7 aprel – haftalikning so‘nggi kunida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi, Jizzax shahar gornizoni vakillari, Musiqiy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda axborot-resurs markazi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni axborot-resurs markazi direktor o‘rinbosari M.Bobonazarova kirish so‘zi bilan ochib berib, haftalik davomida universitetning barcha professor-o‘qituvchilari hamda fakultetlar talabalari faol ishtirok etganligini ta’kidladi va ARM kitobxonlarini muntazam ravishda kutubxonadan foydalanishga, ko‘proq kitob mutolaasiga e’tibor qaratishga da’vat etdi. So`ngra, Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahmonova “Jizzax oqshomlari” nomli she’riyat kechasini boshlab berdi. Kechada viloyatning yosh qalamkashlari o`z ijod namunalarini taqdim etdilar.





