Bo‘ston shahrachasidagi universitetning Sirtqi bo‘limida ham “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z bayrami tantanalari har yilgidanda o‘zgacha nishonlandi.
Bayram avvalida Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishari bo‘yicha prorektori B.To‘xtamishev yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami balan qutladi.
Sirtqi bo‘lim hovlisida tashkil etilgan chin ma’noda milliylikka yo‘g‘rilgan bayram tadbiri barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi. Bir tomonda milliy taomlar ko‘rgazmasi, boshqa tomonda milliy qo‘shiqlar, urf-odatlar namoyishi.Taomlarning xilma xilligini ko‘rib, xalqimizning nafaqat boy tarixi va urf-odatlari balki xilma-xil milliy taomlari borligiga ham guvoh bo‘lasiz. Sumalak, halim, yupqa, g‘ilmindi, ko‘k somsa, qat-qat patir, qatlama, ismaloq pechak kabi taomlarni tatib ko‘rgan kishi borki, o‘zbek ayollarning oshpazlik mahoratiga tasanno aytadi.












