Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

UZLUKSIZ TA’LIM JARAYONIDA MUSTAQIL FIKRLOVCHI, IJODKOR ShAXSNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MASALALARI

Jizzax Davlat Pedagogik universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika talimi nazaryasi  kafedrasi o‘qituvchisi Siddiqova Sanobar Xaydarovna Annotatsiya: Ushbu makola bugungi  kunning dolzarb  mavzularidan bulib,uzluksiz ta’lim  jarayonida mustakil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalashning  pedagogik-psixologik asoslarini urganishning mazmun moxiyati masalalariga karatilgan. O‘kuvchilarni  mustaqil fikrlashga undovchi interfaol  ta’lim  metodlardan foydalanish  masalalariga boglab yoritilgan. Kalit so‘zlar: Ijodkor shaxs, interfaol ta’lim, erkin  assotsiatsiya, kognitivizm, kommunikativ,bixevioristik yondoshuv, verbal, kognitiv, tarbiya jarayoni, texnologiya, mustakil fikr, axloqiy-ma’naviy. Annotatsiya: Dannaya statya yavlyaetsya odnoy iz aktualnыx tem segodnyashnego dnya,orientiruyas na soderjanie izucheniya pedagogicheskix i psixologicheskix osnov  vospitaniya samostoyatelnogo mыshleniya,tvorcheskoy lichnosti v protsesse neprerыvnogo obrazovaniya.Osnovnoe vnimanie udelyaetsya ispolzovaniyu interaktivnыx metodov obucheniya,kotorыe pobujdayut studentov,mыslit samostoyatelno. Klyuchevыe slova: tvorcheskaya lichnost, interaktivnoe obrazovanie, svobodnaya assatsiatsiya, kognitivizm, kommunikatinost, povedencheskiy podxod, verbalnыy, kognitivnыy, obrazovatelnыy protsess, texnologiya, samostoyatelnoe mыshlenie, nravstvenno-duxovnыy.   Annotation: This article is one of the pressing topics of today, focusing on the content of the study  of pedagogical and psychological foundations for the development of independent thinking, a creative person in the process of  lifelong education.The focus is on the use of interactive teaching methods that encourage students to think independently.   Key  words: creative personality, interactive education, free association, cognitivism, communicativeness, behavioral approach, verbal, cognitive, educationa process,  technology, independent thinking, moral and spiritual. Ma’lumki, mustaqil fikrlovchi, aqlan yetuk, ruhan tetik, ma’nan barkamol  shaxsni tarbiyalash g‘oyasi insoniyatning paydo bo‘lishi davridan boshlangan bo‘lib, u shu davrlar oralig‘ida bosqichma-bosqich rivojlanib kelmoqda. Mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ibtidoiy tushunchalar bugungi kunda ham o‘rni kelganda qadimiy reliktlar tarzida talqin qilinmoqda. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, islomgacha bo‘lgan xalqlarning sog‘lom ma’naviy va intellektual hayot uchun xarakterli bo‘lgan xususiyatlari tabiat va jamiyat hodisalariga munosabatda animistik (har narsaning joni, ruhi bor degan e’tiqod), magiya (sehrgarlik, jonsiz narsalarga g‘ayritabiiy qudratga ega deb sajda qilish), totezm (hayvonlar, o‘simlik, narsalarga sig‘inishning yetakchiligi) majusiylikning rasm-rusumlari va marosimlaridan tarbiya jarayonida aralash foydalanish, qadimiy axloqiy-ma’naviy tasavvurlar zamirida tayanch nuqta hisoblangan ishonch va tarbiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ruhiy jarayon, ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amalning yovuz fikr, yovuz kalom, yovuz amal ustidan g‘alabasi uchun kurash g‘oyasining yetakchiligi, axloqiy-ma’naviy tafakkurni tarbiyalashda asosiy usul ko‘rgazmalilik, ishontirish, namuna, tan jazosi hisoblangan.  Ta’lim-tarbiya vositasi esa g‘ayritabiiy kuchga ega deb, tasavvur qilingan narsa va hodisalardan iborat bo‘lgan. Mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalash bo‘yicha bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimidagi o‘rniga kelganda, ayrim an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiruvchi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi interfaol ta’lim metodlari bilan boyitish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi interfaol ta’lim metodlarining pedagogik-psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar ko‘proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar va mustaqil faoliyat yuritish natijasida ta’lim oluvchi shaxsida ijodkorlik xislatlari shakllanadi. Bunda bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, “tilga nima kelsa”, lekin navbatma-navbat  aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa ko‘proq, muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo‘lgan sharoitlarda qo‘l keladi. Ya’ni, bunda “erkin assotsiatsiyalar”ga imkon  beriladi va oxir oqibat talabaning o‘zi muammoning ma’lum ratsional “mag‘zni” ajratib oladi. Shuningdek, dars jarayonini oqilona tashkil etish, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonidagi faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda turli xil zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Ma’lumki, raqobatchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tezkor, tadbirkor, sharoitga ko‘ra ish tuta biladigan, maqsadga erishish yo‘l, usul va vositalarini zudlik va oqillik bilan yangilay oladigan faol shaxslarga muhtojlik sezmoqda. Shuning uchun G‘arbda ta’lim va tarbiya tizimiga bixevioristik yondoshuvdan kognitiv yondoshuvga qarab siljish kuzatilmoqda. Inson faoliyatini baholashda kognitivizm o‘tgan asrning 60 – yillarigacha bo‘lgan pedagogika va psixologiyada hukmron bo‘lgan bixevioristik yondoshuvdan quyidagicha farqlanadi:
  1. a) bixevioristik yondoshuvda – inson xatti – harakatlari tashqi muhit ta’siri bilan belgilanadigan, ko‘p hollarda ongsiz reaksiyalar majmuasi sifatida tushunilsa;
  2. b) kognitiv yondoshuvda bu xatti-harakatlarda onglilik, ta’lim asosida hosil qilingan malaka va ko‘nikmalar ustunligi tan olinadi[1].
Ko‘rinib turibdiki, bixevioristik yondoshuvda inson ta’lim-tarbiyasi sust, kognitiv yondoshuvda esa ular faoldir. Bozor iqtisodiyotida yashash sharti esa insoniy faollikni talab qiladi. Shuning uchun AQSh va G‘arbda o‘tgan asrning 60 – yillaridayoq kognitivizm zudlik bilan pedagogika, pedagogik psixologiya va didaktika tizimlariga kirib kela boshladi. O‘sha davrda ancha ommalashgan ta’limning verbal (ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayonidagi kommunikativ muloqotda ta’lim oluvchining faolligi va o‘zligini namoyon qilishga yo‘naltirish) usullari bilan birlashib, pedagogik psixologiyada  ongli verbal kognitiv ta’lim yo‘nalishi shakllandi. Kuzatishlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalash jarayonida voqelashtirish omillari, usullari juda ko‘p va rang – barangdir. Ulardan asosiylari sifatida, quyidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin: Birinchidan, har bir mashg‘ulotda o‘quvchi o‘qituvchi (darslik) talabi asosida unga berilgan, yetkazilgan bilimlarni takrorlashi emas, balki uning yo‘llanmasi bilan yangi bilim hosil qilishi ta’minlanishi lozim. Bu esa fikrlash yordamida bilishga intilishning bosh omilidir. Ikkinchidan, darsda o‘quvchi sust tinglovchi emas, balki izlovchi, qiyoslovchi, kashfiyotchi bo‘lishi kerak. Shuning uchun o‘quvchi yoki talaba og‘zidan chiqqan har bir so‘z, fikr, hukm, bayon uning o‘ziniki bo‘lmog‘i shart. Albatta, o‘quvchida tug‘ilgan bu fikr olamshumil kashfiyot yoki biror chigal muammoning yechimi emas balki, o‘qituvchi (darslik) bergan axborotning soddagina takrori ham emas bo‘lishi mumkin. Bunday ta’lim usuli o‘quvchida mustaqillik, mas’uliyat, o‘z menligini anglash, ijod, bunyod qilish ruhini tarbiyalashga xizmat qiladi. Natijada o‘qituvchi bilan tinglovchilar orasida dars jarayonidagi aloqa – munosabat juda ko‘p hollarda jonli og‘zaki muloqot, qolaversa, bahs tusini oladi. Uchinchidan, o‘qituvchining ta’lim oluvchiga beradigan izlanish va fikrlash yo‘llanmasi shunday bo‘lmog‘i lozimki, sinf yoki guruhdagi o‘quvchilarning izlanish va ijod mahsuli aynan bir xil bo‘lmasligi – mohiyatan bir yo‘nalishda bo‘lib, lekin shaklan har xil bo‘lmog‘i lozim. Shundagina har bir ta’lim oluvchi o‘zligini mumkin qadar yorqinroq ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘ladi va ularda har bir mashg‘ulotda musobaqa ruhi yetakchilik qiladi. To‘rtinchidan, dars jarayonida (uy vazifasini bajarish va uni sinfda tahlil etishda) o‘quvchi o‘qituvchi yo‘llanmasi asosida izlanar, fikr qilar, biror narsani topar, biror xulosa va hukmga kelar ekan, u o‘z fikrini asoslash va isbotlashga, himoya qilishga intilmog‘i zarur. Qolaversa, mashg‘ulotning tashkil etishlishi va o‘quv materiali bunga keng yo‘l ochib bermog‘i, bolaning yosh psixologiyasi va aqliy fiziologik imkoniyatiga mos bo‘lmog‘i lozim. Xullas, ta’limning onglilik omili mana shularda namoyon bo‘ladi.   Adabiyotlar:
  1. 1. Matyushkin A. M. Nekotorыe problemы psixologii mыshleniya. «Psixologiya mыshleniya». Sbornik perevodov s angliyskogo i nemeskogo pod red. A. M. M., 1965.
  2. Muhammadjonov A. Shkola i pedagogicheskaya mыsl uzbekskogo naroda XIX – nachala XX v. Toshkent, «FAN»., 1978. – 44 b.
  3. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboeva R.N. Mustaqil fikrlash: (Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma) – T.: Sharq, 2000. – 112 b.
5.Karimova V.M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnologiyasi. – T.: 2000.           [1] Матюшкин А. М. Некоторые проблемы психологии мышления. «Психология мышления». Сборник переводов с английского и немецкого под ред. А. М. Матюшкина. М.,1965.–134 с.