Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Kiberjinoyatdan ogoh bo‘ling

Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik G‘ofur Bozorov rahbarligidagi ishchi guruhning navbatdagi profilaktik tadbiri Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazildi. “Kiberjinoyatchilik va ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan asosiy omil va sharoitlar” mavzusidagi mazkur tadbirda firibgarlikka oid qonunbuzarliklar xususida so‘z bordi. Shuningdek, korrupsiya, yo‘llarda harakatlanish davomida harakat qoidalariga rioya etish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, shu kabi qonunbuzarliklar uchun belgilangan javobgarliklar tushuntirildi.

Ochiq muloqot tarzidagi tadbirda talaba yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ichki ishlar organlari xodimlaridan javob olishdi. Qisqasi, shu kuni talaba yoshlar va oliy ta’lim muassasasi professor o‘qituvchilarining kiberjinoyatchilikka oid bilimlari boyitilib, hushyorlikka chaqirildi