Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
16/05/2022
Chop etish
Abdulla Qodiriy she‘riyati

“Tog‘larning viqorini ko‘rish uchun ulardan uzoqlashish zarur, xuddi shunday  holat  buyuk  ishlar  va buyuk shaxslarda kuzatiladi. Abdulla Qodiriyning  so‘nmas ijod  bahosining  buyukligini  ko‘rish  va tushunish uchun yarim asrdan ortiq  vaqt talab  etildi” – deb yodga olgan edi Izzat Sulton  o‘z esdaliklarida. Haqiqatdan ham biz bu ijodkorning  yozgan asarlarini va ilgari surgan g‘oyalarini  bir asr vaqt o‘tsa-da to‘liq  anglay olganimiz yo‘q. Abdulla Qodiriy bor-yo‘g‘i “To‘y”,  “Ahvolimiz”  va  “Millatimga bir qaror”.  “Fikr aylag‘il” kabi oz bo‘lsa-da o‘ta mazmundor she’riy meros qoldirgan.

Qodiriy she’rlari asosan lirik ruhda bo‘lib, ularni pafos jihatidan intim, hajviy va hazil she’rlarga ajratish mumkin. G‘azal, qasida, mushoira janrlarida bitilgan g‘azallarning aksariyatida (ayrimlarini e’tiborga olmaganda) taxallus qo‘llanmagan. Ular aruzning hazaj, ramal, rajaz va boshqa bahrlarida yozilgan.

Abdulla Qodiriyning shoir sifatidagi ilk she’ri  “To‘y” bo‘lib, hajv mazmunga ega. Negaki, adib yashab, ijod etgan o‘sha davr ko‘proq hajvni taqozo etardi. Zamona talabi, millatning loqaydligi, mamlakatda avj olgan ochlik, qashshoqlik ezgu tuyg‘ularga to‘la adibga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmagan. Bilamizki, milliy urf-odatlarga ko‘ra bahor-u yoz ishlab, qish faslida to‘y qilingan. To‘y boy, ma’lum bir moddiy resursga ega bo‘lganlar  uchun pisand bo‘lmasa-da, beva-bechora mehnat ahli uchun ko‘p hollarda anchagina qiyin bo‘lgan (hozir ham shunday deyish mumkin). Negaki, “kimoshdi” poygasida ko‘pgina kambag‘al, mehnatkash ahli pand yeb qolardi. Qarzga botib, halokat yoqasiga borib yetardi. “To‘y” she’rida shoirning:

Kelingiz, do‘stlar, din qarindoshlar,

Tashlasun bo‘lsa gar musulmon to‘y,

deya “kori ma’jusi, kori shayton to‘y”lardan voz kechishga da’vat etgani bejiz emas. Bu orqali u o‘z millatini g‘am-kulfatlardan xalos etmoqni istaydi. Gap bu o‘rinda mazkur she’rning g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk yoki yetuk emasligi haqida emas, balki muallif ko‘targan muammoning nechog‘lik dolzarbligida. Bu muammo hamon “kimga to‘y, kimga aza” bo‘lib qolayotir. To‘g‘ri, to‘y oshna-og‘ayni, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘yni bir-biriga yaqinlashtiradi. O‘zaro oqibat, iliqlik, mehr-muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi. To‘y milliy urf-odat va an’analar, milliy madaniyat tajassumigina emas, yoqimli milliy bayram ham. O‘zaro o‘tgan gina-adovatlardan forig‘ bo‘lish, hordiq chiqarish marosimidir. Binobarin, adib ana shu ma’nodagi to‘yni yoqlaydi, isrofgarchilik, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan fojialardan ogoh etadi.

Adibning “Millatimga bir qaror,’’ “Ahvolimiz”  she’rlarini diqqat bilan o`qisak , uning  bitilganiga  bir asrdan oshgan  bo‘lsa-da, jamiyatimiz xalqimiz hayoti, undagi   muammolar  va saviyasi u qadar o`zgarmaganini  ilg`ash mumkin.Abdulla Qodiriy “Ahvolimiz”  she`rini  yigirma besh yoshida  yozgan,lekin  bu  misralarda ko`tarilgan muammo  butun o`zbek xalqini  dardini kuylab hamon  dolzarbligicha  qolmoqda. she’r o‘z mavzusi, muammosiga ko‘ra o‘ta zamonaviy desa bo‘ladi. Unda qoloqlik va loqaydlik sababi giyohvandlikka ruju qo‘yishda ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Ayniqsa, yoshlarning nasha, ko‘knori iste’mol etishlaridan o‘ta xavotirlanadi. Yelkalariga “kokil solib, oh-voh” bilan o‘tayotgan umrlariga achinadi.

Xulosa qilib aytganda,Abdulla Qodiriy ijodida she’rlari alohida  ahamiyatga ega  bo‘lib, muhim xalqning o‘sha vaqtdagi dardini , urf-odatlarini va hayotini zo‘r ko‘tarinki ruh bilan tarannum etgan. Eng muhimi, bu she’rlar sodda, ravon, xalq yo‘lida bitilgan.

 

Ergashev Alimardon – Jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

 

 

 


Ulashish:
1 343
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda  “Biologik xilma-xillikni saqlash va biologiyaning zamonaviy muommolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Biologik xilma-xillik – barchamiz uchun xavotir o‘yg‘otuvchi mavzudir, va barchamiz yo‘qolish xavfi ostdagi turlar va ularning yashash muhitini himoya qilishda faol ishtirok etishimiz zarurdir.
3-iyun “Butunjahon velosiped kuni” munosabati bilan velomarafonni o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba-qizlar o‘rtasida velomarafon musobaqasi velomarrofon o‘tkazili.
Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
JDPU madaniyat saroyida universitetning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari bilan universitetning asosiy ish beruvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori Sh.Sharipov, Jizzax viloyati Maktabgacha va...