Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Yuridik xizmаt boʼlimi

 
Yuridik xizmat bo’limi katta yuriskonsulti:

Alikulov Abdurashid Yuldashevich

Telefon: +(99893) 309 18 11

Faks: (0372) 226 46 56

Elektron manzil: aliqulov57@inbox.ru

Qabul kunlari: dushanba — shanba 09:00-18:00

Yuriskonsult

Abdurahmonov Faxriddin Tursunovich

Telefon: +(99897) 482 02 68

Faks: (0372) 226 46 56

Elektron manzil: abdurahmonov1968@bk.ru

Qabul kunlari: dushanba — shanba 09:00-18:00

Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlari va vazifalari:

  • Yuridik xizmat – davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim,
  • Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo’lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsultdan iborat bo’lishi mumkin.
  • Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo’l qo’yilmaydi.
  • Yuridik xizmat o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  • Yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan shaxs ishlashi mumkin.
  • Yuridik xizmat boshlig’i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va yuridik mutaxassislik bo’yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo’lgan shaxs tayinlanadi.
  • Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan o’tadilar.
  • Adliya organlarida stajirovkadan o’tish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
  • Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimiga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
  • davlat organi va tashkilotining huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
  • davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ – huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
  • davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
  • shartnomaviy – huquqiy va talabnoma – da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.