Vazirlar mahkamasining «Volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi» Qonunu ijrosini ta’minlash maqsadida Sh. Rashidov tumani «Umar» MFY axoli yashash xududida qator tadbirlar tashkil etildi. Qonunga muvofiq, volontyorlik faoliyati – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, jamoat uchun foydali bo‘lgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi. Kam ta’minlanganlarni, ishsizlarni, ko‘p bolalilarni va boshqa shu kabi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yordam ko‘rsatish volontyorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘nalishlaridan biridir. Ana shu ezgu maqsadlarni o‘z oldiga maqsad qilib olgan universitet volontyorlari dastlab Sh.Rashidov tumani “Umar” MFY da Yolg‘iz yashovchi va kam ta’minlangan xonadonlar holidan xabar olishdi. Xongadon sohiblarining hovlisi tartibga keltirildi, qish uchun o‘tinlar maydalab berildi, daraxtlar butaldi.















