Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
16/04/2022
Chop etish
Yurtimizda chet tillarini o’rganishning tarixiy-ijtimoiy asoslari

Bugungi kunda jahondagi juda ko’plab mamlakatlarda o’z ona tillaridan tashqari bir qancha chet tillari o’rganish davlat siyosati darajasiga ko’tarilmoqda. Bu be’jiz emas albatta chunki boshqa xalqlarning urf – odatlari, turmush tarzi, umuman olganda o’sha xalq qalbini bilish uchun avvalo o’sha xalqning tilini bilish lozim.

Mamlakatimizda ham bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda chet tillarini o’rganishga qaratilgan chora tadbirlar bejiz bo’layotgani yo’q. Chunki boshqa tillarni bilishga ehtiyoj bugundan paydo bo’lib qolmasdan balki uzoq o’tmishimizda ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ajdodlarimiz o’z ona tillari qatori boshqa tillarni ham mukammal bilishga intilganlar va buning uddasidan chiqqanlar. Ko’plab ajdodlarimiz boshqa tillarni chuqur egallash bilan bir qatorda o’sha xalq ma’naviy merosiga o’zlarining durdona asarlari bilan xam xissa qo’shdilar.

Shunday buyuk zotlarning biri Abu Rayxon Beruniydir. Uning ilm – fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo’lgan. Abu Rayxon Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan qiziqqan va shug’ullangan. Sharqning boy fan va madaniyatini chuqur va puxta o’rganib yunon ilmi bilan chuqur tanishib yirik olim bo’lib yetishdi. Beruniy shoir adabiyotshunos va chet tillar bilimdoni hamdir. U Ona tilidan tashqari arab, sug’diy, fors, suryoniy, yunon va qadimiy yaxudiy tillarini mukammal egallagan[1].  Beruniy ajoyib va g’aroyib Hindistonga ixlos qo’yib, yoshi qirqdan oshganda hindlarning qadimgi tili-  sanskripni o’rgandi. Bu tilni shu qadar tez va mukammal egallaganki hindlarning hatto qadimiy kitoblarining tarixi, urf-odatlari, mamlakati va tili to’grisida “Xindiston” nomli asar yaratilgan3.

Yana shunday olimlarimizdan biri Abu Nasr Farobiydir. Uning boy adabiy merosi mavjud bo’lib, turli tillarda bitilgan asarlari mavjud. Farobiy Bag’dodda yunon falsafiy maktabi, turli fan soxalari namoyondalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini mukammal o’rgandi. Abu Bashar ibn Yunusdan yunon tili va falsafasini, Yoxunna ibn Xuylondan esa tibbiyot va mantiq ilmini o’rgandi. Uning qancha chet tillarini bilgani haqida baxs munozaralar davom etmoqda. Ba’zi tarixiy manbalarda qayd etilishicha Abu Nasr Farobiy 70 dan ziyod tillarni bilgan4.

Bundan tashqari buyuk olimlarimizdan Ibn Sino va Mirzo Ulug’beklar ham bir necha boshqa xalqlar tillarini bilishgani manbalarda qayd etib o’tilgan. Bu olimlar boshqa tillar bilan bir qatorda o’sha davr talabini yaxshi anglagan xolda arab va fors tillarini ham mukammal egalladilar. Jumladan o’zining tib qonunlari bilan butun dunyoga tanilgan buyuk ajdodimiz Abu Ali Ibn Sino o’zining ko’plab asarlarini o’sha davr ilmiy –adabiy tillari- arab va fors tillarida yozadi. Shu tillarda olim 450 dan ortiq asarlarni yaratib, dunyo ilmiy xazinasiga o’zining katta xissasini qo’shdi5.

O’z davrining olim va shoirlaridan tashqari, o’sha davr shohlari xam o’zga xalqlar tillarini bilishga katta e’tibor qaratishgan. Zero boshqa xalqlar bilan yaqin savdo-sodiq, madaniy, va harbiy ittifoqga kirishishlari uchun ham zarur bo’lgan. Bunday jihatlarni yaxshi anglagan ham shoir, ham shoh Mirzo Ulug’bek ko’plab boshqa davlatlar tillarini bilishga katta e’tibor bergan. Ulug’bek ko’plab chet tillarini biladigan olimlarni o’z saroyiga to’plagan va ularga xomiylik qilgan. Bu olimlar boshqa yurt olimlari asarlarini o’z tillariga tarjima qilishgan va davlat ilmiy salohiyatini oshirishgan. Bu olimlar qatorida shohning o’zi ham arab va fors tillarini mukammal egalladi va shu tillarda asarlar yozdi. U bu tillarni o’rganish uchun ko’p vaqtini kutubxonada o’tkazgan6.

Biz ajdodlarimizga munosib avlodlar bo’lishga harakat qilayapmiz. Yurtimizda shu xususda qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillari o’quvchilari tayyorlandi. Umumta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo’yicha multimedia darsliklari, boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’rganish bo’yicha elektron resurslar tayorlandi. Umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik letseylarda 5 mingdan ko’roq lingafon kabenitlari jihozlandi7.

Chunki xorijiy tilni o’rganish asnosida o’sha xalqning turmush-tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishamiz. Bu til o’rganishni boshlagan ilk kunlardanoq sezilmaydi, ammo uni yaxshi va mukammal o’rgansak anglaymiz.

Saidov Javohir – JDPI, Tarix va uni

o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi


Ulashish:
1 238
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda  “Biologik xilma-xillikni saqlash va biologiyaning zamonaviy muommolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Biologik xilma-xillik – barchamiz uchun xavotir o‘yg‘otuvchi mavzudir, va barchamiz yo‘qolish xavfi ostdagi turlar va ularning yashash muhitini himoya qilishda faol ishtirok etishimiz zarurdir.
3-iyun “Butunjahon velosiped kuni” munosabati bilan velomarafonni o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba-qizlar o‘rtasida velomarafon musobaqasi velomarrofon o‘tkazili.
Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
JDPU madaniyat saroyida universitetning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari bilan universitetning asosiy ish beruvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori Sh.Sharipov, Jizzax viloyati Maktabgacha va...