Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Istiqbolli rejalar

2017-2030 istiqbolli rivojlanish rejasi

Institut  missiyasi – oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim Dasturlarini bajarish bo‘yicha zamonaviy, sifatli ta’lim faoliyatini olib borish, O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.

. Jizzax davlat pedagogika institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

     – jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish;

– ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

  – institut ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

 – institutda tarbiyaning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;

– oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;

– oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish

– shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy – ahloqiy kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish;

– har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o‘z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, halq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;

– ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;

– ta’limda oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

– jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatdarini saqlash va boyitish;

–  aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko‘tarish.

o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish;

– pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;

– jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatdarini saqlash va boyitish;

– aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko‘tarish.