Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari 2024 yil 15 may kuni Matematika va informatika fakulteti Ilmiy kengashida ishtirok etishdi. Bo‘lim boshlig‘i A.Umrzoqov korrupsiya illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini, shu bois korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligini, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qancha qonun, qaror va vazirlikning buyruqlari qabul qilinganligini, ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarni fakultet xodimlari tomonidan yana bir bor o‘qib tanishib chiqishini, ish faoliyatida korrupsiyaviy holat haqida xabardor bo‘lganda birinchi navbatda o‘zi ishlab turgan muassasa boshlig‘ini xabardor qilish kerakligini yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish kerakligi haqida aytib o‘tdi.