JDPUda bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi. Joriy yilning 9-mart kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizlik departamenti, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig’i polkovnik B.Berdialiyev va Jizzax viloyati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarma boshlig’i I.Amanov boshchiligida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida avvalo Jamoat xavfsizligi nima? Uning mazmun mohiyati haqida ham batafsil tushunchalar berildi.






Uchrashuvda universitet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar tomonidan jamoat xavfsizligiga xavf soluvchi tahdidlar va ularni yechimi bilan bog‘liq bir qator taklif va mulohazalar bildirildi.