Sodiqova Dilfuza Ropijonovna – Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o’qituvchisi
Annotasiya: Ushbu maqolada talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini shallantirishning ijtimoiy asoslari yoritilgan.
Kalit so’zlar:Tafakkur, munosabat, faoliyat, ijod, talaba, siymo, jarayon, shakllantirish, fikr, muammo.
Annotasiya: V dannoy statye udelyayetsya vnimaniye ispolzovaniyu sosialnыx osnov v formirovanii tvorcheskix otnosheniy mыshleniya u studentov.
Klyuchevыye slova:Mыshleniya, otnasheniya, deyatelnost, tvorchstvo, student, velikiye deyateli, prosess, sformirovat, mineniya, problema.
Annotation:This article outlines the social foundations of students’ creative thinking.
Key words:Thincing, attitude, activity, creativity, student, image, process, formation, opinion, problem.
Har bir davr doimiy ravishda o’z oldiga aniq maqsadlarni qo’yib, kishilik jamiyatining rivojiga qaratilgan ishlarni olib boradi. Shuningdek bugungi kunda yurtimizning rivojlanishi hamda xalqimizning to’q va faravon yashashi uchun Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Shulardan biri, har bir rahbar xodim xalq bilan munosabatga kirishishda unga hurmat nuqtayi nazaridan yondoshish davr talabi ekanligini uqtirib, uni davlat siyosati darajasiga ko’tardi. Shu bilan bir qatorda milliy – ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga sindirish orqali hurmat va extirom tuyg’usini yuksaltirishga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan davlatimiz rahbari “Tarixga qarasak ham, bugungi kunga qarasak ham Andijon zaminidan ko’p sohalar bo’yicha qanday buyuk, fidoyi insonlar yetishib chiqganiga amin bo’lamiz. Chunki millat, el-yurt taqdiri uchun kuyinish, milliy g’urur, or-nomus uchun bel bog’lab maydonga chiqish – Andijon axliga xos azaliy odat. Mana, ulug’ ajdodimiz Zaxiriddin Muhammad Boburni olaylik. Bu buyuk zot o’n ikki yoshidan boshlab Temuriylar davlatini saqlab qolish uchun o’zini o’tga ham, cho’qqa ham urdi, hech qanday dushmandan ham, sinovdan ham qo’rqmadi. Qirq olti yillik umri davomida bir zum ham xalovat bilmasdan o’tdi. O’z avlodlariga Vatanga bo’lgan buyuk muxabbatni, ezgu fazilatlarni meros qilib qoldirdi. Yoki yana bir buyuk yurtdoshimiz Abdulhamid Cho’lponni olaylik. XX asr boshlaridagi millatimiz taqdirini, uning boshiga tushgan fojialarni, ozodlik va erkinlik qadrini hech kim bu mumtoz shoirimiz kabi yuksak pardalarda kuylagan emas. El-yurt taqdiri uchun kuyinib, tinim bilmay yashaydigan ana shunday ajoyib insonlarning davomchilari bugun ham Andijon zaminida ko’plab topiladi”[1]-deb mutafakkirlar faoliyatiga munosabat bildirdi. Agar biz bu bildirilgan fikrlarni qund bilan yosh avlodning ongiga sindiradigan bo’lsak, ularda buyuk siymolarga nisbatan ijodiy – ijobiy munosabatlar tafakkuri shakllanadi.
Buni amalga oshirish uchun quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muoffiqdir.
Talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini shakllantirish uchun buyuk siymolarga ehtirom tuyg’usini uyg’otish jarayonlarida ehtirom bilan bog’liq bo’lgan tushunchalarni izlab topish va manbalarni to’liq ko’rsatish hamda har bir tushuncha ustida ijodiy ishlarni amalga oshirish vazifasi beriladi. Talabalar shuni anglashlari kerakki, ijod murakkab ruhiy jarayon bo’lib, unda shaxs ruhiyatining barcha qatlamlari ishtirok etadi. “Ijod — mehnatning yuksak shakli bo’lib, insonlar ehtiyojini qondiradigan va ijtimoiy foyda keltiradigan mehnatdir”[2]. Demak, ijod orqali insonlar o’zlarining ehtiyojlarini qondiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, talaba o’zini qiziqtirgan ma’lumotlarni izlab topishga harakat qiladi. Bunday harakat ularni zavqlantiradi. Bu jarayonlarda talabalar
– o’z fikrini bir joyga to’plash,
– fikrni oydinlashtirish,
– mantiqiy tafakkurga tayanish,
– fikrini vositalar yordamida bayon qilish,
– fikrni mantiqan yakunlash kabi tafakkur jarayonlarini sifat bosqichiga olib chiqadi. Bunday tafakkur sifatlariga erisha olgan talabalar ijod namunalarini boshqalar bilan baham ko’radi. Bunda talabalar buyuk siymolarning hayotini, ular yashab o’tgan davrni, faoliyatini o’z ijodlari orqali namoyon qilishida fikr, mantiq, tafakkur mashqlar yordamida pishitiladi va shakllantiriladi. Masalan, talabalar fikrlash jarayonida o’zi ko’rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to’g’riligini, aniqligini hamda borliqqa munosabatini anglash natijasida ijodiy tafakkur munosabatlari shakllanadi. Talabalar tafakkur bosqichlari jarayonlarida o’zini qurshab turgan olam sirlarini o’rganib boradi. Uning yordamida talabalar bu olamdagi voqea va hodisalarning va ular borasidagi mulohazalarning qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini bilib oladi. Talabalar bu olamdagi voqea va hodisalarni kuzatib, bu borada mulohaza yuritib, mazkur borliq va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni tahlil qilishga o’rganib boradi.
Talabalar o’z tafakkur jarayonlari orqali qalbi va ruhiyati bilan uzviy bog’liqlikda ijodiy munosabatga kirishadi. Bunda munosabatlarning sifati talabalarning ma’naviyati, ichki dunyosi, fikrlash saviyasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham ular tomonidan amalga oshirilayotgan munosabatlar, tafakkurning ijod qila olish imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham biz o’z ilmiy izlanishlarimizda talabalardagi mavjud tafakkurni sifat darajasiga olib chiqish masalasini ko’targanmiz. Buning uchun biz birinchi inavbatda butun olamni o’zining ilmiy salohiyati va ma’naviyati bilan lol qoldirib kelayotgan buyuk mutafakirlarimizning «Al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, imom Buxoriy, imom Termiziy, Najmiddin Kubro, Xoja Bahouddin Naqshband Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munavvarqori Abdurashidxon o’g’li, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Cho’lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Shuxrat, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuflar tafakkuri qanday bo’lganligini talabalarga chuqur o’rgatishni maqsadga muoffiq deb bildik.
Buyuk siymolarning fikrlarini ular yaratgan asarlari orqali o’qib borganimizda shu narsaga amin bo’lamizki, fikrlar judayam tiniq, ravshan, mantiqan kuchli, qaramlikdan xoli bo’lib erkin, mustaqil hamda insonni lol qoldiradigan darajada badiiyligi, ijodiyligi bilan ajralib turadi. Bular o’z navbatida ulardagi mavjud tafakkur imkoniyatining sifatini belgilaydigan mezonlar desak bizning fikrimizcha hato qilmagan bo’lamiz. Buyuk bobokalonlarimiz tafakkurning aynan shu sifatlari orqali borliqdagi voqyea va hodisalarning sirlariga yechim topganligi sababli ularga ijodiy yondoshgan va natijalarga erishgan. Masalan,«Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o’z davrigacha bo’lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o’rgandi va o’zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi. Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o’zining ulkan hissasini qo’shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-al muqobala” asarida (“aljabr va-al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo’llarini bayon etadi. Muhammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya tushunchasini kengaytiradi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal etadi, deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni yechadi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo’llarini ham berdi. Meros taqsim qilish, vasiyatnomalarni tuzish hamda mol taqsim etish uchun zarur bo’lgan hisoblarni taklif etdi. Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi haqida kitob” (“Hisob al-hind”)dir. Asar o’nlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag’ishlangan. O’nlik tizimining kashf etilishi fan olamida sanoq tizimida inqilobiy o’zgarish deb ta’riflanadi. Muhammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayirish, bo’lish hamda ko’paytirish qoidalarini yaratgan. Shuningdek, turli “jins”dagi sonlarni ko’paytirish algoritmini ham bergan. Masalan, minut va sekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun, avvalo bir xil shaklga keltirish, ya’ni, sekund yoki minutga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatgan. Maxsus bobda kasr va ildizdan chiqarish amallarining mohiyatini bayon etgan. 827 yilda Xorazmiy rahbarligida yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida yer meridianining bir gradusi o’lchab chiqildi. Bag’dodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli bo’lib, unda sinus, tangeneslarning o’zgarish qonuniyati ko’rsatiladi. Uning trigonometrik jadvali o’sha davr jadvalaridan farq qilgan.
Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy obyektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida yechishni ishlab chiqdi). U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi. Allomaning dunyo ilm fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo’lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari «algoritm» va «algebra» kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi»1.
Bizlar shu kabi ma’lumotlarni talabalarga singdirishda quyidagi tizimni ishga solish orqali erishishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Birinchidan, buyuk siymolar to’g’risida ma’lumotlarni to’plash. Ikkinchidan, to’plangan ma’lumotlar uchun elektron bazasini yaratish. Uchinchidan, to’plangan ma’lumotlar bilan ishlash sifatini oshirishga qaratilgan axborotli muloqat dasturini ishlab chiqish. To’rtinchidan, dasturni amaliyotga joriy etish.
Ko’zlangan dastur orqali kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat bo’ladi. Bular:
- Talabalar buyuk siymolar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi;
- Ularni o’ziga xos tarzda tasvirlay olish malakasi shakllanadi;
- Mutafakkirlar tomonidan yaratilgan kashfiyotlar va ixtirolar bilan yaqindan tanishadi;
- O’zlari ega bo’lgan ma’lumotlarni axborot shakliga keltira oladi;
- Yoshlarda ularga nisbatan extirom tuyg’usini shakllantirish imkoniyatini o’zlarida yaratadi.
Talabalarga buyuk siymolar va zamonamizda yashab ijod qilgan yozuvchi va shoirlarning ibratli hayotini namuna sifatida ko’rsatib berish orqali biz ularda mustaqil fikrlash malakasini shakllantiramiz. “Mustaqil fikrlash inson oldida turgan muammolari, maqsad va vazifalari belgilangan holda o’z bilimi, dunyoqarashi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo’l va usul, vositalari yordamida o’zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat bo’lgan aqliy faoliyatdir. Kishi tafakkuri mustaqilligi belgilaridan biri — tashabbuskorlik bo’lib, u insonning o’z oldiga aniq maqsad, yaqqol vazifalar qo’yish, ularni amalga oshirish yo’lidagi muammolar yechimini topish, nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo’lgan usul va vositalarni o’zi belgilashida namoyon bo’ladi. Bu faoliyatning aniqligi, vazifalarni bajarish jarayonida yangi usul va vositalarni tez topish, saralash hamda qo’llash natijaning salmog’ida ko’rinadi. Tafakkur mustaqilligining tanqidiyligi esa mustaqil fikrlovchini voqyea-hodisalarga munosabati, uning xusuyatlari, muhim-nomuhim jihatlarini ajrata bilishida seziladi”.[3] Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda biz, talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini singdirishda Amir Temur o’gitlaridan ham samarali foydalanishni maqsad qilib qo’yganmiz. Masalan: «Agar kasbu-hunar va ma’rifat axllaridan bo’lsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin, bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o’z axvoli va kasbu – koriga qarab ish tutsinlar. Dexqonlar va raiyatdan qaysi birining dexqonchilik qilishiga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, unga yordam berilsin»[4]. Qarangki, ulug’ sarkardaning kishilik jamiyatiga bo’lgan munosabati tafakkur bosqichlariga tayangan holatda qurilgan. U o’z navbatida har bir ishga ijodkorona yondoshganligini uning fikrlaridan uqib olishimiz kerakligi talabalarga tushuntiriladi. Bunday ishlarni amalga oshirishda biz bobolardan bizlargacha yetib kelgan asarlardan foydalanishni ham rejaga kiritganmiz. Ularning pedagogik –psixologik ta’sir kuchi yoshlarni ilm borasida yangi kashfiyotlarni, ixtirolarni qilishga va eng asosiysi jamiyatning faol a’zosi sifatida faoliyat yuritishga undaydi. Masalan, Abdulla Avloniy mehnatni ulug’lab, mehnat kishining eng go’zal fazilati ekanligini uqtiradi. Shuning uchun ham muallif «Aqlli bog’bon» hikoyasida «Bir bog’bonning uch o’g’li bor edi. Uchalasi ham dangasa va ishyoqmas edilar. Bog’bon bir kun kasal bo’ldi. O’g’illarini ishga solmak uchun yoniga chaqirib: «O’g’lonlarim, mening ajalim yetganga o’xshaydur. Men sizlarga vasiyat qilib ketayin. Bog’ning ichiga bir kosa oltin ko’mib qo’yganman. Mendan so’ngra o’zingiz kovlab, topib, bo’lishib olarsizlar» – dedi. Oradan bir necha kun o’tmay, bog’bon dunyodan o’tdi. O’g’illari oltin axtarib, bog’ni chunon qazidilarki, tuproqlari kul bo’lib ketdi, lekin tokning ildizidan boshqa hyech narsa topolmadilar. Ammo shu yili tok chunon uzum qildiki, oqchasi necha ko’zaga to’ladigan oltin bo’ldi. So’ngra bu yalqovlar bildilarki, oltin yerda emas, ishlovda ekan. Hissa: Hamma yomonliklarning onasi – dangasalik, qo’rqoqlik- otasidir.» [5]
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki ta’lim – tarbiya jarayonida, bo’lajak o’qituvchilarga ijodiy munosabatlar tafakkurini singdirishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, hikoyalarni zamon talablariga moslab, o’z vaqtida va o’z o’rnida qo’llay olish o’rgatiladi. Bu jarayonlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlari, zamonaviy axborot va telekommunikasion vositalarning ko’pqirraliligi, vaqt nuqtayi nazaridan tejamkorliligini inobatga olib yuqori darajada foydalanish yo’lga qo’yilsa, ta’lim – tarbiya jarayonining oldida turgan vazifalarini bosqichma – bosqich bajarib, ko’zlangan maqsadga erishiladi..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T–“ O’zbekiston” NMIU 2017 yil –8-9 bet.
2.Abdulla Avloniy . Tanlangan asarlar. T»Ma’naviyat» 2006 yil – 28 bet.
3.Amir Temur tuzuklari (to’plam). -T.: «Navro’z», 1992 yil -64 bet.
4Jizzax haqiqati. 2014 yil 17 – may, №; 42 ( 5455). 2 – bet
5.Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati T;. 2009 yil – 667 bet
[1]Ш.Мирзиёев. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т–“ Ўзбекистон” НМИУ 2017 –8-9 б.
[2]Маънавият қисқача изохли луғат Т, 232 бет
1Жиззах ҳақиқати. 2014йил 17 – май, шанба №; 42 ( 5455). 2 – бет.
[3]Маънавият асосий тушунчалар луғати Т;. 2009й . 667 бет
[4].Амир Темур тузуклари (тўплам). -Т.: «Наврўз», 1992й .-64 бет.
[5]Абдулла Авлоний . Танланган асарлар. Т»Маънавият» 2006й. 28 бет.