Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim boshlig’i:

Saydaxmatov Sohibjon Saydaxmat o‘g‘li

Telefon: +(99897) 482 84 84

Ish vaqti: 8.30 – 17.00

Elektron manzil: soxibqoshboqib@gmail.com

Abduvaliyev Ibrohim Eshonqulovich

Bosh mutaxassis

Telefon: +(99890) 958 09 56

Ish vaqti: 8.30 – 17.00

Аxmurodov Diyorbek Qurbonboy o’g’li

Bosh mutaxassis

Telefon raqami: +(99897)-521-94-04

Ish vaqti: 8.30 – 17.00

Raximova Mamlakat Turobovna

Bosh mutaxassis

Telefon raqami:+(99897)-522-39-53

Ish vaqti: 8.30 – 17.00

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli «Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 7-bandida «davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan saqlanadigan to’rttagacha shtat birligidan iborat talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim tashkil etish» vazifasi yuklatilgan edi. Qarordagi 7-bandning ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2021-yil 1-oktabrdan talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu bo’limda 1 nafar bo’lim boshlig’i, 3 nafar bosh mutaxassis faoliyat olib bormoqda.

Tashkil etilgan bo’limning asosiy vazifasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli «Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to’lanadigan ijara to’lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlaydi. Bunda universitetimizda tahsil olib ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara to’lovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan to’lab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi va tavfsiyalar beradi.

Hozirgi kunga qadar ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida universitetimizda ijara asosida yashab tahsil olayotgan sentabrdan dekabr oyigacha 271 nafar, yanvardan may oyiga qadar 1642 nafar jami 1913 nafar boquvchisini yo’qotgan oila farzandlari, I va II guruh nogironligi mavjud bo’lgan, Temir, Ayollar, Yoshlar daftarida ro’yxatda turadigan oila farzandlari, oila a’zolari “Mehnat – migratsiya” dasturida ro’yxatdan o’tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatida bo’lgan oila farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, bir oilada ikki va undan ortiq shartnomada tahsil olayotgan oila farzandlari va oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan turli xil sport musobaqalari, tanlovlar, loyihalarda va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lgan talabalarning ijara shartnoma pullari to’lab berildi.