oyasini talabalar ongiga singdirishda ta’lim jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va ta’limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi buyrug’i asosida ishlab chiqildi.

universitetga uzoq shahar va viloyatdan kelib, ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqot ishlari olib borayotgan aspirantlarni vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlash maqsadida «Talabalar turar joyi» tashkil etiladi.

Talabalar turar joyi boshqaruvi – mazkur Nizom asosida universitet raxbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o’z faoliyati yo’nalishiga, ish rejasi va dasturi, muhriga, shtat birligiga ega bo’lib, Talabalar turar joyining ma’muriy, xo’jalik, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa to’garaklarga qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi. Talabalar turar joyining moddiy – texnik ta’minoti, uni kapital va joriy ta’mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel’, xona jihozlari (ko’rpa-to’shak, yopinchiqlar, sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta’minlash, kommunal-xo’jalik xizmatlari (issiq va sovuq suv ta’minoti, kanalizasiya, issiq suv trubalarini ta’mirlash) va boshqa shart-sharoitlar universitet ma’muriyati tomonidan ta’minlanadi.

Talaba joy olish uchun fakultet dekani yoki ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori nomiga ariza yozadi va unga pasport nusxasini ilova qiladi. Mazkur ariza o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilgach, Talabalar turar joyiga joylashish ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori va kasaba uyushmasi ruxsati bilan berilgan order asosida amalga oshiriladi.Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba va aspirantlar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan qoidalar asosida vaqtincha ro’yxatga olinadilar. Ro’yxatga olish ishlari Boshqaruv raisi (mudir) va pasportist(ka) tomonidan tashkil etiladi. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog’lomlashtirish ishlari va Talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik universitet rektoriga yuklatiladi. Talabalar turar joyiga universitet ishchi-xizmatchilari, begonalar, talaba va aspirantlarning oila a’zolarini joylashtirish qat’iyan man qilinadi. Talabalar turar joylarida yashash uchun to’lov miqdori universitet rektori buyrug’i bilan belgilanadi.

II. Talabalar turar joyida yashovchilarning xuquq va majburiyatlari

Talabalar turar joyida yashovchilarning huquqlari quyidagilardan iborat:

  • o’ziga ajratilgan xonada o’rnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda yashash;
  • talabalar turar joyi binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish;
  • foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta’mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni so’rab rahbariyatga murojaat qilish;
  • talabalar turar joyida o’tkaziladigan ommaviy-madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;
  • yaratilgan shart-sharoitlar bo’yicha universitet ma’muriyatiga takliflar bilan chiqish;
  • talabalar kengashining a’zolarini saylash va unga saylanish;
  • talabalar kengashi orqali Talabalar turar joyining maishiy ta’minotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlarni va madaniy hordiqni tashkil etish, yashash xonalarini jihozlash bo’yicha masalalarni hal etishda ishtirok etish.

Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

  • ichki tartib qoidalarga qat’iy amal qilish;
  • ma’muriyat bilan tuzilgan o’zaro mas’uliyat to’g’risidagi shartnoma qoidalariga rioya qilish;
  • navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik qilish, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlash;
  • elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
  • yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;
  • xonadoshlar hamda Talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda bo’lish;
  • talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jixozlarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va hakozolar) namunaviy darajada tutish;
  • umumiy foydalanish joylariga o’rnatilgan yoritkichlar, elektr plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona xamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari jixozlaridan tug’ri foydalanish;
  • elektr va gaz plitalaridan tejab foydalanish, qo’lbola elektr isitkich asboblaridan foydalanmaslik;
  • jadval bo’yicha navbatchilik qilish, belgilangan muddatda qavatni hamda umumiy foydalanish joylarini (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va boshqa) tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga o’z vaqtida chiqarib tashlash;
  • talabalar turar joyida o’tkaziladigan hashar, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam, faol qatnashish;
  • talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki ta’tilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jixozlarni va xona kalitini Talabalar turar joyi boshqaruvi raisi (mudir)ga topshirish;
  • bitiruv malakaviy ishlarini tugallagandan so’ng yoki universitetdan chetlatish to’g’risida buyruq chiqarilgan taqdirda xona va undagi jixozlarni bir hafta muddat ichida Talabalar turar joyi boshqaruvchisi raisiga topshirish.

Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagilar man etiladi:

  • talabalar turar joyi boshqaruv raisining ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga ko’chib o’tish;
  • yashash xonasida kir yuvish;
  • xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz ko’chirish;
  • xonadagi elektr tarmoqlarini o’z xohishicha o’zgartirish va qo’shimcha yoritkich o’rnatish;
  • devorlarga turli rasmlar chizish, har-xil qog’ozlar yopishtirish;
  • ovoz chiqaruvchi qurilmalar ovozini xona tashqarisidan yuqori eshtilishi, yuqori ovozda ashula aytish va musiqa asboblarini chalish;
  • elektr isitgichlar va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;
  • begona odamga tunab qolish uchun joy berish;
  • spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash, sotish taqiqlanadi.

Talabalar turar joyi hayotida foal ishtirok etayotgan namunaviy hulqli talabalar quydagi tartibda rag’batlantiriladi:

  • minnadorchilik bildiriladi;
  • maqtov yorlig’i bilan;
  • esdalik sovg’alar bilan;
  • moddiy rag’batlantiriladi.

Talabalar turar joyi ichki tartib qoyidalarini buzganlarga nisbatan quyidagi choralar ko’riladi:

  • ogohlantiriladi;/li>
  • talabaning ota-onasi bilan suhbat o’tkaziladi;
  • hayfsan e’lon qilinadi;
  • talabalar turar joyidan chiqariladi;
  • universitet rektoriga talabalar safidan chiqarish bo’yicha taklif kiritiladi;
  • talabalar o’z turar joylarida foylanib kelayotgan mol-mulkka bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni, agar zarur bo’lsa uni bartaraf etish mumkin bo’lmagan kuchlar, noreal xo’jalik tavakkalchiligi oqibatida, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofa kelib chiqqan bo’lmasa to’lashi shart.

III. universitet ma’muriyatining majburiyatlari

Rektor, prorektorlar, dekanlar, komendantlar Talabalar turar joyi tozaligi, sanitariya holati, Talabalar turar joyida yashovchilarning dahlsizligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligi uchun mas’uldirlar.

universitet ma’muriyatining majburiyatlari:

  • talabalar turar joyida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
  • talabalar turar joyining tegishli choyshab, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash;
  • talabalar turar joyida o’tkaziladigan tadbirlar va madaniy-ommaviy ishlarni hamda sport musabaqalarini o’tkazishni ta’minlash;
  • talabalar turar joyini joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
  • talabalar turar joyida yashash sharoitlarini tegishli me’yorlar asosida jixozlar bilan ta’minlash;
  • talabalar turar joyida faoliyat yurituvchi shaxslarni zaruriy ish o’rinlari bilan ta’minlash;
  • talabalar turar joyida yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf qilish va qayta tug’ilmasligini oldini olishdan iborat.

universitet ma’muriyati Talabalar turar joyiga alohida mas’ul etib Talabalar turar joyi boshqaruv raisini tayinlaydi.

Talabalar turar joyi faoliyati va boshqaruvini tashkil etish:

  • Talabalar turar joyining texnik va me’yoriy talablar asosida faoliyat yurtirishi uchun shaxsan rektor mas’uldir.
  • Talabalar turar joyida o’quv zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, dam olish (ota-onalar) xonasi, gigiyena xonasi, tarbiyachilar xonasi, hojatxona, yuvinish xonasi, dush tashkil etilishi lozim.
  • Talabalar turar joyida kutubxona filiali tashkil etiladi va reja asosida o’z faoliyatini olib boradi.
  • Talabalar turar joyidagi oshxonalar elektr plitalari, stol-stul, suv tarmog’i, sanitariya jihozlari bilan ta’minlanishi hamda yong’in xavfsizligi talablariga javob berishi shart.
  • Talabalar turar joyidan foydalanish, me’yoriy-ahloqiy tartiblarga rioya qilinishini ta’minlash, talabalarga qulay sharoit yaratish maqsadida Talabalar turar joyining boshqaruvi tashkil etiladi. Boshqariuv tarkibi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar universitet shtat birliklari doirasida shakllantiriladi. Namunaviy shtat birligida ko’zda tutilmagan xodimlar jamoatchilik asosida ishga jalb etiladi. Uning tarkibi quyidagilardan iborat:- boshliq (mudir);- xo’jalik ishlari bo’yicha mudir – (Boshqaruv raisi o’rinbosari);- pedagog-tarbiyachilar va boshqalar;- talabalar Kengashi raisi (Boshqaruv raisi o’rinbosari);
  • Talabalar turar joyi Boshqaruvini tashkil etish, olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish mas’uliyati rektor zimmasiga yuklatiladi.
  • Talabalar turar joyi Boshqaruvining shtat birligini ta’minlash, ish haqini belgilash, xodimlarni ishga jalb etish, ular tomonidan o’z xizmat vazifalarini bajarilishini nazorat qilish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish va ijtimoiy himoya qilish hamda istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida tashkiliy, xo’jalik, huquqiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish mas’uliyati tegishli prorektorlar tomonidan olib boriladi.
  • Talabalar turar joyi boshqaruvi tarkibidagi barcha hodimlar rektor tomonidan tayinlanadi. Boshqaruvning yillik ish rejasi universitet Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va har yarim yilda o’z faoliyati bo’yicha Ilmiy Kengashga hisobot beradi.

IV.Talabalar turar joyi boshqaruvi raisi (mudir)ning vazifalari.

Boshqaruv raisi – Talabalar turar joyi faoliyatini tashkil etishning barcha yo’nalishlari bo’yicha umumiy rahbarlikni olib boradi. Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlanadigan shaxs tajribali bo’lishi shart. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talabalar turar joyining faoliyatini tashkil etish dasturi va rejasini ishlab chiqadi;
  • joriy yilda olib borgan faoliyati bo’yicha har yarim yilda universitet Ilmiy Kengashiga xisobot beradi;
  • talabalar turar joyi boshqaruvidagi lavozimlarga shtat birliklari asosida xodimlar va ishchilarni tanlaydi, ishga qabul qilish va ishdan ozod etish bo’yicha o’z tavsiyalarini rahbariyatga rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;
  • talabalarni xonalarga joylashtirish;
  • sanitariya me’yorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
  • o’rinlarni talabaning jinsi, fakultetlar bo’yicha taqsimotini belgilaydi, ular haqidagi umumiy ma’lumotlar banki, axborotlar, statistik jadvallarni tayyorlaydi, o’z ma’lumotlari bilan universitet rahbarlarini doimo xabardor etib turadi;
  • talabalar turar joyining moddiy-texnik ta’minotini tahlil etadi, ehtiyoj va talablar asosida zarur materiallar, jihozlar uchun buyurtmalar beradi;
  • talabalarning yashashi, dars tayyorlashi va dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
  • pasport tizimini, Talabalar turar joyiga kirib-chiqish qoidalarining qat’iy bajarilishini ta’minlaydi;
  • pedagok-tarbiyachilar foalyatini tashkil etadi;
  • doimiy navbatchilikning uzluksizligini ta’minlaydi;
  • haftalik yig’ilishlar, tadbirlarda ishtirok etadi, Talabalar turar joyiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha huquq-tartibot organlari, tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradi;
  • nazoratchilar guruhi faoliyatini tashkillashtiradi hamda «Mahalla posbonlari», «Yosh posbonlar» bilan hamkorlikda ishlashni ta’minlaydi;
  • talabalar bo’sh vaqtini foydali mehnat bilan to’ldirishni amalga oshiradi.

V. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudirning vazifalari.

Xo’jalik ishlari bo’yicha mudir faoliyatini bevosita boshqaruv raisi yo’naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudir lavozimiga tayinlanadigan shaxs oliy ma’lumotli, kamida 3 yillik ish stajiga ega bo’lishi lozim. Uning vazifalari quydagilardan iborat:

  • talabalar turar joyining faoliyatini tashkil etish dasturi va rejasini ishlab chiqadi;
  • talabalar turar joyi va uning hududidagi xo’jalik ishlarini olib boradi;
  • talabalarni zarur bo’lgan qattiq va yumshoq mebellar, xona jixozlari, yuvinish vositalari bilan ta’minlaydi;
  • mavjud xo’jalik muammolari va kamchiliklarni boshqaruv raisi bilan birgalikda bartaraf etadi;
  • xonalarni, o’quv xonasini zarur jihozlar va vositalar bilan ta’minlab turadi;
  • talabalar turar joyi xududini obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, sanitariya ishlarini amalga oshiradi;
  • talabalar turar joyining sovuq va issiq suv, elektr energiyasi bilan ta’minlashni nazorat qiladi, yuzaga kelgan muammolar bo’yicha tegishli tashkilotlar bilan bog’lanadi, kamchiliklarni bartaraf etadi;
  • xona jixozlari (choyshablar, yostiq jildlari, ko’rpa to’shak, sochiqlar)ni davriy ravishda almashtirilishini amalga oshiradi;
  • tegishli xududdagi ekalogiya, atrof muxit tozaligi, daraxtlarni parvarishlash, ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib boradi;
  • tegishli xududdagi elektr tarmoqlari, yoritgichlarni ishlashini ta’minlaydi;
  • xavfsizlik va yong’in xavfsizligiga oid ishlarini amalga oshiradi;
  • sanitariya xonalari (gigiyena xonasi, dush, hojatxona) faoliyatini nazorat qiladi;
  • xo’jalik soxasida xizmat qiluvchi texnik xodimlar, farrosh, vaxtyor, elektrik, santexnik, bog’bon va boshqalarning faoliyatini tashkil etadi, nazorat qiladi.

VI. Jamoatchilik asosida jalb etilayotgan pedagog-tarbiyachi faoliyatini tashkil etish.

Pedagog-tarbiyachi universitet rektori buyrug’i asosida Talabalar turar joyi boshqaruviga jalb etiladi. Pedagog-tarbiyachi vazifasiga jalb etiladigan shaxs oliy pedagogik ma’lumotli va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo’lishi lozim. Pedagog-tarbiyachi ma’naviy-axloqiy tarbiya samaradorligi uchun mas’uldir. Pedagog-tarbiyachilarning ish vaqti smena asosida tashkil etiladi. Pedagog-tarbiyachilarning ish rejasi va dasturini ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha prorektor tasdiqlaydi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, yo’naltiradi hamda boshqaradi. Pedagog-tarbiyachilar o’z faoliyatini «Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilarning xuquqiy maqomi va qoidalari» to’g’risidagi hujjat amalga oshiradi.

Pedagog-tarbiyachining vazifalari:

  • talabalarning bo’sh vaqtida talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish bo’yicha dolzarb ma’naviy, xuquqiy, axloqiy mavzular bo’yicha davra suhbatlari, trenninglar va boshqa turli tadbirlarni tashkil etadi;
  • talabalar uchun sport- sog’lomlashtirish seksiyalari faoliyatini tashkil qiladi;
  • sosiologik-psixalogik so’rovlar o’tkazadi;
  • ijtimoiy-axloqiy muxitni nazorat qiladi;
  • talabalarning o’zini-o’zi boshqarish jarayonini tashkil etadi, ularning ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi;
  • milliy umumbashariy qadiriyatlarni targ’ib etadi;
  • sportning (futbol, basketbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va boshqa) turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etadi;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordam berish bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.

VII. Talabalar turar joyida talabalarning o’zini-o’zi boshqaruvini tashkil etish

Talabalar turar joyida talabalarning o’zini-o’zi boshqaruvini shakillantirish va amalga oshirish maqsadida Talabalar kengashi (keyingi o’rinlarda «Kengash») tashkil etiladi. Kengash tarkibi umumiy ovoz berish orqali, talabalar tomonidan saylanadi. Talabalar boshqaruvi a’zolari «yaxshi» va «a’lo» baholarga o’qiydigan, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan, mustaqil fikrlovchi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi shaxslar bo’lishi lozim. Talabalarning o’zini-o’zi boshqaruvi demokratik asoslarga quriladi. Kengashning faoliyatini yo’naltirish, muvofiqlashtirish ishlarini pedagog-tarbiyachilar amalga oshiradi. Kengash raisi bir yil muddatga saylanadi. Kengashning ish rejasi va dasturi kengash raisi tomonidan ishlab chiqilib, boshqaruv a’zolari, pedagog-tarbiyachilar bilan muxokama qilinadi hamda o’rnatilgan tartibda rektor tomonidan tasdiqlanadi. Xar bir bo’linma va qavatda sardorlar saylanadi. Sardorlar yashovchilarning xonadagi mulkni, tozalik va tartib-intizomni saqlashni nazorat qiladi. Sardorlar Kengash qarorlariga asoslangan holda faoliyat olib boradi. Kengash o’z faoliyatini «Talabalar kengashi» haqidagi Nizom asosida tashkil etadi va olib boradi. Talabalar uyidagi masalalar Kengash bilan kelishilgan holda hal etiladi: – ma’muriyat tomonidan yashovchining bir xonadan ikkinchi xonaga ko’chirilishi; – yashovchilarni rag’batlantirish yoki intizomiy choralar ko’rish. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlar inistitut faoliyatining ustivor tarkibiy qismi sanalib, rektor raxbarligida tegishli bo’limlar, jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshiriladi. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarni amalga oshrishda shaxsan ma’naviy-axloqiy ishlar bo’yicha prorektor mas’ul sanaladi. U Talabalar turar joyi ma’muriyati, dekanatlar, kafedralar hamda professor-o’qituvchilar tarkibi va kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni boshqaradi. Talaba Talabalar turar joyida badiiy, texnik, ijodiy, xavaskor to’garaklar, sport va turistik seksiyalar hamda qiziqishlar bo’yicha klublar, shuningdek, fan, san’at, adabiyot namoyondalari bilan uchrashuvlarda, disputlar, tematik kechalar va bayram tadbirlari tashkil etiladi.

VIII. Talabalar turar joyida yashovchilarga ko’rsatiladigan xizmatlar.

Talabalar turar joyida vaqtincha foydalanmay turgan xonalarda o’rnatilgan tartibda turli xil (pullik) xizmatlar tashkil etiladi. Talabalar turar joyida quyidagi xonalar faoliyati yo’lga qo’yiladi:

  • ma’naviyat va ma’rifat xonasi;
  • o’quv va dars tayyorlash xonasi;
  • kutubxona;
  • dam olish xonasi (ota-onalar xonasi);
  • gigiyena xonasi;
  • yuvinish xonasi;
  • buyumlarni saqlash xonasi;
  • oshxona;
  • sport zali va boshqalar.

Talabalar turar joyi holatini nazorat qilish.

Talabalar turar joyi holati universitet rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan mahsus reja asosida o’rganib boriladi hamda uning natijalari ilmiy kengashlarda muhokama etiladi. Talabalar turar joyi faoliyati ta’lim muassasasining tegishli prorektorlari tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi va o’z yo’nalishi bo’yicha vazifalarini amalga oshrish yuzasidan rektorga takliflar kiritadi. Talabalar turar joyida bildirilgan mulohaza va fikrlarni yozish uchun qaydnoma daftari (1 nusxa, muhrlangan) bo’lishi lozim. Talabalar turar joyida «Adolat qutisi» tashkil etiladi va yashovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar har xaftada bir marta o’rganib, muhokama qilinadi hamda tegishli chora-tadbirlar amalga oshriladi.

IX. Talabalar turar joyini moliyalashtirish.

Talabalar turar joyi universitetga ajratilgan mablag’, byudjet, byudjetdan tashqari (to’lov-kontrakt) tushadigan, tadbirkorlik asosida ishlab topilgan hamda talaba va asperantlar istiqomat qilishlari uchun to’lanadagan mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi. Talabalar turar joyi shtat birliklari amaldagi universitetning shtat birliklari asosida belgilanadi.

X. Nizomga o’zgartirish, qo’shimchalar kiritish va bekor qilish.

Ushbu Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, kuchini yo’qotgan deb topish Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug’i bilan amalga oshiriladi.

Talabalar turar joyiga kirib chiqish tartibi:

  • Talabalar turar joyiga kirish va chiqish talabalik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
  • Talabalar turar joyiga kirish yoki chiqishda ruxsatnoma talabalik guvoxnomasi bilan birgalikda navbatchi eshikbonga hamda navbatchi-talabaga ko’rsatilishi shart.
  • Talabalar turar joyida yashovchi talabalarga yozgi vaqtda kech soat 22.00 va qishki vaqt kech soat 21.00 gacha Talabalar turar joyiga kirishga ruxsat beriladi. Darsdan bo’sh vaqtlarda turli tashkilotlarda ishlaydigan talabalar ruyxati Talabalar turar joyi boshqaruvi tomonidan tuzilib va tasdiqlanib qo’yiladi.
  • Talabalar turar joyiga kelgan mehmonlar, ota-onalar, qarindoshlar, do’stlar va boshqa talabalarning kirish chiqishiga faqat boshqaruv raisi yoki pedagog-tarbiyachi ruxsat beradi.
  • Chetdan kelganlar xaqida ma’lumotlar (kelish va ketish vaqti, pasport nomeri, xona raqami ko’rsatilgan holda) qaydnoma daftariga yozib qo’yiladi va ularning yotoqxonadan soat 20.00 gacha chiqib ketishi qat’iy nazorat ostida bo’lishi shart.
  • Talabalar turar joyi ichki va tartib-qoidalarini, kirish-chiqish qoidasini buzgan talabalar ogoxlantiriladi hamda rasmiy qayd etiladi, agar, bu holat yana qaytarilsa u Talabalar turar joyida yashash xuquqidan mahrum etiladi.
  • Talabalar turar joyi eshikboni, xodimlar va yashovchilar atrofida shubhali kishilar va buyumlarni ko’rib yoki sizib qolganlarida zo’dlik bilan milisiya tayanch po’nktiga xabar berishlari lozim.
  • Talabalar turar joyi eshikboni tashqi va ichki telefon tarmog’i bilan ta’minlanishi shart. Uning stolida tez yordam, milisiya, yong’in xavfsizligi, rektor, prorektorlar, fakul’tet dekanlari elektr tarmoqlarining telefon raqamlari hamda Talabalar turar joyi boshqaruvi raisining ish va uy telefon raqamlari bo’lishi shart.

XI.Talabalar turar joyida yashovchilar amal qiladigan ichki tartib-qoidalar

Talaba va aspirantlarning Talabalar turar joyiga joylashishi order orqali amalga oshiriladi, order ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor va kasaba uyushmasi ruxsati bilan beriladi.2. Talaba va aspirantlar yashash davrida zaruriyat tug’ilsa, belgilangan tartibda Talabalar turar joyining bir xonasidan ikkinchi xonasiga ko’chib o’tish mumkin.3. Talabalar turar joyida yashovchilar shaxsiy mulkdan foydalanishi maxsus qayd etish qog’ozi orqali amalga oshiriladi va ularni ehtiyotlash foydalanishga olgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.4. Talabalar navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylariga navbatchilik qiladilar, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlaydilar.5. Elektr asboblaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiladilar.6. Talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketayotib, Talabalar turar joyi ma’muriyatini ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirib qo’yishlari kerak.7. Kundalik extiyojga ega bo’lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho buyumlarni Talabalar turar joyining buyumlar saqlash xonasiga topshirilmagan buyumlar uchun talabalar turar joyi ma’muriyati javobgar bo’lmaydi.8. Talaba yashab turgan xonasini va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozim.9. Hamxonalar va Talabalar turar joyida yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo’lishi kerak.10. Talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma narsalarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali tutish talab etiladi.11. Umumiy foydalanish joylarida o’rnatilgan yoritgichlar, elektr plitalarini buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalaridan to’g’ri foydalanish lozim.12. Elektr plitalaridan to’g’ri hamda tejamli foydalanish, qo’lbola elektr isitgich asboblaridan mutlaqo foydalanmaslik lozim.13. Talabalar turar joyida o’tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashish lozim.14. O’qishni bitirgan talabalar ikki hafta ichida yashab turgan xonalarini bo’shatishlari kerak.

Abdulla qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika inistituti Talabalar turar joyi pedagok-tarbiyachilari foaliyatining huquqiy maqomi va qoidalari.

I. Umumiy qoidalar

1997 yil 29-avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’lim-tarbiya sohasiga oid qabul qilingan Farmoni va qarorlarda belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash, kelajak avlodni komil inson etib shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarida yuqori malakali, zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.2. universitet, fakultetlar va Talabalar turar joyida talaba-yoshlarni o’sish jarayoni va darsdan tashqari vaqtlardagi faoliyati tizimini takomillashtirish, yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini ta’minlash, Talabalar turar joyida ularni ijtimoiy foydali ishlar qiziqarli tadbirlar bilan qamrab olish, ularning ma’naviy va madaniy dam olishlarini tashkil etish, fanlarni o’zlashtirish va dars tayyorlash shart-sharoitlarini yaxshilash Talabalar turar joyiga kirish va chiqish tartiblariga qat’iy rioya qilishni, turli yot mafkuraviy oqimlarning maqsadi va intilishlaridan ogox etish, giyohvandlik, OITS kabi illatlardan saqlash buyicha tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.3. O’zbekiston qaxramonlari, deputatlar, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, huquqshunoslar va turli kasb egalari bilan uchrashuvlarni olib borish, mulk va jihozlarni avaylash, yigitlar va qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini, o’zaro hurmatni, yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish kabi vazifalarni bajarish Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilar faoliyatining asosiy yunalishidir.

Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilar faoliyatining asosiy qoidalari:

  • Pedagog-tarbiyachilarning ish vaqti soat 20.00 dan ertalab soat 8.00 gacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.
  • Pedagogik-tarbiyachilar Talabalar kengashi ishini tashkil etish va mas’uliyatini oshirishga ko’maklashadi. Zarurat tug’ilgan taqdirda talabalar hulq-atvorini Talabalar kengashi muhokamasiga qo’yadi.
  • Talabalar turar joyida ta’lim-tarbiya jarayonini, qavatlar va xonalar ozodaligini, qavat jihozlari soz yoki nosozligini nazorat qiladi, mavjud muammolarni Talabalar turar joyi boshqaruv raisi va universitet rahbariyati e’tiboriga havola etadi.
  • Talabalar turar joyida «Namunali xona» ko’rigini o’tkazish, g’olib xonani rag’batlantirish va talabalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir takliflar kiritadi.
  • Talabalar kengashi bilan hamkorlikda doimiy ravishda Talabalar turar joyida pasport va kirish-chiqish, shuningdek yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha, xona jihozlaridan oqilona foydalanish borasida tushuntirish ishlarini olib boradi.
  • Talabalar turar joyida joriy etilgan tartib intizom va qoidalarni qo’pol ravishda buzib, ahloq-odob qoidalariga zid ish qilgan talabalarni Talabalar turar joyidan chetlatish bo’yicha Talabalar turar joyi ma’muriyati va fakultet dekanlari, universitet prorektorlariga ma’lumotlar kiritadi.
  • Talabalar turar joyida o’tkaziladigan «Ma’naviy-ma’rifiy masalalar» bo’yicha prorektor va «Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi» tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida amalga oshirilishini e’tiborda tutishi lozim.

III. Pedagog-tarbiyachilar faoliyatining asosiy mezonlari

Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi, avvalo, talabalarning hurmat e’tiborlarini qozonishi, ularning eng yaqin sirdoshi va maslaxatgo’yiga aylanishi, quvonch va tashvishlariga sherik bo’lishlari lozim. Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilari hayotiy tajribaga, ko’p qirrali bilimga, ma’naviy-ma’rifiy sohada yuksak salohiyatga ega, o’zini va o’zgalarni hurmat qila bilishi, ruhan tushkunlikka tushmaslik, qiyinchiliklardan cho’chimaslik, o’rnak bo’lish, talabalarni aniq maqsadlar sari yo’naltirish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. Pedagog-tarbiyachi o’zini o’ta mas’uliyatli va sharafli bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalashga dahldor, uning kelajagi va kamolotiga hissa qo’shuvchi shaxs sifatida bo’lishi lozim.

Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari. Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talabalar ongiga insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini singdirib borish;
  • talabalar turar joyi «Ma’naviyat va ma’rifat» xonalarida «Ma’naviy va ma’rifiy ishlar» rejasiga binoan, davlatimiz, halqimiz bayramlari va tantanali sanalarga bag’ishlab ko’zga ko’ringan jamoat arboblari, olimlar yozuvchilar, shoirlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini o’tkazishda faol ishtirok etish, universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi bilan kelishilgan holda talabalarni muzeylar, teatrlar va ko’rgazmalarga tashrifini tashkil etish;
  • talabalarning huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya qilish va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida yilning har choragida xuquq-tartibot organlari – prokuratura, sud va milisiya xodimlari bilan universitet raxbariyati tomonidan rejalashtirilgan uchrashuvlarni yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlash;
  • talabalarni universitet hayoti, boy tarixiy an’analari, jamoat tashkilotlari faoliyati, shuningdek, bo’lajak mutaxassislar sifatida qo’yilgan talablar bilan tanishtirib borish;
  • talabalar turar joyi mudiri bilan hamkorlikda har bir qavatda qavat boshlig’ini tayinlash, tozalik, sanitar hamda yong’in havfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;
  • talabalar yashaydigan xonalarni o’z vaqtida yumshoq jixozlar va choyshablar bilan ta’minlash, ularni belgilangan muddatda almashtirilishini nazorat qilish, ulardan asrab-avaylab foydalanish kerakligini tushuntirib borish;
  • talabalar turar joyida joriy qonun – qoidalarni bajarilishi universitet, fakultetlar raxbarlari, Talabalar turar joyi komendanti ko’rsatmalariga qat’iy rioya etilish borasida talabalar bilan davra suxbatlari o’tkazib borish;
  • talabalar turar joyidagi «Ma’naviyat va ma’rifat» xonalarida turli gazeta va jurnallar bo’lishi, ularning saqlanishini nazorat qilish;
  • talabalar turmush tarzini doimiy kuzatib borish, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantirish, ozoda va tartibli xonalarni mukofatlashga tavsiya etish;
  • talabalar turar joyi bo’yicha yashovchilar ro’yxati, ular xaqida to’la ma’lumotlar banki bo’lishi, ularning sog’ligi, ruxiy xolati, ijtimoiy ahvolini o’rganib borish va kam ta’minlangan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish lozimligini rahbariyat oldiga qo’yish, tegishli barcha ma’lumotlarni kompyuter tizimiga kiritilish bo’yicha taqdimotlar tayyorlash;
  • ish jarayonida aniqlangan maishiy-xo’jalik sohasidagi kamchiliklar nosozliklar, ya’ni issiq va sovuq suv, yoritgichlar bilan ta’minlash, umumiy foydalanish joylari va tartibbuzarliklar xaqida Talabalar turar joyidagi alohida navbatchilikni qayd etish daftariga yozish va Talabalar turar joyi boshqaruv raisi (mudir) ga xabar berish kabi vazifalardan iborat.

Abdulla qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Talabalar turar joyida faoliyat ko’rsatadigan Talabalar kengashi nizomi

I. Umumiy qoidalar

  • Talabalar kengashi Talabalar turar joyida yashovchi talabalar tomonidan saylanadigan yoshlarning o’zini-o’zi boshqarishga qaratilgan talabalar uyushmasi hisoblanadi.
  • Talabalar kengashi a’zolari Talabalar turar joyida yashaydigan, yaxshi va a’lo baholarga o’qiydigan, jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan hamda bu sohada mustaqil fikr yurita oladigan, talabalar manfaatini himoya qilish salohiyatiga ega bo’lgan faollar safidan demokratik asoslarda saylanadi.
  • Talabalar turar joyida yashovchilarning faoliyatlarini birgalikda boshqarish, madaniy-oqartuv, yashash va o’sish sharoitlarini yaxshilash va ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida tashkil etiladi va faoliyat ko’rsatadi.

Talabalar kengashining asosiy vazifalari. Talabalar Kengashining asosiy vazifalari quydagilardan iborat:

  • o’quv yili davomida Talabalar turar joyida uchrashuvlar, badiiy kechalar va talabalarning hayotiy faoliyatiga oid turli tadbirlar o’tkazishni ta’minlaydi;
  • Talabalar kengashi a’zolari Talabalar turar joyida yashaydigan, yaxshi va a’lo baholarga o’qiydigan, jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan hamda bu sohada mustaqil fikr yurita oladigan, talabalar manfaatini himoya qilish salohiyatiga ega bo’lgan faollar safidan demokratik asoslarda saylanadi.
  • Talabalar turar joyida yashovchilarning faoliyatlarini birgalikda boshqarish, madaniy-oqartuv, yashash va o’sish sharoitlarini yaxshilash va ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida tashkil etiladi va faoliyat ko’rsatadi.
  • Talabalar turar joyida rektor tomonidan tasdiqlangan normativ qoidalarga rioya qilish, tartib intizom, ozodalikni yo’lga qo’yishni ta’minlaydi va universitet Nizomi qoidalarni buzuvchi talabalarga nisbatan qat’iy choralar ko’llanilishini yo’lga qo’yadi;
  • talabalar turar joyida tozalik, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun hasharlar uyushtiradi;
  • talabalar turar joyi faoliyatidagi muammolarni ommaviy axborot vositalar orqali yoritib borishga erishadi;
  • boshqa oliy ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari, Talabalar turar joylari bilan xamkorlik o’rnatadi;
  • talabalar turar joyi xududida bayramlarni shodiyona tarzida o’tkazilishi bo’yicha tashkilotchilik ishlarini olib boradi- «Yosh posbonlar» hamda Talabalar turar joyi joylashgan mahalla bilan hamkorlikda ishlashga, mahalla posbonlari ishini muntazam va samarali ishlashiga ko’maklashadi.

Talabalar kenagishning tashkiliy tuzilishi.

Talabalar kengashining ishi o’zini-o’zi boshqarish asosida barcha yo’nalishlar bosqichlarda demokratik tashkil etiladi.2. Talabalar kengashi faoliyatini kengash a’zolari tomonidan bir yil muddatga saylangan Rais boshqaradi.3. Talabalar kenagashi raisining faoliyat ko’rsatish maqomi ushbu Nizom asosida belgilanadi. Bu Talabalar turar joyi boshqaruv raisi o’rinbosari xisoblanib, belgilangan tantirbda maosh bilan ta’minlanadi.Kengash yig’ilishi bir oyda kamida bir marta o’tkaziladi, zarur hollarda navbatdan tashqari kengash yig’ilishlari rais tomonidan chaqiriladi.Kengash quyidagi masalalar doirasida foliyat olib boradi: 1. Talabalar kengashi va fakultetlar talabalar kengashlarining faoliyatlarini yorituvchi hisobotlar yuzasidan qarorlar qabul qilish;2. Talabalar kengashining Nizomiga qo’shimcha va o’zgarishlar kiritish;3. Talabalar kenagashining navbatdagi vazifalari va ish rejalarini belgilash;4. Talabalar kengashi raisi faoliyatining vazifalari va huquqiy normativ asoslarini belgilash, qo’shimchalar kiritish, zarur bo’lgan hollarda uni muddatidan oldin saylash, o’zgartirishlarni muhokama etish va qarorlar qabul qilish;5. Talabalar kasaba uyushmasi, ”Yoshlar ittifoqi” va fakultetlar talabalar kengashlari qarorlari asosida, zarur bo’lgan holatlarda kengash a’zolarini a’zolikdan chiqarish, tavsiya etilgan nomzodlarni a’zolikka saylash;6. Talabalar kengashi mazkur Nizom asosida rektor tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatlar, ichki tartib qoidalarga hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari, “Yoshlar ittifoqi” Nizomlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mavjud muammolarni o’rganadi.

Kengash tarkibida quyidagi bo’limlar tashkil etiladi:

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’limi;
  • tashkiliy-ommaviy ishlar bo’limi;
  • maishiy tozalik ishlar bo’limi;
  • sport-sog’lomlashtirish ishlari bo’limi;
  • qizlar bo’limi;

Talabalar kengashi a’zolarining huquq va burchlari kengashning barcha yig’ilishlarida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish;

  • kengashning barcha yig’ilishlarida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish
  • universitet Ilmiy kengashining talabalar hayotiga oid majlislarida vakolatga ega bo’lish;
  • universitet hududida joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalarining faoliyatini o’rganish va takliflar kiritish;
  • universitet xududining tozaligi va sanitar holati talab darajasida bo’lishini ta’minlash;
  • talabalar turar joyi xududida tartib-intizomni ta’minlashda milisiya tayanch punkti bilan hamkorlikda ish olib borish;
  • talabalar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy mavzularda, O’zbekiston qaxramonlari, deputatlar, hokimlar, prokuratura, sud, tuman va shahar ichki ishlar xodimlari, fan xodimlari ishtirokida davra suxbatlari, badiiy kechalar tashkil etish.